• 3-Laboratoriya ishi Transformatorlarning izolyatsiyasini tekshirish tartiblari. Ishni bajarishdan maqsad.
  • II. Ishga oid nazariy tushunchalar.
  • Laboratoriya ishi № Elektr tokidan shkastlangan va boshqa baxtsiz xodisaga uchraganda birinchi yordam berish usullari




    Download 2,77 Mb.
    bet8/17
    Sana05.06.2024
    Hajmi2,77 Mb.
    #260591
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
    Bog'liq
    Botirga

    Nazorat uchun savollar:

    1. Yerga ulash qarshiligi qanday aniqlanadi?

    2. Yergа ulаngаn nеytrаlli uch fаzаli tаrmоqni fаzаlаridаn bittasi, qobig`i yerga ulangan uskuna bilan tutashib qolgan holatida, shu qоbig’igа tegib ketish natijasida insоn tаnasidаn o’tаyotgаn tоk kuchi qanday аniqlаnаdi?

    3. Yergа ulаngаn qоbig’igа izоlyatsiyalаngаn nеytrаlli uch fаzаli tаrmоqni fazalarida bittаsi qоbig’igа yerga ulangan uskuna bilan tutashib qolgan sharoitda shu qobig`iga tegib ketish natijasida insоn tаnаsidаn o’tаyotgаn tоk kuchi qanday aniqlanadi?


    3-Laboratoriya ishi
    Transformatorlarning izolyatsiyasini tekshirish tartiblari.

    1. Ishni bajarishdan maqsad.

    1. Transformator cho‘lg‘omlari izolyatsiya qarshiligini o‘lchash sxemalarini bilan tanishish.
    2. Kuch transformatorining absorbsiya koeffitsienti aniqlash.
    3. Transformatorlarda yuqori kuchlanish sinovlari xaqida ma’lumotga ega bo‘lish.
    4. Transformatorlarda foydalaniladigan sinov sxemalari.


    II. Ishga oid nazariy tushunchalar.
    IZOLYATSIYA SINOVLARI
    Transformatorlar, avtotransformatorlar, moyli reaktorlarni va yoy so‘ndirish cho‘lg‘omlarini izolyatsion xosalarini o‘lchashdan oldin, standartlarga javob beradigan moy namunalari sinovlari natijalarini olish kerak. Yuqoridagi elektr qurulmalarning vvodlarini o‘rnatishdan oldin sinovdan o‘tkaziladi. Kuch transformatorining izolyatsiyasi va cho‘lg‘omlarini qarshiligini o‘lchash 2500 V kuchlanishli megohmmetr yordamida yuqori moy qatlamlari temperaturasi +100C dan past bo‘lmagan haroratda amalga oshiriladi. Transformator cho‘lg‘omlari sinov oldidan 2-5 minutga yerga tutashtirib qo‘yiladi.
    Transformatorlarning qanday turliligidan qat’iy nazar izolyatsiya qarshiligini o‘lchash sxemasi quyidagicha:
    ikki co‘lg‘omli transformatorlar uchun
    VN — NN + korpus + yer;
    NN — VN + korpus + yer;
    VN — NN;
    uch cho‘lg‘omli transformatorlar uchun
    VN — SN + NN + korpus + yer;
    SN — VN + NN + korpus + yer;
    NN — VN + SN + korpus + yer;
    VN — SN;
    SN — NN;
    VN — NN;
    avtotransformatorlar uchun
    VN + SN — NN + korpus + yer;
    NN — VN + SN + korpus + yer;
    Sxemadagi ko‘rsatmalarning chap tomonida megommetrdan kuchlanish beriladigan cho‘lg‘om belgilangan: VN – yuqori kuchlanishli cho‘lg‘om; SN- o‘rta kuchlanishli cho‘lg‘om; NN- past kuchlanishli cho‘lg‘om. Izolyatsiya qarshiligini o‘lchash bilan bir vaqtda absorbsiya koeffitsienti aniqlanadi. Kuch transformatorining absorbsiya koeffitsienti barcha holatlarda kamida 1,2 bo‘lishi kerak, shu bilan birga zavod o‘lchovlari natijalaridan 20% dan ko‘p farq qilmashligi kerak. Absorbsiya koeffitsientining o‘lchangan qiymatlari zavod qiymatlaridan yuqori bo‘lishi mumkin va Kabs ning yuqori chegarasi cheklanmagan, chunki absorbsiya koeffitsientining kattaroq qiymati transformator izolyatsiyasining yaxshi holatini bildiradi. Kuch transformatorining izolyatsiya qarshiligini o‘lchashda to‘g‘rilash moslamasi bo‘lgan megohmmetrdan foydalanish tavsiya etiladi, bu esa barqarorroq sinov kuchlanishini va shuning uchun izolyatsiya qarshiligi qiymatlarini aniqroq o‘lchashni ta’minlaydi. Quvvati 1000 kVA va undan yuqori bo‘lgan va kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan kuch transformatorlarida izolyatsiyaning qarshiligini moyni to‘ldirish tugaganidan keyin, 12 soat o‘tib o‘lchash kerak. Transformatorni qizdirganda, izolyatsiya qarshiligi doimiy to‘k bilan isitish o‘chirgandan 1 soat o‘tgach va induksiyon isitishni o‘chirgandan 30 minut o‘tgandan keyin o‘lchanadi. Zavodning sinov haroratidan farq qiladigan transformator haroratida izolyatsiya qarshiligini o‘lchashda o‘lchash natijasi konvertatsiya koeffitsientlari yordamida zavod sinov hisobotida ko‘rsatilgan haroratga keltiriladi. Agar kuchlanish qo‘llanilgandan 60 soniyadan (R60) keyin o‘lchangan va zavod haroratiga tushirilgan kuchlanishi 110-150 kV bo‘lgan transformatorlarning cho‘lg‘omlarining izolyatsiya qarshiligi qiymati pasport qiymatlarining 70% dan kam bo‘lmasa va 220-500 kV kuchlanishli transformatorlar uchun 85% dan kam bo‘lmasa, transformator cho‘lg‘omlarining izolyatsion holati talablarga javob beradi. Transformatorni qayta ko‘rib chiqayotganda, magnit o‘tkazgich va korpusga nisbatan cho‘lg‘omning oldi qismi, magnit o‘zagini qatirilgan bo‘ltlarning izolyatsion qarshiligi 2 500 V megommetr bilan o‘lchanadi. Izolyatsiya qarshiligi me’yorlanmaydi, lekin tajribaga ko‘ra odatda 1 000 MoM dan kam bo‘lmasligi kerak.



    Download 2,77 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




    Download 2,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi № Elektr tokidan shkastlangan va boshqa baxtsiz xodisaga uchraganda birinchi yordam berish usullari

    Download 2,77 Mb.