|
IV. Sinovlar natijalarini rasmiylashtirish
|
bet | 10/17 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 2,77 Mb. | | #260591 |
Bog'liq BotirgaIV. Sinovlar natijalarini rasmiylashtirish.
Xisobot o‘z ichiga: qurilma sxemasini , asosiy formulalarni, natijalar jadvalini, Rvn , Rsn va Rnn , C va tgδ , transformator moyini xolati bo‘yicha xulosalarni oladi.
Natijalar jadvali
Transformator cho‘lg‘omi
|
O‘lchashlar
|
Hisoblashlar
|
Rvn, Om
|
Rsn, Om
|
Rnn, Om
|
S par
|
E, kVt/sm2
|
,
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4-laboratoriya ishi
O‘lchov transformatorlarini izolyatsiyasini tekshirish tartibi
I.ishdan maqsad
O‘lchov transformatorlarini izolyatsiyasini tekshirish tartibini o‘rganish
Nazariy ma’lumotlar:
Taqsimlash qurilmalarining ish rejimini nazorat qilish, himoya qilish va avtomatlashtirish turli elektr o’lchash asboblari, rele va avtomatika apparaturalari yordamida amalaga oshiriladi.
O’zgaruvchan tok elektr qurilmalarining nominal kuchlanishi kata (400 v dan yuqori) hamda tok qiymati kata bo’lganda o’lchash asboblari, rele va avtomatika apparaturalari elektr zanjirining tegishli qismiga o’lchash transformatorlari orqali ulanadi.
O’lchash transformatorlardan foydalanilganda:
1) har qanday qiymatli kuchlanish va tokni 100 v kuchlanish va 5 a toka mo’ljallangan standart chulg’amli oddiy o’lchov asboblari bilan o’lchash;
2) o’lchov asboblari va releni 380 v dan yuqori kuchlanishdan ajratish va shu bilan ularga qarab turish xavfsizligini ta’minlash mumkin.
O’lchash transformatorlari kuchlanish transformatorlari va tok transformatorlariga ajraladi.
Kuchlanish transformatorlaridan 380 v va undan yuqori kuchlanishli qurilmalardagi o’lchov asboblari va rele (volptmetr, chastotamerlar, schyotchiklar, kuchlanish, quvvat relesi va boshqalar)ning kuchlanish cho’lg’ami ta’minlanadi.
380 v dan 500000 v gacha nominal kuchlanishga mo’ljallangan kuchlanish transformatorlarining birlamchi cho’lg’amlari zanjirga parallel ulanadi: hamma kuchlanish transformatorlari ikkilamchi cho’lg’amlarining nominal kuchlanishi 100 v bo’ladi. O’lchov asboblari va rele kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi zanjiriga parallel ulanadi. Ularning shkalalari esa birlamchi chulg’amning nominal kuchlanishiga mos qilib darajalanadi.
Kuchlanish transformatorlaridan kichik podstantsiyalarda baozan yoritish lampalari, avtomatika, teleboshqarish va signalizatsiya qurilmalari tok bilan ta’minlashda foydalaniladi.
Tok transformatorlari o’lchov asboblari va rele (ampermetrlar, schyotchiklar, volptmetrlar, tok relesi, quvvat relesi va boshqalar)ning tok cho’lg’amini ta’minlaydi.
Tok transformatorilarini qurilmaning nominal kuchlanishiga mos ravishda izolyatsiya qilingan birlamchi cho’lg’amlari zanjirga ketma-ket ulanadi.
Tok transformatorlarining birlamchi chulg’amlari 5 a dan 6000 a gacha nominal toka xisoblanadi. Ikkilamchi chulg’amlarning nominal toki odatda 5 a teng bo’ladi. Ikkilamchi toki 1 a bo’lgan tok transformatorlari ham ishlab chiqariladi.
O’lchov asboblari va rele tok transformatorlariningikkilamchi zanjiriga ketma-ket ulanadi; ularning shkalalari birlamchi chulg’amning nominal tokiga moslab darajalanadi.
Birlamchi va ikkilamchi chulg’amlar orasidagi izolyatsiya teshilmasligi uchun ikkilamchi chulg’am albatta yerga ulanadi.
O’lchash aniqligi o’lchash transformatorlari va ularga ulanadigan asboblar uchun yo’l qo’yilgan xatoga bog’liq bo’ladi.
O’lchash transformatorlari ikki xil xatoga: transformatsiya koeffitsienti, yaoni kuchlanish yoki tok bo’yicha xatolik va burchak xatoligiga yo’l qo’yadi [birlamchi va ikkilamchi tok yoki kuchlanish vektorlari (yoki yo’nalishi) orasida hosil bo’ladigan burchak burchak xatoligi deyiladi].
Kuchlanish yoki tokni o’zgartirish koeffitsienti xatoligi birlamchi tok va kuchlanishning berilgan qiymatida ikkilamchi kuchlanish yoki tok qiymatiga ta’sir qiladi. Bu xato o’lchash asboblarining ikkilamchi chulg’amiga ulangan asboblarning ko’rsatishiga ta’sir qiladi.
Burchak xatoligi faqat vattmetr tipidagi asboblar (vattmetr, fazometrlar, schyotchiklar, quvvat relesi)ning ko’rsatishiga ta’sir qiladi. O’lchash transformatorlarining xatolik qiymatiga transformatorlarining tuzilishiga (cho’lg’amlarning elektr qarshiligi, magnit o’tkazgichning magnit qarshiligi va boshqalarga) bog’liq bo’lgan doimiy faktorlar va ishlatilish sharoiti, yaoni transformator ikkilamchi chulg’am yuklamasining parametrlariga bog’liq bo’lgan boshqa faktorlar ta’sir qiladi.
O’lchash transformatori uchun yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolik aniqlik sinfi bilan belgilanadi.
Kuchlanish transformatorlari to’rt (0,2; 0,5; 1,0 va 3,0) aniqlik klassida ishlab chiqariladi; tok transformatorlari esa besh (0,2; 0,5; 1; 3 va 10) aniqlik klassida ishlab chiqariladi.
Aniqlik guruhi transformatorlarining nominald yuklamada kuchlanish va tokni o’zgartirish koeffitsientining protsent hisobida ifodalangan eng kata xatosini ko’rsatadi.
0,2 aniqlik guruhidagi o’lchash transformatorlar faqat aniq laboratoriya o’lchovlari uchun ishlatiladi. O’lchov asboblari 0,5 va 1 aniqlik guruhidagi transformatorlar orqali ulanadi. 3 aniqlik guruhidagi transformatorlar orqali odatda releni ximoya asboblari va oddiy o’lchov asboblari (shchitь volptmetrlari, ampermatrlari) ulanadi.
Yuqorida aytib o’tilgan transformatorlardan tashqari, maxsus D va Z aniqlik guruhidagi o’lchash transformatorlari xam ishlab chiqariladi. Ular maxsus rele ximoyasi differentsial (D) va yerga ulash (Z) himoyasida ishlatiladi.
O’lchash transformatorlarini o’rnatishdan oldin montaj oldi tartibidan o’tkaziladi; ularni pasport qiymatlarini loyixadagi bilan solishtirish; farfor izolyatorlarini yaroqligini tekshirish; havo xaydash qurilmalarini berkitgichlarini olib tanlash; moyni darajasini va uni oqib kelayotganligini tekshirish; elektr mustaxkamlikka moyni tekshirish; yuqori va past kuchlanish chulg’amlarini izolyatsiyasini qarshiligini bir-biriga va korpusga nisbatan o’lchash; chulg’amlarni sozligini va transformatsiyalash koeffitsienti tekshirish; tok transformatorlarini qutblilikka tekshirish va ikkilamchi chulg’am chiqishlarni markalashga to’g’ri kelishligini tekshirish.
Moy to’ldirilgan o’lchov transformatorining chiquvchi qismini bakdan ko’rish uchun ajratib olish, agarda uning ichki detallarida shikastlanganligiga ko’rsatilgan bo’lsa; Ajratib olish jarayoni quruq, toza xonada bo’lishi va uni moysiz 12 soatdan ortiq turmasliliga erishish.
Atrof-muxitning temperaturasi 250 S va kuchlanishi 3 kV dan yuqori bo’lganda o’lchash transformatorining izolyatsiya qarshiligi quyidagi qiymatdan kichik bo’lmasligi kerak:
- korpus va past kuchlanishli chulg’amdagi 6 MOM dan;
- yuqori va past kuchlanish chulg’am orasidagi hamda yuqori kuchlanish chulg’am va korpus orasidagi 50 MOM dan yuqoridagi ma’lumotlar amaliyotga ishlatish maqsadida keltirilgan.
EQTQ – elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari (PEE) o’lchash o’lchash transformatorlarini izolyatsiyasi qarshiligini normallashtirmaydi.
O’lchash transformatorlarini quritmasdan ulash quyidagi xolatlarda imkoni bo’ladi:
- montaj qilishdan olingan qarshilik qiymatida izolyatsiya qarshiligining pasport qiymatlari bilan temperaturaning bir xilli bo’lsa;
- absorbine koeffitsientini aniqlash , bu yerda va megoommetrni sozlagichini 60 va 15 sek davrida aylantirishdagi izolyatsiyaning qarshiligi: bu koeffitsientning qiymati 10-300Stemperaturada 1,3 dan kam bo’lmasligi kerak; transformator izolyatsiyasining 200S temperaturada va 700S gacha qizdirilgandagi qarshiliklari nisbati 1,2 dan ortiq bo’lmasligi kerak;
O’tuvchi (proxodnoy) tok transformatori uchun mo’ljallangan nominal tokning qiymati 1,5 kA va undan yuqori bo’lganda tuzilmaning temir tayanchi yoki temir beton plita bilan yopiq kontur hosil qilish imkoniyati tekshiriladi. Bita faza atrofida yopiq kontur hosil bo’lib qolishini oldini olish maqsadida temir armatura qirqimlarining peremqchkasi magnitlanmaydigan materialdan tayyorlanishi kerak (yoki ularsiz joyida).
Montaj davrida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida birlamchi va ikkilamchi chulg’amidan tutashtirilgan bo’lishi kerak, chunki, vaqtinchalik masalan yoritish, payvandlash, o’lchash o’tkazgichlariga tasodifiy tegib ketish teskari transformatsiyalashni, ya’ni kuchlanish keltirib chiqarib, inson xayoti uchun xavf tug’diradi.
Tok transformatorlarini ikkilamchi chulg’amlariga ulangan zanjirlarni (simlarni) uzish qatoiyan mann qilinadi.
Agar bu zanjirni uzish zaruriyati tug’ilgan taqdirda, avval uzish kerak bo’lgan yerdan oldinroq joyga (tok transformatori tarafga qarab) tok tarnsformatori tomonini maxsus ulagich bilan qisqa tutashtirib qo’yilishi shart. Maxsus ulagich bilan qisqa tutashtirishni bajarayotganda dastasi izolyatsiyalangan asbobdan foydalanish zarur.
Tok transformatorlarida yoki uning ikkilamchi chulg’amlariga ulangan zanjirlarda ish bajarilganda quyidagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish talab qilinadi:
tok transformatorlarini ikkilamchi chulg’ami, unga ulanishi kerak bo’lgan zanjirlardagi montaj ishlari tamom bo’lgunga qadar, qisqa tutashtirib qo’yilishi shart. Montaj qilingan zanjirlari tok transformatorlarini ikkilamchi chulg’amiga ulangandan keyin qisqa tutashtirgich yaqinroqdagi qisqichlar yig’imiga ko’chirilishi va u faqat xama montaj ishlari batamom bitirilib, montaj qilingan zanjirlarni to’g’ri ulanganligini tekshirib chiqilgandan keyingina olib tashlanishi zarur;
tok transformatorlrini ikkilamchi chulg’amiga o’lchov asboblari ulangandan keyingina, uni birlamchi chulg’amga qutblarni tekshirish uchun impulps beriladi.Tok transformatorlarini birlamchi chulg’amini montaj va kavsharlash ishlarini bajarish uchun tok o’tkazuvchi sifatida qo’llash qatoiyyan mann etiladi.
Nazorat savollari
O’lchov transformatorlarini vazifasi, ulanish sxemasi va ikkilamchi yuklamalari haqida gapirib bering.
Kuchlanish transformatorining nominal kuchlanishlari qanchaga mo’ljallangan bo’ladi?
Tok transformatorlarining birlamchi va ikkilamchi cho’lg’amlarining nominal toklari qanchagacha bo’ladi?
O’lchov transformatorlarining aniqlik klasslari nechta?
O’lchov transformatorlarini o’rnatishdan oldin tekshiruv tartibi haqida gapirib bering.
Tok transformatorlarini ishlatishda qanday ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish talab qilinadi?
|
| |