|
Laboratoriya ishi № Elektr tokidan shkastlangan va boshqa baxtsiz xodisaga uchraganda birinchi yordam berish usullari
|
bet | 2/17 | Sana | 05.06.2024 | Hajmi | 2,77 Mb. | | #260591 |
Bog'liq BotirgaUmumiy qoidalar
Birinchi yordamning muvaffaqiyatli bo‘lishi asosan yordam beruvchining chaqqonligi, ziyrakligi va mohirligiga bog‘liqdir. Mohirlik bilan muvaffaqiyatli yordam berishni tegishlicha mashqlar qilish va inalaka orttirish yo‘li bilangina o‘rganish mumkin. Qoidalarni bilib olishning o‘zi birinchi yordam berish uchun kifoya qilmaydi.
Shikastlangan kishini saqlab qolish aksariyat holatlarda uni tok- dan qanchalik tez qutqarishga, unga birinchi yordamni naqadar tez va to‘g‘ri berishga bog‘liq bo‘ladi. Vaqtni o‘tkazib, yordam berishga uzoq tayyorgarlik ko‘rish, shikastlangan kishining oMimiga sabab boMishi mumkin.
Shikastlangan kishida nafas olish, yurak urish, puls singari ha- yot belgilarining ko‘rilmasligi uni o‘lgan deb hisoblash uchun asos bo‘la olmaydi, shunga ko‘ra, unga yordam berishdan voz kechish mutlaqo yaramaydi. Elektr tokidan shikastlanganda kishining o‘limi ko‘pincha soxta bo‘ladi. Shikastlangan kishining chindan ham o‘lganligini faqat tibbiyot xodimi aniqlaydi va yordam berish- ning foydasiz ekanligini ayta oladi.
1-rasm. Qon oqishini to‘xtatish uchun rezinali jgut
- agar shikastlangan kishining og‘zini shu yo‘l bilan ochib bo‘lmasa, uning keyingi o‘zak tishlar orasiga taxtacha, metall plas- tinka yoki qoshiq dastasi va hokazolarni tishlarga zarar yetkazmay tiqib, og‘izni sekin ochish kerak (2-rasm, b).
2-rasm. Shikastlangan kishini to‘g‘riyotqizish tartibi:
sun’iy nafas berish oldidan boshini to'g‘riyotqizish;
shikastlangan kishining og'zini to‘g‘ri ochish tartibi
Shundan keyin, yordam ko‘rsatuvchi kishi boshini ko‘tarib yana o‘pkasini havoga to‘ldiradi. Bu vaqtda jarohattangan .kishi passiv ravishda nafas chiqazadi (3-rasm, c).
rasm. «Og‘izdan-og‘izga» deb ataluvchi usulda
sun’iy nafas oldirish tartibi
Bir daqiqada taxminan 10-12 marta puflashni amalga oshiriladi. Puflashni doka, dastro‘mol va trubka orqali {3-rasm, a) ham baja- rish mumkin. Jarohatlangan kishi nafas olishini tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirishni bemor o‘ziga kelgunicha va uning nafas olishiga moslab davom ettiriladi.
Yurakni tashqaridan massaj qilish jarohatlangan kishi orga- nizmidagi qon aylanish funksiyasini sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi {4-rasm).
rasm. Yurakni tashqaridan massaj qilish uchun
mo‘Ijallangan nuqtalarda qo‘llarning joylashish tartibi
Qorin bo‘shlig‘idan ko‘krak qafasiga o‘tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan massaj qiladigan joyni belgilab, qo‘llarni bir-biri ustiga
Jarohatlangan kishini tok ta’siridan qutqarib olgan zahoti uning holatini aniqlab, so‘ngra sun’iy nafas oldirishni boshlash kerak. Sun’iy nafas oldirish «og ‘izdan-og ‘izga» deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam ko‘rsatuvchi kishiga o‘z o‘pkasini toza havoga to‘ldirib, jarohatlangan kishining og‘zi orqali uning o‘pkasiga bu toza havoni yuboriladi (3-rasm). Kishi o‘pkasidan chiqqan havo ikkinchi odam o‘pkasini ishlashi uchun yetarli miqdorda kislorod- ga ega bo‘lishi aniqlangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqan- cha yotqiziladi, og‘zi ochib tozalanadi. Havo o‘tish yo‘lini ochish uchun boshi bir qo‘li bilan peshonasi aralash ko‘tariladi, ikkinchi qo‘l bilan dahandan pastga tortib, og‘iz bo‘yin bilan taxminan bir chiziqqa keltiriladi. Shundan keyin ko‘krak qafasini to‘ldirib nafas olib kuch bilan bu havoni jarohatlangan kishining og‘zi orqali puf- lanadi. Bunda yordam ko‘rsatayotgan kishi og‘zi bilan jarohatlangan kishining og‘zini butunlay berkitilishi va yuzi yoki panjalari yordamida uning bumini berkitishi kerak.
Massaj qilish sun’iy nafas oldirish bilan birgalikda olib bo- rilishi kerak. Agar yordam ko‘rsatuvchi bir kishi bo‘lsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko‘krak qafasini bosishi lozim. Jarohatlangan kishining yurak urishi normal holatga kelganligi- ni uning pulsini tekshirib bilsa bo‘ladi. Buning uchun yuqoridagi muolajalarni 2-3 sekundga to‘xtatib, puls sanab ko‘riladi.
rasm. Yurakni tashqaridan massaj qilishda yordam
beruvchining joylashish holati
Sun’iy nafas oldirish yo'llari:
Birinchi usul. Agar yordam beruvchi shaxsning bir o‘zi sun’iy nafas oldiradigan bo‘lsa, birinchi usulni qo‘llagan ma’qul. Birinchi usulning afzalligi shundaki, bu usul oddiy va yengil bo‘lib, uni ozroq mashq qilish bilan osongina o‘rganib olish mum- kin (6-rasm).
rasm. Bir kishi bo‘lganda sun’iy nafas berish vayurakni
tashqaridan massaj qilish tartibi
Birinchi usulda shikastlangan kishini qomi bilan yergayotqizila- di, boshi yon tomonga qaratilib tirsagi bukilgan qo‘li ustiga qo‘yila- di, ikkinchi qo‘lini boshi tomoniga uzatiladi, boshining tagiga biror narsa yoziladi. Iloji bo‘lsa, shikastlangan kishining tili tortib chiqa- riladi, biroq uni ushlab turish zarur emas, chunki til tortib chiqaril- gandan keyin shu holicha turaveradi Yordam beruvchi shikastlangan kishini ikki oyog‘i orasiga olib tiz cho‘kadi, bunda uning yuzi shikastlangan kishining boshi tomoniga qaragan bo‘lishi kerak.
Kaftlar shikastlangan kishining pastki qovurg‘alari ustiga qo‘yiladi va juftlashtirilgan barmoqlar bilan biqinidan ushlanadi.
“Bir, ikki, uch” deb gavda bilan oldinga asta-sekin engashila- di va gavdaning butun og‘irligini qo‘llarga tashlab shikastlangan kishining pastki qovurg‘alariga bosiladi (shikastlangan kishi nafas chiqaradi), kaftlarni shikastlangan kishining biqinidan olmay, gavda orqaga tashlanadi (shikastlangan kishi nafas oladi).
“To‘rt, besh, olti” deb sanagandan keyin, yana “bir, ikki, uch” deb, asta-sekin engashiladi va gavdaning og‘irligini qo‘llarga tushirib, shikastlangan kishining pastki qovurg‘alariga bosiladi va shunday harakatlar takrorlanaveradi.
lkkinchi usul. Agar yordamchilar bo‘lsa, ikkinchi usulni qo‘lla- gan ma’qul, chunki bu usul yaxshiroq natija beradi. Biroq bu usulda yordam beruvchilar tez charchab qoladi, ular almashib turishlari kerak bo‘ladi (7-rasm).
rasm. Ikki kishi bo'lganda sun’iy nafas berish vayurakni
tashqaridan massaj qilish tartibi
Ikkinchi usulda, shikastlangan kishini chalqancha yotqizish, boshini orqaga tashlamoq uchun kuragi tagiga kiyimini o‘rab qo‘yish va og‘zini shilimshiqdan tozalash, tilini chiqarib pastga, iyakka qarab sal tortish va shu holda ushlab turish lozim. Yordam beruvchi shikastlangan kishining bosh tomoniga tiz cho‘kadi, uning ikkala qo‘lini tirsagi yaqinidan ushlab ko'krak qafasining yon tomonlariga asta-sekin bosadi (bunda shikastlangan kishi nafas chiqaradi).
“Bir, ikki, uch” deb shikastlangan kishining qo‘llari yuqoriga ko'tariladi va orqa tomonga tortiladi (bunda shikastlangan kishi nafas oladi), “to‘rt, besh, olti” deb, qo‘llar yana ko‘krak qafasining yon tomonlariga asta-sekin bosiladi va shu harakat takrorla- naveradi.
Yordamchilar bo‘lsa, ikkinchi usulda ikki kishi sun’iy nafas oldi- radi. Ulaming har biri shikastlangan kishining yon tomonida bir oyoq bilan tiz cho‘kib, uning bir qo‘lidan ushlaydi va sanab turib bir vaqtda mos harakat qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Laboratoriya ishi № Elektr tokidan shkastlangan va boshqa baxtsiz xodisaga uchraganda birinchi yordam berish usullari
|