|
Testning rivojlanish tarixi
|
bet | 1/4 | Sana | 04.10.2024 | Hajmi | 6,27 Mb. | | #273426 |
Bog'liq 4.3.1. bob
Testning rivojlanish tarixi
Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidan talabalarning bilim darajasini tekshirish uchun qo‘llanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fani doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo‘nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta amerikalik psixolog E. Torndayk tomonidan yaratilgan.
Talabalar bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil etib, test-larni guruhlarga ajratishga ham urinib ko‘rilgan. CH.Grin (1926) o‘zining «Test novogo tipa» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko‘rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi:
test sinovlari uchun mo‘ljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish;
mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yo‘li bilan aniqlash;
talabalarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o‘rtacha tezligi to‘g‘risidagi amaliy ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash;
test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining to‘g‘ri-ligini va mantiqqa muvofiqligini tekshirish;
topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Agar testlarni turkumlashda ularning qo‘llash maqsadi va vazifalariga asoslanadigan bo‘lsak, psixologik testlardan boshqa barcha testlarni quyidagi uch guruxga ajratish mumkin:
Test vаzifаlаri hаr xil turdаgi kоmpyuter dаsturlаri vоsitаlаridаn fоydаlаngаn hоldа tаrkib tоpdirilishi mumkin. Yа’ni, hаr xil muhаrrirlаr vа prezentаtsiyаlаrni yаrаtishdа fоydаlаnilаdigаn dаsturlаrdаn tоrtib, hаttоki Internet tаrmоg‘idа qo‘llаshning imkоnini berаdigаn dаsturlаsh tillаrigасhа. Birоq, sifаtli elektrоn testni yаrаtish qiyin, qimmаt vа anсhаginа vаqt tаlаb etаdigаn jаrаyоndir.
|
| |