• Quizizz, Kahoot, Wordwall, Google docs
  • Kahoot (kahoot.it), Quizizz (quizizz.com), strawpoll (strawpoll.com), LearningApps (Learning Apps.org) va
  • “Kahoot!”
  • Onlayn nazorat dasturlari




    Download 6,27 Mb.
    bet2/4
    Sana04.10.2024
    Hajmi6,27 Mb.
    #273426
    1   2   3   4
    Bog'liq
    4.3.1. bob

    Onlayn nazorat dasturlari
    Hozirgi fan texnika rivojlangan davrda dars jarayonida interaktiv test yaratuvchi onlayn platformalardan foydalanish o‘quvchilarning bilimini nazorat qilish, fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish va dars jarayonining qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi. Quizizz, Kahoot, Wordwall va Google docs kabi onlayn test yaratuvchi platformalardan foydalanib o‘quvchilar bilimini nazorat qilish darsda interaktiv savol javob o‘tqazish o‘quvchilar qiziqishini orttirishi mumkin.
    Bu platformalar viktorinalar yaratuvchi maktablar va boshqa ta’lim muassasalarida sinfda qo‘llaniladigan o‘yin o‘rganish platformasi. Platforma veb-versiyasiga ega hamda mobil smartfonlardan foydalanish ham mumkin.
    Quizizz, Kahoot, Wordwall, Google docs onlayn platformalardan foydalanib test topshiriqlarini yaratib o‘quvchilar bilimini tekshirish uchun, guruh faoliyati uchun yoki darsda tanaffus sifatida foydalanish mumkin. Bu onlayn platformalarda yaratilgan interaktiv o‘yinli testlar o‘quvchilar diqqatini tortadi. Onlayn so‘rovnoma va test topshiriqlarini tayyorlashda tizimlarga Kahoot (kahoot.it), Quizizz (quizizz.com), strawpoll (strawpoll.com), LearningApps (Learning Apps.org) va boshqalarni misol keltirishimiz mumkin.
    Kahoot platformasi
    Kahoot o‘yinga asoslangan o‘quv platformasi bo‘lib, maktablar va boshqa taʼlim muassasalarida taʼlim texnologiyasi sifatida foydalaniladi. Uning o‘quv o‘yinlari "kahoots" foydalanuvchi tomonidan yaratilgan ko‘p tanlovli viktorinalar bo‘lib, ularga veb-brauzer yoki Kahoot ilovasi orqali kirish mumkin. O‘quvchilar bilimini tekshirish, formativ baholash, o‘quvchilar o‘rtasida viktorinalar o‘tkazishda foydalanish mumkin.
    Kahoot!” oliy ta’lim muassasalarida keng qo‘llaniladigan o‘yinga asoslangan onlayn ta’lim berish platformasi bo‘lib, veb-platforma turli ko‘rinishga ega bo‘lgan o‘yinlar majmuasini taqdim etadi. “Kahoot!”ni talabalar bilimini tekshirish jarayonida keng qo‘llash mumkin. “Kahoot!” jamoaviy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan platforma bo‘lib, o‘quvchilar umumiy ekran atrofida to‘planishadi. O‘yin jara­yoni juda ham sodda: barcha o‘yinchilar o‘z qurilmalari orqali o‘qituvchi tomonidan tuzilgan savollarga bir vaqtning o‘zida javob berishadi. Savollar ekranda birin-ketin talabalarga ko‘rsatiladi. Ishtirokchilar har bir to‘g‘ri javob uchun ball oladi. Viktorina oxirida ekranda barcha ishtirokchilarning savollariga javob berish paytida to‘plagan ballari ko‘rsatiladi.
    Platformadan foydalanish uchun www.kahoot.com saytiga kirish lozim hamda savol tuzish uchun ro‘yxatdan o‘tishga to‘g‘ri keladi. Ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tishlari talab etilmaydi, faqat www.kahoot.it saytiga kirib professor-o‘qituvchi tomonidan taqdim etiladigan test savollarining pin-kodini kiritadi. Professor-o‘qituvchi tomonidan tuzilgan savollarning pin-kodi turli ijtimoiy tarmoqlar orqali ishtirokchilar bilan bo‘lishiladi.
    Kahoot!” platformasidan foydalanish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

    Download 6,27 Mb.
    1   2   3   4




    Download 6,27 Mb.