Suyuqliklarni ekstraksiyalab ajaratish jarayonining asosiy
parametrlari
Rustam Rasul o’g’li Ramazonov
Shahzod Ilhomovich Karomatov
Saidjon Abdusalimovich G’aybullayev
saidxontura@mail.ru
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Annotatsiya:
Maqolada suyuqliklar aralashmasini ekstraksiyalab ajratish
usullari, erituvchi va eritma oqimlarining yo’nalishlari, ekstraksiyalash jarayonining
kamchilik va afzalliklari xususida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:
eritma, ekstraksiya, rafinat, ekstrakt, ekstragent, tanlovchanlik,
aromatik uglevodorodlar, benzol
MAIN PARAMETERS OF THE LIQUID EXTRACTION PROCESS
Rustam Rasul oglu Ramazonov
Shahzod Ilhomovich Karomatov
Saidjon Abdusalimovich Gaybullayev
saidkhontura@mail.ru
Bukhara Institute of Engineering and Technology
Abstract:
The article discusses methods for extracting a mixture of liquids,
directions of solvent and solution flows, disadvantages and advantages of the extraction
process.
Keywords:
solution, extraction, raffinate, extract, extractant, selectivity, aromatic
hydrocarbons, benzene
KIRISH
Suyuqlik aralashmalari tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni tanlovchan
erituvchilar yordamida ajratib olish jarayoni suyuqliklarni ekstraksiyalash jarayoni
sanaladi. Ekstraksiya jarayonida suyuq aralashma tanlovchan erituvchi bilan o‘zaro
aralashtirilganda erituvchida dastlabki aralashma tarkibidagi faqat kerakli
komponentlar yaxshi eriydi, qolgan komponentlar esa juda yomon yoki umuman
erimaydi.
Sanoat qurilmalarida ekstraksiyalash jarayoni ham rektifikatsion jarayonlari
singari eritmalar tarkibidagi muayyan komponentlarni ajratish maqsadida qo‘llaniladi.
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
February 2024 / Volume 5 Issue 2
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 4.182
199
Ajratishning yuqorida keltirilgan usullardan qay birini tanlash ajratiladigan
moddalarning xususiaytlaridan kelib chiqib tanlanadi. Arlashmani tashkil etuvchi
komponetlarni ajratishning rektifikatsiyalash jarayoni odatda komponentlarning
qaynash haroratlarining farqi hisobiga issiqlik ta’sirida amalga oshiriladi.
Aralashmalrni ajratishning ekstraksion usulida esa, issiqlik talab etilmaydi. Shu bois,
dastlabki aralashma komponentlarining qaynash haroratlari bir-biriga yaqin yoki ular
yuqori haroratlarga beqaror bo‘lsa, bunday hollarda aralashma komponentlarining
turlicha uchuvchanligiga asoslangan rektifikatsiyalash jarayonlaridan voz kechilib,
ekstraksiyalash jarayoni qo‘llaniladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ekstraktorlarda dastlabki eritma ekstragent bilan o‘zaro ta’sir ettirilganda
aralashma ajratilgan modda-ekstrakt va ekstraktdan xalos bo’lgan qoldiq rafinatdan
iborat ikkita faza hosil bo‘ladi. Ekstraksion jarayonlarda dastlabki eritmadan ajratib
olingan moddaning erituvchidagi eritmasi ekstraktli eritma, dastlabki eritmaning
qoldig‘i esa rafinatli eritma sanaladi. Tanlovchanlik xususyatiga ega erituvchi qisman
rafinatga o’tsa, uning asosiy qismi ekstakt bilan chiqariladi. Ekstraksiya natijasida
hosil bo’lgan ikkita suyuqlik fazalar (ekstraktli va rafinatli eritmalar)ni bir-biridan
ajratish uchun tindirish, sentrifugalash yoki boshqa mexanik usullar qo’llaniladi.
So‘ngra ekstraktli eritma tarkibidan tegishli mahsulot-ekstrakt ajratib olinsa, rafinatli
eritma esa erituvchini regeneratsiyalash orqali ajratiladi.
Suyuqlik aralashmalarini ekstraksiyalab ajratish jarayonlari rektifikatsiyalash,
bug‘latish vas hu kabi boshqa usullarda ajratishga nisbatan quyidagi afzalliklarni
namoyon etadi:
- jarayonning quyi haroratlarda amalga oshirilishi;
- eritmaning ajartish uchun issiqlik talab qilinmasligi;
- tanlovchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan har qanday erituvchini ishlatish
imkonining borligi.
Bu usul kamchilikdan xoli emas:
- tanlovchanlik xususiyatini namoyon etuvchi eritma (ekstragent)ni qo’llash
zaruriyati va uning regeneratsiyasi qurilma sxemasini murakkablashtiradi va
ekstraksiyalash jarayonini qimmatlashtiradi.
Neft-gaz kimyo sanoatida ekstraksiyalash jarayonlari surkov moylari va dizel
yoqilg‘ilarini tozalashda, og‘ir neft qoldiqlarini deasfaltizatsiya qilishda, piroliz
benzinlaridan, riforming mahsulotlaridan yoki kokslashning yengil gazoyllaridan
aromatik uglevodorodlarni ajratib olishda keng foydalaniladi. Ekstraksion
jarayonlardan shuningdek, oqova va tashlama suvlardan qaynash harorati yuqori
bo’lgan yoki qiyin uchuvchan komponentlarni ajratib olishda foydalanish ham
maqsadga muvofiq sanaladi.
NATIJALAR
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
February 2024 / Volume 5 Issue 2
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 4.182
200
Sanoat miqyosida yuqori sifatli neft mahsulotlari olish yoki, arlashma tarkibidagi
muayyan moddalarni tanlovchan erituvchilar yordamida ajratib olish uchun suyuq
holatdagi turli neft mahsulotlarini ekstraksiyalash jarayonlarida fenol, furfurol, N-
metil-2-pirrolidon, dietilenglikol, suv, suyuq propan, benzol, dimetilsulfoksid,
morfolin hosilalari va shu kabi boshqa erituvchilar keng qo’llaniladi. Yog’-moy
ekstraksiya korxonolarida qoldiq moyni ajratib olish, tog‘ jinslaridan ozokerit va
serezinni ekstraksiya qilib olishda erituvchi sifatida benzin yaxshi samara beradi.
So’nggi vaqtlarda ekstraksiya qurilmalarida ishlab chiaqrish jarayonini xavfsiz
o’tkazish, atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida fenol va furfurolning
zaharlik darajasi yuqori bo‘lgani sababli, ularning o‘rniga N-metil-2-pirrolidonni
qo’llash amayoti joriy etilmoqda.
Amalda ekstraksiyalash jarayoni rektifikatsiyalash bilan uyg’unlashtirilgan holda
amalga oshirish ham uchraydi. Chunki, suyuqlik aralashmasi rektifikatsiyalashdan
oldin birlamchi ekstraksiyalash yo‘li bilan qisman ajratilsa, rektifikatsiyalash uchun
sarflanadigan issiqlik tejalishiga olib keladi.
Suyuqliklarni ekstraksiyalash uchun ishlatiluvchi ekstraktorlarning turi, undagi
ishchi parametrlar ko’p jihatdan qo’llaniladigan ekstragent turiga bog’liq.
Ekstragent - suyuqlik aralashmasidan kerakli komponentni ajratib oluvchi modda
- erituvchilarga qo’yiladigan talablarning asosiylari quyidagilar:
1) kerakli komponentga nisbatan tanlovchan ta’sir xususiyatiga ega bo‘lishi;
2) erituvchining kerakli komponentni o‘zida eritib, yutib olish qobiliyatiga ega
bo‘lishi;
3) yutilgan komponentni erituvchidan oson va to’liq ajratib olish, ya’ni
reekstraksiyalash imkoniyatining mavjudligi;
4) fazalarning qatlamlarga oson ajralishi;
5) erituvchi bilan ishlash xavfsiz bo‘lishi uchun, u zaharli, uchuvchan, portlab
ketish xossalariga ega bo‘lmasligi kerak;
6) saqlash va ishlatish davomida (ekstraksiyalash va reekstraksiyalash)
parchalanib ketmasligi;
7) tannarxining arzon bo’lishi;
8) oson topiladigan, ya’ni kamyob bo‘lmasligi kerak;
9) erituvchining zichligi ekstraksiyalanadigan modda zichligidan kam bo‘lishi
shart.
Suyuqliklarni ekstraksiyalash samaradorligi tarqalish koeffitsiyenti va ajratish
omili kattaliklari yordamida ifodalanadi. Ekstrakt tarkibidagi kerakli komponentning
muvozanat holatdagi konsentratsiyasini ushbu komponentning rafinatdagi muvozanat
konsentratsiyasiga nisbati tarqalish koeffitsiyenti deb atalib, quyidagi formula
yordamida hisoblanadi:
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
February 2024 / Volume 5 Issue 2
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 4.182
201
𝑚 =
𝑦
′
𝑥
, (1)
|