Suyuqliklarni ekstraksiyalab ajaratish jarayonining asosiy parametrlari




Download 373,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.06.2024
Hajmi373,01 Kb.
#260905
1   2   3
 
bu yerda, 
𝑦


tarqalayotgan komponentning ekstraktdagi muvozanat ulushi;
𝑥
 -
tarqalayotgan komponentning rafinatdagi muvozanat ulushi. 
Ekstarksiya jarayonida tanlovchan erituvchining ekstraksion qobiliyatini tarqalish 
koeffitsiyentining qiymatiga ko‘ra ifodalash mumkin. Tarqalish koeffitsiyenti 
𝑚
ning 
qiymati, erituvchining suyuqlik aralashmasi tarkibidan kerakli komponentni ajratib 
olish 
qobiliyatini 
tavsiflaydi. 
Suyuqliklarni 
ekstraksiyalashda 
tarqalish 
koeffitsiyentining qiymati keng diapazonda o’zgarib, ekstraksiyalash tizimlarida 
𝑚
-
 
ning qiymati 1 dan 10000 gacha oraliqda bo’lishi kuzatiladi.
Qo’llaniladigan tanlovchan erituvchining ajratish qobiliyatini baholashda 
quyidagi tenglamadan foydalaniladi:
𝑚
1
𝑚
2
=
𝑦
1

𝑥
1
𝑦
2

𝑥
2
=
𝑦
1

𝑥
2
𝑦
2

𝑥
1
=
𝑦
1

𝑦
2

:
𝑥
1
𝑥
2
= 𝛽 , (2)
bu yerda, 
𝑚
1
- aralashmadagi birinchi komponentning tarqalish koeffitsiyenti; 
𝑚
2
- aralashmadagi ikkinchi komponentning tarqalish koeffitsiyenti. 
Kattalik 
β 
ekstraksiyalashdagi ajratish koeffitsiyenti yoki omili deb ataladi. Ushbu 
koeffitsiyent rektifikatsiya jarayonida ajralayotgan komponentlarning nisbiy 
uchuvchanligi singari ekstarksiyada ajralayotgan komponentlarning ekstraktdagi 
muvozanat konsentratsiyalarining rafinatdagi muvozanat konsentratsiyalaridan necha 
marta kattaligini ifodalaydi. Haqiqiy sharoitlarda 
β
ning qiymati 2 dan kam bo‘lmasligi 
maqsadga muvofiq sanaladi. 
MUHOKAMA
Amaliyotda suyuqlik aralashmalarini ekstraksiyalashning quyidagi usullari 
qo‘llaniladi:
1) dastlabki aralashma va ekstragentni bir marotabalik kontaktiga asoslangan 
jarayon (bir pog‘onali ekstraksiyalash);
2) har bir pog‘onada toza erituvchi is hlatish yo‘li bilan ekstraksiyalash (ko‘p 
pog‘onali ekstraksiyalash);
3) bir yoki ikki erituvchi yordamida qarama-qarshi oqimli ko‘p bosqichli 
ekstraksiyalash (ko‘p pog‘onali ekstraksiyalash).
Yuqorida keltirilganlardan birinchi va ikkinchi usullari asosan kichik hajmli 
ishlab chiqarishlarda hamda laboratoriya sharoitlarida qo‘llaniladi. 
Sanoat miqyosida suyuqlik aralashmalarini ajratishda fazalarning qarama-qarshi 
oqimiga asoslangan uchinchi usul keng qo’llaniladi. Ekstraksiyalash jarayonining 
qaysi usuli tanlanishidan qat’iy nazar, eritmalar tarkibidagi kerakli komponentlarni 
ajratib olish va erituvchilarni qaytadan ishlatish imkonini beruvchi erituvchini 
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
February 2024 / Volume 5 Issue 2
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 4.182
202


regeneratsiya qilish bilan birga olib boriladi.
Bir pog‘onali ekstraksiyalashda (1-rasm) dastlabki eritma 
G
va erituvchi 

aralashtirgich (1) ga beriladi, so‘ngra aralashma tindirgich (2) da ikki qatlam - ekstrakt 
E
va rafinat 

ga ajraladi. Bir pog‘onali ekstraksiyalashda dastlabki eritma va erituvchi 
ekstraktorda bir karra kontaktlashuvi uzoq vaqt davom etgandagina aralashma 
muvozanat konsentratsiyalariga yaqin tarkibli ekstrakt va rafinatga bo’linishi mumkin. 
Davriy amalga oshiriladigan bir pog‘onali ekstraksiyalash jarayonini uzluksiz rejimda 
ham olib borish mumkin. Ekstraksiyalash jarayoni uzluksiz rejim bilan olib borilganda 
regeneratsiya qilingan erituvchi uzluksiz ravishda aralashtirgichga qaytariladi. Shu 
sababli, bir pog‘onali ekstraksiyalash usuli asosan tarqalish koeffitsiyentining qiymati 
katta bo‘lgan sharoitda qo‘l keladi.
2-rasmda har bir pog‘onada toza erituvchini ishlatishga asoslangan ko‘p karrali 
ekstraksiyalashning sxemasi tasvirlangan. Bunday jarayon bir necha pog‘onalarda olib 
borilib, ikkinchi pog‘onadan keyingi hamma pog‘onalarda dastlabki aralashma sifatida 
oldingi pog‘onalardan olingan rafinatlar 
(𝑅
1
, 𝑅
2
, 𝑅
3
, ⋯ , 𝑅
𝑛−1
)
 
ishlatiladi. Toza holdagi 
ekstragentning umumiy miqdori bir necha bo‘laklar 
(𝑆
1
, 𝑆
2
, 𝑆
3
, ⋯ , 𝑆
𝑛
)
ga bo‘linib, 
parallel ravishda hamma pog‘onalarga beriladi. Keyingi har bir pog‘onaga dastlabki 
eritma sifatida uzluksiz ravishda konsentratsiyasi pasayib borayotgan rafinatlar 
(𝑅
1
, 𝑅
2
, 𝑅
3
, … , 𝑅
𝑛−1
)
eriladi, shu sababdan ekstraktning konsentratsiyasi birinchi 
pog‘onadan (
𝐸
1
) oxirgi pog‘onagacha (
𝐸
𝑛
) kamayib boradi. Yuqori darajadagi toza 
rafinat olish uchun katta hajmdagi toza ekstragent kerak bo‘ladi, bu holat rafinatni 
regeneratsiya qilish jarayonini qimmatlashishiga olib kelgani bois, ushbu usuldan 
sanoatda juda kam qo’llaniladi. 
 
1-rasm. Bir pog‘onali ekstraksiyalashning sxemasi: 
1-aralashtirgich; 2-tindirgich; 
𝐹
-dastlabki eritma; 
𝐴, 𝐵
-aralashma komponentlari; 
𝑆
-
ekstragent; 
𝐸
-ekstrakt; 
𝑅
-rafinat. 
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
February 2024 / Volume 5 Issue 2
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 4.182
203


Ko‘p pog‘onali qarama-qarshi oqimli ekstraksiyalashning sxemasi 3-rasmda 
ko‘rsatilgan. Qurilma bir-biri bilan ketma-ket bog‘langan n-ta pog‘onalardan tashkil 
topgan. Dastlabki eritma 
𝐹
va ekstragent 
𝑆
 
qarama-qarshi yo‘nalishga ega bo‘lib, 
oxirgi tarkibi 
𝐸
1
ga teng bo‘lgan ekstrakt birinchi pog‘onadan, oxirgi tarkibi 
𝑅
𝑛
ga teng 
bo‘lgan rafinat esa 
𝑛
- pog‘onadan uzatiladi. 
 
2-rasm. Ko‘p pog‘onali va erituvchini parallel ravishda ishlatishga asoslangan 
ekstraksiyalashning sxemasi: 
1, 2, 3, ⋯ , 𝑛
- pog‘onalar; 
𝑆
1
, 𝑆
2
, 𝑆
3
, ⋯ , 𝑆
𝑛

pog‘onalarga berilayotgan rafinatlar; 
𝐸
1
, 𝐸
2
, 𝐸, ⋯ , 𝐸
𝑛
- pog‘onlardan uzatilayotgan 
ekstraktlar. 
Ekstraksiyalashning ushbu usuli texnikaviy-iqtisodiy jihatdan katta afzalliklarga 
ega bo‘lganligi sababli sanoatda keng ishlatiladi. Ekstraksiyalashning ko‘p pog‘onali 
va qarama-qarshi yo‘nalishli usuli kolonnali ekstraktorlarda va aralashtirgich-tindirish 
uskunalarida amalga oshiriladi. 
 
3-rasm. Ko‘p pog‘onali va qarama-qarshi oqimli ekstraksiyalashning sxemasi: 
1, 2, 3, ⋯ , 𝑛 − 1, 𝑛
-pog‘onalar; 
𝐸
1
- birinchi pog‘onadan chiqayotgan ekstrakt;
𝑅
𝑛
-oxirgi pog‘onadan chiqayotgan rafinat. 
Oxirgi yillarda suyuqliklarni ekstraksiyalash uchun sanoatda flegma yordamida 
ishlaydigan qarama-qarshi yo‘nalishli va ikkita erituvchidan foydalanishga asoslangan 
usullar ham keng qo‘llanilmoqda. 

Download 373,01 Kb.
1   2   3




Download 373,01 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suyuqliklarni ekstraksiyalab ajaratish jarayonining asosiy parametrlari

Download 373,01 Kb.
Pdf ko'rish