• Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va usullari
  • Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat strategiyasini ishlash




    Download 257,5 Kb.
    bet1/11
    Sana21.05.2024
    Hajmi257,5 Kb.
    #248266
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    KURS ISHI


    TARMOQDAGI UMUMIY VAZIYAT VA UNDAGI RAQOBAT STRATEGIYASINI ISHLASH

    MUNDARIJA:


    KIRISH………………………………………………………………….……2

    1. TARMOQDAGI UMUMIY VAZIYAT VA UNDAGI RAQOBAT TAHLILINING MAZMUNI VA USULLARI…………………………………….3

    2. TARMOQNI TA’RIFLOVCHI UMUMIY IQTISODIY KO’RSATKICHLAR………………………………………………………………4

    3. TARMOQDAGI RAQOBAT KUCHLARI VA ULAR TA’SIRINING DARAJASI…………………………………………………………………………5

    4. RAQOBAT KUCHLARI TARKIBIDA O’ZGARISH YASOVCHI OMILLAR…………………………………………………………………..…….10

    5. KOMPANIYA RAQOBAT MAVQEINING KUCHLI VA ZAIF JIHATLARI………………………………………………………………………11

    6. RAQOBAT KURASHIDA MUVAFFAQIYAT VA MUVAFFAQIYATSIZLIKNING KALIT OMILLARI……………….…………13

    7. RAQOBATLI STRATEGIYALARNING TURLI XIL DARAJASI………………………………………………………………………..27

    XULOSA…………………………………………………………….………34
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………….………35


    KIRISH

    Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’ektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon bo‘ladi.


    Tovarlar bozorida to‘g‘ri raqobatchilar o‘rtasida raqobatchilik kurashining jadalligi va aniq shakli raqobat holatining xarakteriga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bu raqobatchilar harakati natijasida yuzaga keladigan ularning o‘zaro bog‘liqligi darajasini xarakterlaydi.
    Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat tahlilining mazmuni va usullari
    Strategiyani ishlab chiqish tahlilga asoslangan ish bo’lib, tahlil 2 yo’nalishda olib boriladi1:
    1-Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari.
    2-Kompaniya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi.
    Tarmoqlar o’zining iqtisodiy ta’rifi, ulardagi raqobat va rivojlanish istiqbollari bo’yicha bir - biridan farq qiladi. Masalan: Ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlari yuqori va past bo’lishi mumkin.Xar bar tarmoq uchun zarur bo’lgan kapital qo’yilmalar xajmi xam xar xil bo’ladi. Bozorlar esa maxalliydan tortib dunyo bozorigacha farqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif bo’ladi. Talab xam o’sib boruvchi yoki kamayib boruvchi bo’ladi.
    Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni tahlil qilishda aloxida usullar qo’llanilib, bu usullar tarmoqda bo’layotgan o’zgarishlar va raqobat kurashini baholash imkonini beradi. Buning uchun quyidagi 7 ta savolga javob topish lozim:

    1. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar.

    2. Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi.

    3. Raqobat kuchlari tarkibida o’zgarish yasovchi omillar.

    4. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif ixatlari.

    5. Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari.

    6. Raqobat qaysi yo’nalishda borishini kim belgilaydi?

    7. Foyda olish nuqtai nazaridan tarmoqning jozibadorligi

    Vaziyat tahlilining maqsadi kompaniyaning ichki va tashqi muxitiga xos bo’lgan va kompaniyaning strategik yunalishi va imkoniyatlarini eng yorqin ifodalovchi jixatlarni aniqlashdan iboratdir. Bunda asosiy etibor strategiyaga oid bir qator muxim savollarga aniq javoblar topishga qaratiladi. Sungra bu savollar kompaniyadagi strategik vaziyatning aniq manzarasini shakllantirish va uning strategik xatti‑harakatlariga muqobil variantlarni belgilash uchun foydalaniladi.
    Yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniyadagi strategik vaziyatni tahlil qilish usullari kelgusida ko’pincha diversiyalangan kompaniyaning strategiyasini tahlil qilishda ham foydalaniladi.
    Yakka biznes bilan shug’gullanuvchi kompaniyadagi tashqi vaziyatni (makromuxitni) tahlil qilishda odatda soha va raqobat tahlillaridan foydalaniladi. Vaziyatni tahlil qilishda Korxonaning eng yaqin atrofi (mikromuxiti) o’rganiladi. 6-rasmda yakka biznes bilan shug’ullanuvchi kompaniya uchun strategik tahlilning strukturasi keltirilgan. Kompaniya strategik tahlilining mantiqiy yechimi strategiyani tanlashda muqobil variantlarga baho berishdir. SHunday qilib, ushbu tahlil strategik rejani shakllantirishning dastlabki nuqtasidir.

    Download 257,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 257,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobat strategiyasini ishlash

    Download 257,5 Kb.