Muvaffaqiyatning kalit omillari. Tarmoqdagi vaziyatni umumiy baholash




Download 257,5 Kb.
bet7/11
Sana21.05.2024
Hajmi257,5 Kb.
#248266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURS ISHI

Muvaffaqiyatning kalit omillari. Tarmoqdagi vaziyatni umumiy baholash
Beshinchi raqobatchi kuch tovarning o’rnini bosuvchi mahsulotlarning paydo bo’lish xavfidir. Tovarning o’rnini to’liq bosa oladigan mahsulotlarning mavjudlgi jiddiy xavf tug’diradi va kompaniyaning narxlarini xamda daromadlarini cheklab qo’yadi. Ammo, agar kompaniya mahsulotlarining o’rnini bosa oladigan tovarlar kam bo’lsa, kompaniya narxlarni oshirishi va qo’shimcha daromad olishi mumkin. Kompaniyaning strategiyasi bu faktdan foydalana olishi lozim.
Tarmoqdagi raqobat darajasiga ko’ra kuyidagilarga bo’lanadi10:
1. SHavqatsiz raqobat
2. Intensiv raqobat
3, Meyordagi raqobat
4. Jalb qiluvchi zaif raqobat
Bozorga yangi kirib kelgan Korxona yangi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lishi , ayrim xollarda kattagina resurslarga ega bo’lishi mumkin. Bunday Korxonalarbozorda o’z o’rnini topib egallash uchun kurashadi. Bozorda yangi raqobatchining paydo bo’lishi quyidagi omillarga bog’liq:

  1. Bozorga kirish yo’lidagi to’siqlar:

  • Bozorda ishlayotgan kompaniyalarning reaktsiyasi:

  • Bozorga kirish yo’lidagi to’siqlar quyidagicha bo’ladi:

  • Ishlab chiqarish miqiyosining tejamkorligi (bunday ustunlik bozorda ishlayotgan katta xajmga ega bo’lgan kompaniyalarda bo’ladi. Yangi Korxona esa bozorga birdaniga katta xajm bilan chiqolmaydi.)

  • Texnologiya va NOU XAU ga erishishning imkoniyati yo’qligi:

  • «O’qitish/Tajriba» egri chizigining samarasi:

  • Xaridorlarning ma’lum markalariga moyilligi:

  • Korxona xajmlariga bog’liq bo’lmagan xarajatlarning teng emasligi:

  • Sotish kanallariga kira olish:

  • Nazorat qiluvchi organlarning xarakatlari . (litsenziya, ruxsatnomalar)

  • Tariflar va tarifdan tashqari cheklashlar (dempingga qarshi qonunchilik, maxalliy Korxonalarning majburiy qatnashishlari)

Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’ektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Tovarlar bozorida to‘g‘ri raqobatchilar o‘rtasida raqobatchilik kurashining jadalligi va aniq shakli raqobat holatining xarakteriga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bu raqobatchilar harakati natijasida yuzaga keladigan ularning o‘zaro bog‘liqligi darajasini xarakterlaydi.
Sof raqobat modeli bozorda sotuvchilarning guruhi xaridorlarning katta guruhiga qarama-qarshi turishining mavjudligi bilan xarakterlanadi va bu guruhlarning hech biri baholarga ta’sir etishi uchun yetarlicha kuchga ega emas. Tovarlar aniq belgilangan tavsifga ega. O‘zaro o‘rinbosar va faqatgina talab va taklif o‘rtasidagi nisbat bilan belgilanadigan baholarda sotiladi. Bunday bozordagi sotuvchilar hech qanday bozor kuchiga ega emas va ularning harakati boshqa sotuvchilar harakatiga bog’liq emas. Bunday bozorning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

    • sotuvchi va xaridorning katta miqdori;

    • differensiallanmagan, to’la o’zaro o‘rin bosuvchi tovarlar;  bozor kuchlarining to’laligicha mavjud bo‘lmasligi.

Aniq bozordagi tahlilni o‘tkazishda iqtisodchilar tomonidan taklif etilgan turli raqobatli tuzilishlarga tayanish muhimdir.
Quyidagi 2.1- rasmdan ko‘rinib turibdiki, raqobatchilar tahlili quyidagi ketmaketlikda amalga oshiriladi:

    1. bozorning tuzilishi va tavsiflanishini aniqlash;

    2. tayanch raqobatchilar xarakteristikasini tasvirlash va aniqlash;

    3. tayanch raqobatchilarni baholash;

    4. raqobatchilar xarakterini oldindan ko‘ra bilish; 5) potensial raqobatchilarni aniqlash.



Download 257,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 257,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muvaffaqiyatning kalit omillari. Tarmoqdagi vaziyatni umumiy baholash

Download 257,5 Kb.