Mavzu: Ekologik ekspertiza obyektlarining atrof tabiiy muhitga tasirining farqi va ularni baholash. I. Kirish. II. Asosiy qism




Download 40.25 Kb.
bet1/4
Sana21.01.2023
Hajmi40.25 Kb.
#38863
  1   2   3   4
Bog'liq
EkOlOgIyA
Mavzu Autoplay Media Studio dasturi imkonyati, 666-I 28.08.1998, 1 sinf Ish reja 2021 2022 barcha fanlardan to`liq yangi , ishonchli, 5-амалий машғулот, sillabuslar, 6-mavzu. Tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik model Rej, Mavzu shaxsning kamol topish tizimida sinfdan va maktabdan tash, Iqtisodiy o\'sish, 1-Mavzu maruza, loyixa, макола, O\'simliklar karantin asoslari , INFORMATIKA dos, 5

Mavzu: Ekologik ekspertiza obyektlarining atrof tabiiy muhitga
tasirining farqi va ularni baholash.

I. Kirish.
II. Asosiy qism.
1. Atrof-muhitni muhofaza qilish.
1.1 O’zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari.
1.2 Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhit muhofazasida
tutgan o’rni.
2. Atrof-muhit va tabiatdan foydalanishning huquqlari.
2.1 Atrof-muhitni muxofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida
boshqaruvning huquqiy tartibi
2.2 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini huquqiy
ta’minlash
3. Ekalogik muammolarni hal qilish
3.1 Tabiatni muhofaza qilish
3.2 Ekologik ekspertiza obyektlari
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish.
Fan-texnika taraqqiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlanib, dunyoning jug‘rofiysiyosiy tuzilishi o‘zgarib borayotgan hozirgi “sharoitda inson tomonidan biosferaga ko‘rsatilayotgan ta’sirni tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo’lib qolmoqda”
Prezidentimiz o‘z asarlarida davlatning ekologik yo‘nalishini ya’ni, “tabiiy resurslardan ayovsiz foydalanishga, atrof-muhitga ziyon yetkazilishiga va respublikadagi ekologik vaziyat yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Boshqa davlatlarning ishtirokida Orolni qutqarish, Orol bo‘yidagi ekologik sharoitni sog‘lomlashtirish borasida samarali chora-tabirlarni amalga oshirish, mazkur mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi falokatli oqibatlarni bartaraf etish” – ekanligini ta’kidlagan va mamlakatimizda ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning muhim omili ekanligini belgilab bergan. Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi ekologik va iqtisodiy masalalarni muvozanatli hal etishga bevosita bog‘liqdir. Axir ekologiya va iqtisodiyot bir – biri bilan uzviy chambarchas bog‘langan bo‘lib, ekologiya iqtisodiyotdan tashqarida bo‘lishi, shuningdek, noekologik iqtisodiyot ham mavjud bo‘lishi mumkin emas. Bugungi kunda sanoatda yuzaga kelgan tarkibiy o‘zgarishlar atrof-muhitdagi ifloslanishning tarkibiy xususiyatlarini tarmoq va xududiy jihatdan kengayishi va bu jarayonni kuchaytirib yuborishiga olib keldi. Buning ta’siri esa, tabiiy va energiya resurslarini ko‘p talab qiluvchi va “kir” tarmoqlar ulushining ortib ketishiga sabab bo‘lib, u iqtisodiyotni yanada “og‘ir” ahvolga solib qo‘yadi. Shuning uchun, mamlakatda ekologik vaziyatni hisobga olmasdan iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan har qanday chora – tadbirlar uni istiqbolda qiyin vaziyatga solib qo‘yishi mumkin bo‘ladi. Bu esa iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi uning ekologik xususiyatlari bilan ham bevosita bog‘liqligini keltirib chiqaradi. Zero, bugungi kunda xududdagi ekologik vaziyat xududiy rivojlanishning muhim ahamiyat kasb etuvchi omillaridan biri bo‘lib, u nafaqat iqtisodiyot va aholi yashash sharoitlari hamda hayot sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan jarayon sifatidagina emas, balki hududning raqobat jihatdan ustunligi va kelajak uchun muayyan xavfni yuzaga keltiruvchi omil ekanligini ko‘rsatib beradigan oyna vazifasini o‘tab bermoqda. Ekologik nuqtai – nazardan, O‘zbekistonda iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarida har yili 100 mln. tonnadan ortiq sanoat chiqindilar va yalpi tashlanmalar hosil bo‘ladi, ulardan 14 % atrofidagisi toksik (zaharli) toifaga mansub hisoblanadi. Ifloslantiruvchi moddalar yalpi tashlamalarining asosiy ulushi umumiy xajmida sanoatning energetika, kimyo, neft – gaz va metallurgiya tarmoqlariga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkichlarning kattagina ulushi mamlakatimizning Farg‘ona, Toshkent, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari kabi sanoat eng ko‘p rivojlangan shaharlarga to‘g‘ri keladi. Ekologik vaziyatni kompleks baholash natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, Farg‘ona viloyati aholisining asosiy qismi, ya’ni 68 % kritik ekologik vaziyatli xududda, 19 % favqulodda ekologik vaziyatli xududda va atigi 13 % eng qulay ekologik vaziyatli xududda yashaydi.
Shu bilan birga bugungi kunda har daqiqada O‘zbekistonning 9 kvadrat metr hududi cho‘llanib boryapti. Ekologik va geoekologik muammolar kun sayin o‘sib bormoqda. Yuqoridagi kabi ekologik xatarlar va tahdidlarni muvaffaqiyatli boshqarish va ekologik bilim bilan bog`liq bo`lgan imkoniyatlarni amalga oshirish hozirgi zamon ekologik muammolarining mazmuni va mohiyatini chuqur bilish va tushunishni, ularni boshqarishning ekologik-iqtisodiy usullarini to`la o`zlashtirib olishni talab qiladi. Bundan ko‘rinadiki, ekologik menejmentga alohida e’tibor qaratish eng jiddiy va dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi.


1. Atrof-muhitni muhofaza qilish.
1.1 O’zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilishning
huquqiy asoslari.
Tabiatni muhofaza qilish va uning resurslaridan oqilona foydalanish masalalari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va qonunlarida ham o‘z aksini topgan. Konstitutsiyaning 50-moddasida tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish fiiqarolaming burchi ekanligi, 54-moddasida mulkdorning mulkdan foydalanishi ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, 55-moddasida esa barcha tabiiy zaxiralar umummilliy boylik bo‘lib, ular davlat muhofazasida ekanligi e’tirof etilgan. Uning 100-moddasida atrof muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga yuklatilgan. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgandan so‘ng, 1992-yil 9-dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qildi. Bu qonun respublikada tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha bosh hujjat boiib, u tabiiy muhitni muhofaza qilish va uning resurslaridan foydalanishni tartibga solish bo'yicha respublikaning strategiyasini belgilab berdi va shunga muvofiq ravishda boshqa barcha qonun va qonunosti m e’yoriy hujjatlar unga bo‘ysundirildi. Qonunda tabiatning har bir turdagi obyektlari muhofazalanishi hamda ulardan foydalanish qoidalari belgilangan va respublika fuqarolari yashash uchun qulay atrof-muhitiga ega bo‘lishliklari kafolatlangan. Ushbu qonun doirasida respublikada atrof-muhitni muhofaza borasida 30 dan ortiq boshqa qonunlar qabul qilingan bo‘lib, ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: “Er to‘g‘risida”gi, “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Yerosti boyliklari to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “O’rmon to‘g‘risida”gi, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi, “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunlar. Yuqorida keltirilgan qonunlar doirasida O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ko‘pgina qonun osti hujjatlari qabul qilingan bo’lib, bulaming barchasi yurtimizda rno‘tadil ekologik vaziyatni saqlagan holda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan. Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortish me’yorlari va tartibi O’zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi” hamda “Jinoyat Kodeksi”da belgilab berilgan. “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi”da jinoyat turiga qarab turli miqdorda jarimalar tortish yoki ma’lum bir huquqdan mahrum qilish javoblari ko‘rsatilgan.
Tabiatni muhofaza qilishda davlat boshqaruv organlari va jamoatchilik tashkilotlari. Tabiat muhofazasi bilan shug‘ullanuvchi davlat boshqaruvi organlarini ikki guruhga bo‘lish mumkin: umumiy boshqaruv organi va maxsus boshqaruv organi.
Umumiy boshqaruv organiga mamlakat Prezidenti, Vazirlar Malikaimisi va Oliy Majlis palatalari kiradi. Bu organ mamlakatda tabiat muhofazasining umumiy yo‘nalishini, davlatning ekologik siyosati strategiyasini belgilaydi. Maxsus boshqaruv organi uch guruhga bo‘linadi:
-majmuaviy (kompleks) boshqaruv organi,
-sohaviy boshqaruv organi va
-vazifaviy (funksional) boshqaruv organi. Majmuaviy boshqaruv organiga bevosita tabiat muhofazasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar kiradi. Ular – O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning joylardagi mahalliy organlari, Gidrometeorologiya davlat qo‘mitasi, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligidir. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi 1988-yil aprel oyida tashkil topgan bo‘lib, ekologiya sohasida yetakchi hisoblanadi va u boshqalarning ekologik faoliyatini muvofiqlashtiradi. Qo‘mita bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bo‘ysunadi va barcha vazirliklar, Davlat qo‘mitalari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, shuningdek tadbirkor jismoniy shaxslar tomonidan tabiiy boyliklar o‘zlashtirishlarida qonunga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Qo‘mitaning atmosfera, yer, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha bosh boshqarmalari va nozirliklari mavjud bo‘lib, ular o‘ziga tegishli tabiiy komponentlami muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish tadbirlarini ishlab chiqadi hamda bajarilishini nazorat qiladi. Qo‘mita va uning mahalliy organlari huzuridagi ekoekspertiza xizmati sanoat korxonalarini to‘g‘ri joylashtirish va ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida barcha qurilish-ta’mir loyihalarini ekspertizadan o‘tkazadi. Qo‘mitaning standartlash va sertifikatsiyalash xizmati muhitning ekologik parametrlari bo‘yicha davlat standartini o‘rnatadi va mamlakatga chetdan kiritilayotgan ashyo va vositalarning ekologik jihatdan yaroqliligini aniqlaydi. Sohaviy boshqaruv organiga tabiiy resurslardan foydalanish bilan bir vaqtda ularning ma’lum bir sohasini muhofaza qiluvchi vazirlik va qo‘mitalar kiradi. Ularga Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Kon-texnika davlat nazorati hamda Baliqchilik Davlat qo‘mitasi kiradi. Vazifaviy davlat organlariga o‘zlarining boshqa turdagi vazifalari bilan birgalikda tabiiy resurslaming bazi turlarini muhofaza qilish vazifasini ham bajaruvchi vazirlik va tashkilotlar kiradi. Bular jumlasiga SogMiqni saqlash vazirligining Sanitariyaepidemiologiya nazorati Bosh boshqarmasini va Ichki ishlar vazirligi (atmosferani transport chiqindilari dan muhofazalash xizmati)ni kiritish mumkin. Tabiatni muhofaza qilish ishida ba’zi jamoatchilik tashkilotlari faoliyati ham alohida o‘rin tutadi. Darhaqiqat, 0 ‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanish ishlari chuqur tarixiy ildizga ega bo‘lib, ajdodlarimiz qadim zamonlardayoq yerdan unumli foydalanish, mevali va manzarali daraxtlami ekib mevazor bog‘lar barpo qilish, ovloqlami qo‘riqlab, u yerlardagi hayvonlami ovlashning to‘g‘ri yollarini izlaganlar. Shuning uchun ham O’rta Osiyo, shu jumladan O‘zbekistonning boy tabiati bundan 2700-yil ilgari xalqlar tomonidan yaratilgan “Avesto” kitobining Vendidad qismida ta’riflangan. O‘zbek xalqiga hovlisining darvozasi oldida kamida bir juft mevali daraxt o‘stirish udum bolgan. Kishilarning bu va shunga o‘xshash tabiatga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdagi yaxshi niyatlarini ma’lum bir tartibga tushirish maqsadida asta-sekin jamoatchilik tashkilotlari paydo bo‘ldi. Tabiiy resurslarning jadal o‘zlashtirilishi bilan ulardan ajralayotgan chiqindilarning tobora ko‘payib, atrof-muhitni ifloslashi jarayonida muhit ekologik holatini uyg‘un saqlash va bu chiqindilarning inson salomatligini zararlamasligiga erishish zamonamizning dolzarb masalasiga aylandi. Hozirgi kunda jamoatchilik asosida ish ko‘radigan ko‘pgina ilmiy jamiyatlar hamda Xalqaro fondlarning respublikamizdagi vakilliklari mavjudki, bular tabiiy resurslarni muhofaza qilishga o‘z ulushlarini qo‘shib kelmoqdalar. Masalan, Xalqaro Yovvoyi Tabiat fondi (WWF)ning 1996-yilda respublikamizda ish boshlagan bo’limi O‘rta Osiyo hududida tarqalgan buxoro bug‘usi (xongul) ning genetik fondini yaratish bilan bu kamyob hayvonni qirilib bitishdan saqlash borasida keng ko’lamda ish olib bormoqda.

1.2. Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhit muhofazasida


tutgan o’rni.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgan dastlabki yillardan boshlab, atrof-muhit muhofazasi bilan bog’liq bo’lgan ko‘pgina Xalqaro Konvensiyalarda ishtirok etishni boshladi. U 1993-yildan boshlab 1985-yil Venada (Avstriya) qabul qilingan “Ozon qatlamini muhofaza qilish” va 1992-yil Nyu-Yorkda (AQSh) qabul qilingan “Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida”gi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Konvensiyasida, 1995-yildan boshlab 1989-yil Bazelda (Shveysariya) qabul qilingan “Zararli chiqindilami bir mamlakat chegarasidan boshqasiga olib o‘tmaslik to‘g ‘risida”gi, 1992-yil Rio-de-Janeyroda (Braziliya) qabul qilingan “Biologik xilma-xillik”, 1994-yil Parijda (Fransiya) qabul qilingan “Cho’llanishga qarshi kurash” Konvensiyalarida qatnashib kelmoqda. Tabiiy resurslar tezkorlik bilan o‘zlashtirilib, ulardan ajralayotgan chiqindilar miqdori tobora ko‘payayotgan hozirgi sharoitda tabiat muhofazasi bilan dunyo miqyosida ish ko‘ruvchi tashkilotlarning mavjud bo i ishi muhimdir. Bunday tashkilotlar ko‘pchilik boiib, ulaming eng yiriklari Atrof-muhit dasturiga ixtisoslashgan tashkiloti (YuNEP), Birlashgan Millatlar Tashkilotining fan, texnika va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti (YuNESKO) va Tabiat va tabiiy resurslami muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi (MSOP) hisoblanadi. Ulardan oldingi ikkitasi bevosita Birlashgan Millatlar Tashkilotiga tegishlidir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti o'zining ixtisoslashgan Sessiya va qo‘mitalarida tabiat muhofazasi bilan bog‘liq masalalami muhokama qilib boradi. Uning 1972-yildagi Stokgolm konferensiyasida 1973-yildan boshlab Atrof-muhit dasturiga ixtisoslashgan tashkiloti (YuNEP)ni tuzish haqida qaror qabul i|ilindi. YuNEPning asosiy vazifasi - Atrof-muhit holati hamda biosferadagi o‘zgarishlarni kuzatib borish bo‘lib, uning shtabk vartirasi Keniyaning Nayrobi shahrida joylashgan. U dunyo bo'yicha Atrof-muhitdagi o‘zgarishlar haqida m a’lumotlarni lo‘plab borish bilan birga bu boradagi davlatlararo munosabatlami muvofiqlashtirib turadi, ularga keraklicha yordam ko‘rsatadi va zarur hollarda qaror qabul qilib, u yoki bu davlatga ko‘rsatma beradi hamda uning bajarilishini nazorat qiladi. Tabiiy muhitdagi oVgarishlarni kuzatib borish maqsadida YuNEP ko‘pgina davlatlar lindudida biosfera qo‘riqxonalarini tashkil qildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining fan, texnika va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti - YuNESKO tabiat muhofazasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatadi, atrof-muhit holatini o‘rganish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘llarini tashviqot qiladi. 1962-yil YuNESKO ning Parijda i haqirilgan Hukumatlararo konferensiyasida biosfera resurslarini muhofaza qilish va ulardan unumli foydalanish dasturi qabul qilinib, unga “Inson va biosfera” (MAB) dasturi nomi berildi. 1977-yilda YuNEP va YuNESKO hamkorligida Tbilisi shahrida chaqirilgan Hukumatlararo konferensiyada har bir ilavlatda aholining milliy xususiyati va jamiyatining rivojlanish darajasini hisobga olgan holda tabiat muhofazasi to‘g‘risida ta’lim berishni joriy qilish strategiyasi belgilandi. Butunjahon tabiatni muhofaza qilish harakatini tashkil qilishda I abiat va tabiiy resurslami muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqining xi/madari ayniqsa katta bolm oqda. 1923-yilda “Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro jamiyati” sifatida ish boshlagan bu Iashkilot YuNESKO tavsiyasiga ko‘ra 1948-yilda Parij yaqinidagi I ontcnblo shaharchasida Ittifoq statusi bilan qayta tuzildi. Tabiat va tabiiy resurslami muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi o‘ziga ko'pgina mamlakatlardagi davlat va milliy jamoatchilik lashk i lot lari hamda Xalqaro tashkilotlarni birlashtirgan. 1980-yil holalida uning a’zoligiga 51 ta davlat, 28 ta hukumatlararo tashkilotlar va 400 ta nodavlat kirgan edi. Hozirgi vaqtda bu raqamlar ancha kattalashgan. Tabiat va tabiiy resurslami muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqining shtab-kvartirasi Shveysariyaning Morj shahrida joylashgan bo‘lib, uning oliy organi har 3 yilda bir marta chaqiriladigan Bosh Assambleyadir. 1978-yil Ashg‘abodda bo‘lib o‘tgan XIV Bosh Assambleyada olamshumul ahamiyatga molik bo'lgan hujjat - Butundunyo tabiatni muhofaza qilish strategiyasi qabul qilindi. Bu hujjatda tabiat muhofazasi to‘g‘risidagi bilimlami keng tarqatish, tabiatni muhofaza qilish kursini maktabgacha tarbiya yoshidan boshlab, oliy o‘quv yurtlarigacha o‘qitish tavsiya etiladi. MSOP faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri yer yuzidagi o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishdir. Uning doimiy ishlaydigan 6 ta Komissiyalari mavjud. Ular kamyob o‘simlik va hayvon turlarini muhofaza qilish, milliy bog‘lami muhofaza qilish, landshafitlami muhofaza qilish, tabiat muhofazasi bo‘yicha ta’lim ishini tashkil qilish, tabiat muhofazasi qonunchiligini ta’minlash va tabiat muhofazasida m a’muriy masalalar bilan shug‘ullanish Komissiyalaridir. Bu Komissiyalar davlatlararo anjumanlar o‘tkazib, turli masalalarai muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qiladi. Bu qarorlaming bajarilishi garchi u yoki bu davlat uchun huquqiy jihatdan majburiy bo‘lmasada, lekin ular bajarilmay qolmaydi. Ana shunday qarorlar asosida Rossiyada 1976-yilda “Sterk operatsiyasi” o‘tkazish boshlandi. Shuningdek Hindistonda “Yo‘lbars operatsiyasi”, yana boshqa hududlarda qoplon, yaguar, bug‘u, Prjevalsk otlari, dengiz toshbaqasi, timsohlar, kitlar va shu singari boshqa hayvonlaming kamyob turlarini muhofaza qilish bo‘yicha turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Tabiat va tabiiy resurslarini muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqining yana bir olamshumul ahamiyatga molik ishi - kamayib ketayotgan va qirilib bitish xavfiga tushgan o‘simlik va hayvon turlari bo‘yicha “Qizil kitob”ni tashkil qilishidir. Bu fikr o ‘z vaqtida Komissiyaning raisi mashhur zoolog Piter Skott tomonidan ko‘tarib chiqilgan edi. Yer yuzidagi barcha kamyob turlami o ‘z ichiga qamrab olgan bu kitob 5 tom (sut emizuvchilar, qushlar, suvda va quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, baliqlar, yuqori o‘simliklar)dan iborat bo‘lib, uning birinchi tomi 1963-yilda bosilib chiqdi. Butunjahon miqyosida bunday kitobning chiqishi davlatlar va respublikalaming hududiy “Qizil kitob”lari tashkil qilinishga jiddiy turtki boidi. Shunga ko‘ra 0 ‘zbekiston Respublikasining ikki tomdan iborat “Qizil kitobi” 1983 va 1984- yillarda nashrdan chiqdi. 0 ‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha Ittifoq tomonidan bajarilgan ishlarda Ittifoqning vitse-prezidentlari lavozimida faol faoliyat koisatgan taniqli rus olimlari ( i.P.Dementev va A.G.Bannikovlarning xizmatlari katta bo‘ldi. Tabiat muhofazasi bilan shug‘ullanuvchi yuqorida keltirilgan yirik tashkilotlardan tashqari yana bir qator kata-yu kichik lashkilotlar ham borki, ulaming faoliyati da ham tabiat muhofazasi masalasi keng o ‘rin tutadi. Bularga misol qilib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Butunjahon meteorologik tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot, Atrof-muhit masalasi bilan shug‘ullanuvchi Ilmiy Qo‘mita, shuningdek turli li/imdagi Xalqaro birlashmalar: Suv havzalarini muhofaza qilish Xalqaro Kengashi, Qushlami muhofaza qilish Xalqaro Kengashi, Ovchilik bo‘yicha Xalqaro muvofiqlashtiravchi Kengash va hoshqalami keltirish mumkin. Tabiat muhofazasi bilan shug‘ullanuvchi Xalqaro Tashkilot va I'ondlar ayniqsa keyingi paytlarda ko‘payib bormoqda. Yevropa xavfsizligi va hamkorligi Tashkiloti (OSCE), Yevropa iqtisodiy Komissiyasi, Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro Agentlik, Jahon banki, Xalqaro EKOSAN Jamg‘armasi, Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Fondi (WWF) va boshqa ko‘pgina tashkilotlar bu Kiiyrli ishda o‘zlarining hissalarini qo‘shmoqdalar. Tashqi muhitni muhofaza qilish va biosferadagi noqulay ekologik holatning oldini olish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1978-yildan boshlab har yilning 5-iyun kunini “Atrofmuhitni muhofaza qilish kuni” deb e’lon qildi.

2. Atrof-muhit va tabiatdan foydalanishning huquqlari.
2.1 Atrof-muhitni muxofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida
boshqaruvning huquqiy tartibi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni boshqarish tabiiy resurslarni tasarruf qilish, ulardan oqilona foydalanishni tashkil qilishda, atrof-muhitni zararli ta’sirlardan himoya qilishda, inson va fuqarolarning ekologik huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, tabiiy sharoitlarni saqlash va tiklashni tashkil qilishda namoyon bo'ladi va jamiyatda ijtimoiy boshqaruvning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ekologik qonunlar oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish va ularning samaradorligini oshirish ko'p jihatdan boshqaruvga bog‘liq. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni boshqarish vakolatli subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan ekologik qonunchilik talablarini bajarishga yo‘naltirilgan faoliyat yig‘indisini tashkil qiladi.
Bu sohadagi davlat boshqaruvi ekologik qonunchilikni amalda qo‘llashni ta’minlashga qaratiladi. O’z navbatida, bunday boshqaruv aniq ijtimoiy ekologik-huquqiy munosabatlami shakllanish vositasi sifatida ko‘rinadi. Ekologiya huquqi mexanizmida atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishning boshqaruv o’rnini aniqlashda shunga e’tibor qaratish kerakki, u nafaqat davlat ijro hokimiyati doirasida amalga oshiriladi, balki boshqaruvda fuqarolar. fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolar jamoat birlashmalari va yuridik shaxslar ham ishtirok etadi. Bu esa atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishning boshqaruv turlari mavjud degan xulosaga olib keladi. Unga quyidagilar kiradi:
• jamoat boshqaruvi;
• ishlab chiqarish boshqaruvi;
• idoraviy boshqaruv;
• davlat boshqaruvi.
Ekologik qonunchilikka muvofiq atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni boshqarish turli subyektlar tomonidan amalga oshiriladi, o‘z navbatida, amalga oshirilayotgan u yoki bu doiradagi boshqaruvga ko‘ra boshqaruv mazmuni ham turlicha bo‘ladi. Bu esa boshqaruv funksiyasining xilma-xilligini bildiradi. Boshqaruv funksiyasi - bu tabiatdan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan doimiy faoliyatdir. Boshqaruv funksiyasiga quyidagilar taalluqli hisoblanadi:
• qonunosti norma ijodkorligi;
• ekologiya sohasida boshqaruv organlari tizimini shakllantirish;
• tabiatdan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
• ekologik rejalashtirish;
• ekologik me’yorlash;
• kutilayotgan faoliyatni atrof-muhitga ta’sirini baholash;
• ekologik ekspertiza;
• ekologik litsenziyalash;
• ekologik sertifikatsiyalash;
• ekologik audit;
• ekologik monitoring;
• alohida tabiiy obyektlar va atrof-muhit holatini, shuningdek zararli ta’sirlar hisobini yuritish (kadastr);
• ekologik nazorat:
• atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish huquqi yuzasidan kelib chiqadigan nizolarni ma’muriy tartibda hal qilish;
• ekologik ta’lim va tarbiya.

Download 40.25 Kb.
  1   2   3   4




Download 40.25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Ekologik ekspertiza obyektlarining atrof tabiiy muhitga tasirining farqi va ularni baholash. I. Kirish. II. Asosiy qism

Download 40.25 Kb.