Mavzu: Ekologik ekspertiza obyektlarining atrof tabiiy muhitga tasirining farqi va ularni baholash. I. Kirish. II. Asosiy qism




Download 40.25 Kb.
bet2/4
Sana21.01.2023
Hajmi40.25 Kb.
#38863
1   2   3   4
Bog'liq
EkOlOgIyA
Mavzu Autoplay Media Studio dasturi imkonyati, 666-I 28.08.1998, 1 sinf Ish reja 2021 2022 barcha fanlardan to`liq yangi , ishonchli, 5-амалий машғулот, sillabuslar, 6-mavzu. Tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik model Rej, Mavzu shaxsning kamol topish tizimida sinfdan va maktabdan tash, Iqtisodiy o\'sish, 1-Mavzu maruza, loyixa, макола, O\'simliklar karantin asoslari , INFORMATIKA dos, 5
Davlat boshqaruvi. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini shakllantirish orqali davlat o'zining ekologik vakolatini Va ekologik siyosatini amalga oshiradi. Ushbu boshqarishni tashkil etish asosida insonning atrof-muhitni yaxshilash, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta'minlash maqsadlari turadi. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi orqali davlat tabiiy resurslarning mulkdori sifatida tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etish maqsadida ularni tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi deb vakolatli davlat organlarining tabiiy resurslardan foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza etish bo‘yicha ijro etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi.
Davlat boshqaruv organlarining ijroiya faoliyati - ushbu organlarning ijroiya hokimiyatiga taalluqliligidan kelib chiqib, qonun normalari va vakillik organlarining qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining farmoyish berishi - ularning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishda vakolat doirasidagi yuridik va jismoniy shaxslarga majburiy ko‘rsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining ijroiya etish va farmoyish berish faoliyati tabiiy resurslar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan. Ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvi tamoyillari:
• boshqarishning qonuniylikka asoslanishi;
• tarmoq va hududiy boshqarishni muvofiqlashtirish,
ya’ni davlat organlarining ekologik boshqaruv faoliyati tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza etishni ta’minlashda hududning rivojlanishiga ham qaratiladi. Shuningdek, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlari ham hududiy ham tarmoq bo'ysunishda shakllantiriladi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tashkil etadi. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi ma’lum bir shakllarda amalga oshiriladi. Ushbu boshqaruvning shakllari huquq ijod qilish, huquqni ijro etish va huquqni muhofaza qilish faoliyati hisoblanadi. Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari huquqni muhofaza qilish faoliyati orqali tabiiy resurslardan foydalanish va ulami muhofaza qilish qoidaJari buzilgan taqdirda aybdor shaxslarning jinoiy, ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortish masalasi huquqni muhofaza qilish organlari yoki u ishlaydigan tashkilotning m a’muriyati oldiga qo'yiladi, agar ekologik nazorat organlari ma’muriy javobgarlikka tortish huquqiga ega bo‘lsa, ushbu masalani hal qiladi. Sud organlarida atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha davo arizalarini qo‘zg‘atadi, tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlarini tiklashga qaratilgan chora tadbirlami amalga oshiradi.
Ekologik munosabatlami tartibga solishda davlat boshqaruv organlari boshqarish uslublarini, ya’ni ijtimoiy munosabatlar subyektlariga davlat ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llaydilar. Ular tarkibiga ruxsat berish, man qilish. rozilik berish, majburiy ko‘rsatmalar berish kiradi.
Davlat boshqaruvining ruxsat berish uslubi asosan tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etishda qo‘llaniladi. Tabiiy: resurslardan maxsus foydalanish faqat vakolatli davlat organlarining ruxsati asosida vujudga keladi.
Rozilik berish (sanksiyalash) uslubi deb davlat organlarining foydalanuvchilar tomonidan tayyorlangan m e’yorlami hamda foydalanishga oid boshqa qoida va tartiblarni tasdiqlashi va rozilik berishi tushuniladi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlarining vakolat doirasida qabul qilgan qarorlari ekologik munosabatlar subyektlariga nisbatan majburiy hisoblanadi. Ammo majburiy ko'rsatmalar berish uslubi ushbu davlat organlarining faoliyatida asosan ekologik nazoratni amalga oshirish jarayonida qo‘llaniladi.

2.2 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini


huquqiy ta’minlash.
Ekologik munosabatlami tartibga solishda iqtisodiy mexanizmni huquqiy ta’minlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, birinchidan, atrof tabiiy muhit barqarorligini ta’minlash va tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga, ikkinchidan, ekologik-huquqiy munosabatlami tartibga solish jarayonini kafolatlashga, uchinchidan, jismoniy va yuridik shaxslarning ushbu sohadagi faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rag'batlantirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy usullar ma’muriy usullardan farqli ravishda tabiatdan foydalanuvchining hamda xo‘jalik faoliyat yurituvchi boshqa shaxslarning mulkiy, iqtisodiy manfaatlariga ta’sir etadiki, ushbu holat bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘ta dolzarbdir. Agar ma’muriy-huquqiy ta’sir usuli hokimiyat va buysunuv munosabatlaridan kelib chiqsa, iqtisodiy mexanizm shaxsning real maqsadlariga erishishdagi moddiy manfaatdorligiga tayanadi. Iqtisodiy usullar ma’muriy usullar kabi atrof tabiiy muhit sohasidagi munosabatlar subyektlarining ekologik ongini shakllantirishda juda samarali usullardan hisoblanadi. Biroq ularning samaradorlik darajasi ma’lum ma’noda mamlakatning iqtisodiy rivojlanish holatiga bog‘liq.
Tabiatdan foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni ta’miniashda iqtisodiy choralar haqida gapirganda ta’kidlash joizki, tabiatdan foydalanish faoliyatini boshqarishda iqtisodiy va ma’muriy usullar o‘zaro muqobil usullar hisoblanmaydi. Aksincha, ular bir-birini to‘ldiradi". Iqtisodiy usullarni qoplash oqilona bo‘lishi lozim, binobarin, tabiatdan foydalanishda to‘lovlar doirasini haddan ziyod oshirish ekologik vazifalarni hal etishda tadbirkorlar tashabbuskorligini soddalashtirish o‘rniga iqtisodiyotni bo‘g‘ib qo'yishi, tabdirkorlar tomonidan qarshiliklarni keitirib chiqarishi mumkin. Tqtisodiy vositalar o‘z mohiyatiga ko‘ra mo‘tadil, o'z funksiyalarini me’yorida bajara oladigan bozor iqtisodiyoti sharoitidagina samarali harakat qilishi mumkin. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmini huquqiy ta’minlash - bu atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlarini rejalashtirish, moliyalashtirish, tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik, chiqindilami joylashtirganlik va atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun toMovlar undirish, iqtisodiy rag'batlantirish, iqtisodiy jazo choralarini qo‘llash bilan bog‘liq qoida-talablarning qonun hujjatlarida mustahkamlanishidirJ , , Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga doir chora-tadbirlami amalga oshirishda iqtisodiy mexanizmning ikki asosiy jihatiga e’tibor qaratish lozim. Iqtisodiy mexanizmning shakllanishi birinchidan, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish va pul mablag‘larining jamg‘arilish manbai bo‘lib xizmat qilsa, ikkinchidan, tabiatdan foydalanuvchilar hamda boshqa xo‘jalik subyektlari - yuridik va jismoniy shaxslarga real ta’sir ko‘rsatadi, ularni qonunchilikda mavjud ekologik talablarni bajarishga undaydi. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining bir qator o ‘ziga xos xususiyatlarini ajratib ko'rsatishimiz mumkin:
• atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining tabiatdan foydalanuvchilar uchun iqtisodiy rag‘batlantirish vositasi sifatida baholanishi;
• atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining ayrim turlarida davlat majburlov choralaridan foydalanilishi (masalan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaganlik hamda qonunlarda belgilangan talablarni buzganlik uchun iqtisodiy jazo choralari qo‘llashda, tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliq va to‘lovlar undirishda);
• atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexaniznlida ma’muriy-huquqiy vositalaming iqtisodiy rag‘batlantirish usullari bilan o’zaro uyg‘unlashganligi;
• atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmini huquqiy ta’minlashda ekologik tamoyillaming ustuvor mavqe kasb etishi;
• tabiiy resurslardan foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishda iqtisodiy manfaatdorlik ekologik talablarga asoslangan holda ta’minlanishi;
• atrof tabiiy muhit muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining tabiiy resurslardan oqilona, tejamli hamda samarali foydalanishni ta’minlovchi vosita sifatida namoyon bo‘lishi;
• atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy-huquqiy mexanizmining huquqiy institut sifatida bir qator vosita va usullar majmuyidan (tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun to'lov. iqtisodiy rag‘batlantirish, iqtisodiy jazo choralarini qo‘llash, ekologik sug‘urta, ekologik jam g‘armalar) tashkil topishi. Demak, tabiatdan foydalanish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash sohasida iqtisodiy-huquqiy choratadbirlar tizimining yetarli darajada shakllanmaganJigi, o’z navbatida ekologik-huquqiy mexanizmning tarkibiy qismlari hisoblangan boshqaruv, nazorat, yuridik javobgarlik hamda ekologik-huquqiy madaniyat kabi institutlarning zaiflashuviga, bu esa ekologik-huquqiy normalaming amalda ishlamasligiga olib keladi. Shu jihatdan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmini huquqiy ta’minlash masalasi iqtisodiy-huquqiy kafolat tizimining tarkibiy qismi sifatida alohida ahamiyatga ega.

Download 40.25 Kb.
1   2   3   4




Download 40.25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Ekologik ekspertiza obyektlarining atrof tabiiy muhitga tasirining farqi va ularni baholash. I. Kirish. II. Asosiy qism

Download 40.25 Kb.