|
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni samaradorligini oshirishga imkon beruvchi metodlar. Mundarija: I bob. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni samarodorligi
|
bet | 1/9 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 52,55 Kb. | | #150398 |
Bog'liq Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni samaradorligini osh
BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA O’QITISHNI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA IMKON BERUVCHI METODLAR.
MUNDARIJA:
I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA O’QITISHNI SAMARODORLIGI.
1.1 Hozirgi zamon matematika darslarining xususiyatlari.MATEMATIKA O’QITISHNI SAMARADORLIGINI OSHIRISH.
1.2 Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish komponentlari.
II BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA O’QITISHNI SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA IMKON BERUVCHI METODLAR VATALABLARI MOHIYATI.
2.1. Matematikadan sinfdan o’qitishning tarbiyaviy ta’limiy maqsadi va vazifasasi.
2.2. Boshlang’ich sinflarda tashqari metodlar turlari amallari.
2.3. Boshlang’ich sinflarda matematikada o’qishdan tashqari bayram va tadbirlarga ajiratilgan rejalar.
2.4. Matematika o’qitishda mustaqil ishlar.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi:Boshlang‘ich sinf o’quvchilariga matematikadan samarali ta’lim berilishi uchun bo‘lajak o’qituvchi boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chikarish matematika o’qitish metodikasi egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i zarur. Matematikadan boshlang‘ich ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash, psixologiya, matematikani o’qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) o‘z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlarning o‘zi yetarli emas.O’qitishning ma’lum mazmuni va o’qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta’sirlanadigan u yoki bu o’quv yo‘nalishi uchun eng yaroqli usullarini va qo‘llay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o‘zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarur.
Ayni shu boshlang‘ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang‘ich sinf o’qituvchisi uchun o’quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniqsa muhimdir. Kelgusidagi amaliy faoliyat uchun xususiy, amaliy, laboratoriya ishlarida matematikani o’qitish metodikasi bajariladigan ishlar orqali egallanadi.
Ta’lim tizimida boshlang‘ich ta’lim asosiy o‘rinni egallaydi. Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomda ta’kidlanganidek: boshlang‘ich ta’lim o‘qish, yozish, sanash, o‘quv faoliyatining asosiy malaka va ko‘nikmalar, ijodiy fikrlash xislatlari, o‘zini-o‘zi nazorat qilish uquvi, nutq, xulq atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog‘lom turmush tarzi asoslari egallab olinishini ta’minlashga da’vat etilgan. Hozirda har bir maktabda ta’lim – tarbiya saramadorligini oshirish jiddiy vazifa bo’lib turibdi. Buning uchun har bir o’qituvchi o’z fanini o’qitishning eng samarali zamonaviy muammoli texnologiyalarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o’rganib borishi orqali o’z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi.Ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni olib kirish “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ikkinchi bosqich vazifalaridan biridir. Ta’lim - kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli sifatida bugungi o’quvchi kelajakda huquqiy-demokratik jamiyat a’zosi sifatida bu jamiyat hayotida to’laqonli ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti qo’yayotgan talablariga to’la javob bera olishi kerak. Umumiy o’rta-ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirish uchun, jumladan uzluksiz matematik ta’lim tizimi jarayonida pedagogik tajribani o’rganish va yoyish, zamonaviy muammoli texnologiyalarning nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish zarurdir.Boshlang‘ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini “Aqliy rivojlanishini, dunyoqarashi komunikativ savodxonligini, jismonan sog‘lom bo‘lishga, moddiy borliq go‘zallik va nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf-odatlarni o‘ziga singdirishga va ardoqlashga, ularga rioya qilishga o‘rgatadi. Jahon tajribasiga tayangan holda O‘zbekiston Respublikasidagi boshlang‘ich ta’lim tayanch o‘quv rejasiga ona tili, matematika,tabiat hamda inson va jamiyat sohalari kiritiladi. Bugun jamiyat maktab oldiga maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo’ydi. Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli talim texnologiyasi yetakchi o’rinni egallaydi.Bizga malumki, zamonaviy talim texnologiyasida muammoli talim alohida o’rin tutadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni samaradorligini oshirishga imkon beruvchi metodlar. Mundarija: I bob. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni samarodorligi
|