Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari bayram va tadbirlarga ajiratilgan rejalar




Download 52,55 Kb.
bet7/9
Sana02.02.2024
Hajmi52,55 Kb.
#150398
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishni samaradorligini osh

2.3. Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari bayram va tadbirlarga ajiratilgan rejalar.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar deganda ko‘pincha yuqori sinflar nazarda tutiladi. Lekin ilg‘or tajribalarning tasdiqlashicha, boshlang‘ich sinflarda ham sinfdan tashqari turli – tuman formalarda mashg‘ulotlar olib borishning potensial imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlardan foydalanish o‘qitishda boshlang‘ich va yuqori sinflar uzviyligini ta’minlaydi. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni olib borishda o‘quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini shakllantirishga kompleks holda yondashish talab qilinadi. Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta’lim – tayanch maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda sinfdan tashqari ishlarning o‘rni benihoya katta. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to‘ldiruvchi matematik bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan foydalanish mumkin.
Sinfdan tashqari ishlar O‘quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba’zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi. Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari mavjud:matematika to‘garagi, matematika ertaligi, matematikadan fakultativ mashg‘ulotlar, matematik matbuot, matematik viktorina va olimpiadalar. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi mumkin. a) ommaviy ishlar; (musobaqalar, ko‘rik tanlovlar, kechalar, ertakliklar, ekskursiyalar va hokazolar); b) to‘garak ishlar (yosh matematiklar); d) o‘qituvchilarning mustaqil mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish (bunda o‘quvchilar fan va texnikaning biron soxasini o‘rganish uchun mustaqil ishlaydilar va hokazo). e) Maktabdagi o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar bilan ishlashni tashkil etish usullari. Matematika to‘garagi sinfdan tashqari ishlarning eng ommalashgan turi. To‘garak ixtiyoriy ravishda tuziladi. Matematika to‘garagi ishi qiziqarli, matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq qiladi: Matematika to‘garagiga o‘quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Har qaysi matematika to‘garagida qatnashadigan o‘quvchilar soni 15-20 dan oshmasligi kerak, aks holda o‘qituvchiga qiyinchilik tug‘diradi va o‘quvchilar to‘garakda aktiv ishtirok eta olmaydilar. Matematika to‘garagini o‘tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. 1-mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Qo‘shishga oid qiziqarli masalalar. 3. 100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4. Тopqirlikni talab qiladigan masalalar. 5. Hazil masala. 6. Тopishmoqlar. 7. Quvnoq sanoq (20 ichida) o‘yini. 2-mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Тopqirlikni talab qiluvchi she’riy masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala. 5. “Sonni to‘ldir” o‘yini. 3-mashg‘ulot. Dars tipidagi to‘garak mashg‘uloti. Matematik tanlovlar. Tanlovlar har xil qiyinlikdagi masalalarni yechish, qiziqarli fikrlaydigan masalalar va topshiriqlarni bajarishdagi musobaqalar bo‘lib hisoblanadi. Asosan O‘quvchilarning xohishi bo‘yicha masalalar yechishda o‘z kuchini sinaydigan, yetarlicha tayyorgarligi borlari ishtirok qiladi. Matematik olimpiadalar. Olimpiadalar tanlovlarga qaraganda keng ko`lamda o‘tkaziladigan va matematika o‘rganishda o‘quvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni namoyish qiladigan ishdir. Olimpiada qatnashchilarining tarkibiga bog‘liq holda maktab ichida, tuman va shaharlarda o‘tkazish mumkin. Olimpiadani 3 - sinfdan boshlab o‘tkazib, g‘oliblar maktabning devoriy gazetalarida va o‘quvchilar yig‘ilishlarida rag‘batlantiriladi. Matematik matbuot va viktorinalar. Gazeta, viktorinada har xildagi matematik mazmunni o‘z ichga olgan topishmoq, misol va topshiriqlar rasmlarda berilib, qiziqish xarakterida bo‘ladi. Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda matematik burchak deb ataluvchi joyga osib qo‘yiladi, bu burchakda Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi sonli ma’lumotlar ham berib boriladi. “Bilasizmi?” ruknida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan: 1. Odamning bo‘yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o‘zgarishi mumkin. 2. Dunyodagi eng uzun temir yo‘l 9302 km ni tashkil etadi. 3. Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln tonnagacha kumush bor. Matematika burchagini tashkil qilishni o‘quvchilar va ularning ota-onalari faoli yordamida amalga oshirilishi mumkin. Matematik viktorinalar ma’lum mavzu, bo‘lim yoki umuman matematikaga doir masalalar bo‘yicha savol – javob o‘yini bo‘lib, ko‘p vaqt va katta tayyorgarlik talab qilmaydi. Boshlang‘ich sinflarda viktorinalar 10 – 20 minut davom etadi. Bunda oldindan tayyorlangan 5 – 6 savolga og‘zaki yoki yozma javob olinadi.
Matematik musobaqa Yuqorida aytib o‘tilgan sinfdan tashqari ishlarda (10 minutlik, viktorina va h.k.), asosan, butun sinf o‘quvchilari ishtirok etsa, matematik musobaqalarda (konkurs, olimpiada) ko‘pchilik ishtirok etib, g‘oliblar musobaqasi bilan yakunlaydi, ya’ni bu musobaqa bir necha (ko‘pincha 3 yoki 4) davom etadi.

Download 52,55 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 52,55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari bayram va tadbirlarga ajiratilgan rejalar

Download 52,55 Kb.