• Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy-huquqiy mexanizmi quyidagi usullardan (mexanizm)
  • Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining maqsad




    Download 40.25 Kb.
    bet3/4
    Sana21.01.2023
    Hajmi40.25 Kb.
    #38863
    1   2   3   4
    Bog'liq
    EkOlOgIyA
    Mavzu Autoplay Media Studio dasturi imkonyati, 666-I 28.08.1998, 1 sinf Ish reja 2021 2022 barcha fanlardan to`liq yangi , ishonchli, 5-амалий машғулот, sillabuslar, 6-mavzu. Tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik model Rej, Mavzu shaxsning kamol topish tizimida sinfdan va maktabdan tash, Iqtisodiy o\'sish, 1-Mavzu maruza, loyixa, макола, O\'simliklar karantin asoslari , INFORMATIKA dos, 5
    Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining maqsad va vazifalari ushbu institutning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi muhim mezonlardan hisoblanadi. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining maqsadi - tabiiy resurslaming qiymatini mos ravishda baholash, ulardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, ekologik talablarga rioya etilishini rag‘batlantirish, ekologik toza, tabiiy resurslarni tejaydigan va kamchiqitli ishlab chiqarishni imtiyozli soliq va kredit berish yordamida rivojlantirish, atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zarami qoplash, ekologik xavfsizlikni va barqaror rivojlanishni ta’minlashdan iboratdir. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmi maqsadlaridan kelib chiqib, biz ushbu institutning yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni ko'rsatib o‘tishimiz mumkin:
    -atrof tabiiy myhitni muhofaza qilishga oid chora-tadbirlarni rejalashtirish va moliyalashtirish;
    -tabiiy resurslardan foydalanish, atrof tabiiy muhitga chiqindi va ifloslantiruvchi moddalarni tashlash hamda chiqarish limitlarini belgilash;
    -tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitga chiqindi va ifloslantiruvchi moddalarni tashlaganlik hamda chiqarganlik, shuningdek atrof tabiiy muhitga boshqacha zararli ta’sir etganlik uchun to'lovlar hajmi va normativlarini belgilash;
    -kam chiqindi chiqaruvchi hamda tabiiy resurslami tejovchi texnologiyalarni va noan’anaviy energiya turlarini joriy etgan, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha boshqa samarali choralami amalga oshirgan korxona, muassasa va tashkilotlar, shuningdek fuqarolarga kredit va boshqa imtiyozlar berish;
    -atrof tabiiy muhitga va insonlar sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash.
    Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy-huquqiy mexanizmi quyidagi usullardan (mexanizm) foydalanishni nazarda tutadi:
    tabiiy resurslarni ijtimoiy-iqtisodiy baholash va hisobga olishni huquqiy tartibga solish;
    atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ekologik dastur va tadbirlarni moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash, rejalashtirish;
    tabiiy resurslardan kompleks foydalanish bo‘yicha shartnoma tuzish va litsenziya berish;
    tabiiy resurslardan foydalanish limitlarini belgilash;
    tabiiy resusrlardan haq evaziga foydalanish, bu esa tabiiy resurslar uchun to‘lovni, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik hamda ta’sir etishning boshqa ko‘rinishlari uchun haq to'lashni o‘z ichiga oladi; davlat va jamoat ekologik jam g‘armalarini tuzish;
    ekologik sug'urtalash va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish.
    O'zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy tartiboti quyidagilardan iborat:
    • tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik (shu jumladan, chiqindilarni joylashtirganlik) va atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun to’lov undirish;
    • kamchiqimli va resurslarni tejaydigan texnologiyalar joriy etilganida, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni qayta tiklashda samara beruvchi faoliyat amalga oshirilganida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek ayrim shaxslarga soliq, kredit imtiyozlari va o‘zga imtiyozlar berish;
    • ekologiya nuqtayi nazaridan xavfli texnologiyalami qo‘llaganlik va o‘zga faoliyatni amalga oshirganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan maxsus soliqlar joriy etish;
    • atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalami chiqarish, oqizish yoxud ekologiya nuqtayi nazaridan zararli faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar (ruxsatnomalar) olish;
    • tabiiy muhitning qulay holatini buzgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar zimmasiga uni tikiash vazifasini yuklash;
    • tabiat obyektlarini buzish yoki yo‘q qilib yuborish oqibatida yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda tovon puli undirish;
    • tabiatni muhofaza qilish borasidagi rejalar va chora-tadbirlar bajarilmagan, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarning normativ texnik va boshqa talablari buzilgan hollarda mansabdor shaxslar yoki boshqa xodimlarni asosiy ishlab chiqarish faoliyatida erishilgan natijalar bo‘yicha beriladigan pul mukofotlari yoki boshqa mukofotlardan to‘liq yoki qisman mahrum etish;
    • ekologik sof mahsulot chiqarganlik uchun rag‘batlantiruvchi narxlar va ustama haqlar belgilash;
    • tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik, me’yorda belgilanganidan ortiqcha foydalanganlik uchun tabiatdan foydalanuvchilarga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanganlik uchun iqtisodiy rag'batlantirishni qo'llash;
    • tabiiy muhitni saqlash sohasida va ekologik sof mahsulot ishlab chiqarishda hammadan yuqori ko'rsatkichlarga erishgan davlat, kooperativ, jamoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, boshqa korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning jamoalarini va ayrim xodimlarini, shuningdek ayrim shaxslarni moddiy rag‘batlantirish.
    Mamlakatimizda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishda iqtisodiy usullarni bosqichma-bosqich tatbiq etish tamoyilidan kelib chiqib, tabiatdan foydalanishning ilmiy asoslangan iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini tatbiq etishni uch bosqichda amalga oshirish va 2010-yilda yakunlash ko‘zda tutilgan edi. Birinchi bosqichda, 0 ‘zbekistonda birinchi bor 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-iyundagi “Ifloslantiruvchi moddalami tabiiy muhitga nonnativdan ortiqcha chiqarganlik (tashlaganlik) va chiqindilami joylashtirganlik uchun to'lovlarni joriy qilish to ‘g ‘risida”gi 303-sonli qarori (mazkur qaror Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-noyabrdagi 140-son qaroriga muvofiq o‘z lcuchini yo‘qotgan) bilan 1992-yil 1-iyuldan boshlab tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha chiqarganlik (tashlaganlik) ya chiqindilami joylashtirganlik uchun to'lovlar joriy qilish belgilandi. Mazkur qarorga muvofiq to‘lovlami Undirib olish tartibi o‘matildi va tabiatni muhofaza qilishning budjetdan tashqari mahalliy va respublika jam g‘armalari tashkil etildi. Shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-maydagi 246-sonli qarori bilan “Tabiatni muhafaza qilish jam g‘armalari to‘g ‘risida”gi Nizom tasdiqlandi, ularni shakliantirish manbalari va foydalanish tartibi belgilandi. Ikkinchi bosqichda atrof tabiiy muhitni tabiatni ifloslantirilganlik uchun to'lovlar kiritish ko‘zda tutilgan edi. Tabiatdan foydalanishda iqtisodiy mexanizmni bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun to‘!ovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 199-sonli qarori bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun 2003-yil l-maydan boshlab kompensatsiya toMovlari jpriy etildi. Uchinchi bosqichda tabiiy resurslardan. oqilona va kompleks foydalanilmaganlik uchun to‘lovlar. tizimini joriy etish va tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun toMovlar olish mexanizmini yanada takomillashtirish ko‘zda tutilgan13. Ushbu bosqichlar Tabiatni muhofaza qilish, Davlat statistika qo‘mitalari tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullangan “O ‘zbekiston Respublikasida tabiatdan foydalanishning ilmiy asoslangan iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini joriy qilish” konsepsiyasi orqali amalga oshirish belgilangan edi.



    Download 40.25 Kb.
    1   2   3   4




    Download 40.25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmining maqsad

    Download 40.25 Kb.