• Birlashgan Millatlar Tashkilotining
  • Ikkinchi jahon urushining
  • Respublikasi
  • Xalqaro Mehnat Konferentsiyasi
  • Xalqaro Mehnat Konferentsiyaning tuzilishi.
  • Mehnat munosabatlarini tartibga solishda Xalqaro Mehnat Tashkilotining o`rni va ahamiyati. Reja: Xalqaro Mehnat Tashkilotining tashkil etilishi va rivojlanishi




    Download 45,64 Kb.
    bet1/4
    Sana21.03.2017
    Hajmi45,64 Kb.
    #1123
      1   2   3   4

    Aim.uz

    Mehnat munosabatlarini tartibga solishda Xalqaro Mehnat Tashkilotining o`rni va ahamiyati.
    Reja:
    1.Xalqaro Mehnat Tashkilotining tashkil etilishi va rivojlanishi.

    2.Xalqaro Mehnat Konferetsiyasi va Xalqaro Mehnat Byurosi faollligini tashkil etish.

    Tayanch iboralar:
    xalqaro Mehnat Tashkiloti; muzokaralar; ijtimoiy-mehnat munosabatlari; Xalqaro Mehnat Konferentsiyasi; ma`muriy kengash; tarmoq qo`mitalari; sulh, mehnat sharoitlari; aholini ijtimoiy muhofaza qilish;
    Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.
    delegat; farmoyish beruvchi qo`mita; vakolatlarni tekshirish qo`mitasi; moliyaviy qo`mita; konventsiyalar va tavsiyalarni tatbiq etish qo`mitasi; koventsiya; Xalqaro Mehnat Byurosi (XMB); ijtimoiy hamkorlik loyihalari; ijtimoiy-axborot markazi.
    Xalqaro Mehnat Tashkilotining tashkil eitilishi va rivojlanishi.

    Ijtimoiy sulhni barpo etish va saqlash, inson huquqlarii himoya qilish, uch tomonlama muzokaralar o`tkazish, ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solish maqsadida Xalqaro Mehnat Tashkiloti tuzildi. U o`zining faoliyati mobaynida juda katta tajriba to`pladi va muzokaralar o`tkazish jarayonini rivojlantirish, hamda vujudga kelgan ijtimoiy-mehnat muammolarini va ixtiloflari uch tomonlama muzokaralar va bitimlar asosida tartibga solish yuzasidan juda katta ishlarni amalga oshirdi.

    XMT 1919 yilda g`arb sotsial-demokratiyasining tashabbusi va ishtiroki bilan jamiyatda zo`ravonlik bilan bo`ladigan ziddiyatlarning oldini olish uchun xalqaro tashkilot sifatida tashkil etildi. XMTning tuzilishi murakkabdir. U:

    -Xalqaro Mehnat Konferentsiyasini;

    -tarmoq qo`mitalari;

    -mintaqaviy Konferentsiyalar va mintaqaviy maslahat qo`mitalari;

    -Ma`muriy kengash;

    -Bosh direktor boshchiligidagi Xalqaro mehnat byurosini o`z ichiga qamrab oladi.

    XMT-eng keksa va yirik xalqaro tashkilotlardan biridir. Versal sulh shartnomasiga muvofiq.

    Millatlar Ligasi huzurida avtonom tashkilot 1946 yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkilotining dastlabki ixtisoslashtirilgan muassasasi bo`ldi.

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) - yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945 yilda tuzilgan.
    Uning eng faol tashkilotchilardan biri va birinchi rahbari (1919-1932 yillar) - Xalqaro Mehnat Byurosining direktori Al’bert Toma siyosiy arbob va Frantsiya xukumatida vazir bo`lgan edi.

    1944 yilda Xalqaro Mehnat Tashkiloti tashkil topganiga 25 yil to`lganda Xalqaro Mehnat Koferentsiyasi Filadel’fiyada Deklaratsiya qabul qiladi, unda Ustav bilan birgalikda tashkilotning maqsad va vazifalari belgilab beriladiki, ular hozirgi kungacha o`z ahamiyatini asosan saqlab kelmoqda. Ana shu maqsadlardan kelib chiqib, Xalqaro Mehnat Tashkilotining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:-ijtimoiy-mehnat muammolarini hal qilishga qaratilgan xalqaro siyosat va dasturlarni ishlab chiqish;

    -mazkur siyosatni amalga oshirish maqsadida Konventsiyalar va Tavsiyalar tarzida mehnat normalarini yaratish va qabul qilish;

    -ishtirok etuvchi mamlakatlarga ijtimoiy-mehnat muammolarini hal qilishda yordam (texnikaviy va boshqa hamkorlik) berish;

    -inson huquqlarini himoya qilish (mehnat qilish huquqi, birlashish huquqi, majburlovchi mehnatdan, kamsitishdan himoya qilish va shu kabilar);

    -mehnatkashlarning turmush darajasini yaxshilash uchun kambag`allikka qarshi kurash olib borish, ijtimoiy ta`minotni rivojlantirish;

    -mehnat sharoitlarini va ishlab chiqarish muhitini yaxshilash, xavfsizlik texnikasi va mehnat gigienasi dasturlarini ishlab chiqish, atrof muhitni muhofaza qilish va tiklash;

    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.

    -mehnatkash va tadbirkorlar tashkilotlariga ularning ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solish sohasida xukumat bilan birga olib boradigan ishlarida yordam berish;

    -mehnatkashlarning eng nochor guruhlarini: xotin-qizlar, yoshlar, nogironlar, keksa kishilar, kelgindi (mehnat) kishilarini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

    Shu bilan birga, hozirgi sharoitda tashkilot faoliyatining ustivor yo`nalishlarini belgilab olish zarurligi paydo bo`ldi. XMTning keyingi yillardagi faoliyat dasturlarida bu yo`nalishlarni asosan quyidagilardan iborat deb hisoblash mumkin:

    -demokratiyalash jarayonini qo`llab-quvvatlash, toki u uch tomonlama muzokaralar asosida, ya`ni har bir davlatdagi sanab o`tilgan uch sherik o`rtasidagi muloqotni rivojlantirishga yordvam bersin;

    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.

    -kambag`allikka qarshi kurashi, ayniqsa, aholining ish bilan badligii oshirish hisobiga, xususan, ishchi kuchini keng suratda qayta tayyorlashni tashkil etish yo`li bilan davom ettirish;

    -mehnatkashlarning barcha shakllardagi mehnat va fuqarolik huquqlarini himoya qilish.

    Shuningdek, Xalqaro Mehnat Tashkiloti o`z ishida usullardan foydalanadi. Ulardan uchta asosiysini ajratib ko`rsatish mumkin:

    1.Xalqaro Mehnat normalarini ishlab chiqish va qabul qilish, koventsiyalar va tavsiyalar, hamda ularning bajarishini nazorat qilish.

    2.Ijtimoiy-mehnat muammolarini hal qilishda mamlakatlarga yordam ko`rsatish.

    3.Ijtimoiy – mehnat muammolari sohasida tadqiqotlar o`tkazish va nashr ishlarini amalga oshirish.

    Binobarin, Xalqaro Mehnat Tashkiloti murakkab rivojlanish yo`lini bosib o`tdi. Uning tashkil etilishi vaqtida 45 davlat ishtirok etgan bo`lsa, 1944 yilda 171 ta davlat ishtirok etdi, ularda jahonning 90 foiz aholisi istiqomat qilar edi. Sobiq Ittifoq Xalqaro Mehnat Tashkilotiga 1934 yildan 1940 yilgacha a`zo bo`lib turdi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi munosabati bilan va urushdan keyingi dastlabki yillarda sobiq Ittifoq Xalqaro Mehnat Tashkilotiga ishtirok etishni to`xtatdi va o`zining bu tashkilotga ishtirokini 1954 yilda tikladi.

    Ikkinchi jahon urushi Ikkinchi jahon urushi (1939- 45) - Olmoniya, Italiya va Yaponiyaning aybi bilan boshlangan jahon tarixidagi eng yirik urush. 20-a. fojiasi sifatida insoniyat tarixiga kirdi. Bu urushning kelib chiqishida asosiy rolni fashistlar Olmoniyasi oʻynadi.
    Ayni paytda XMTga Ukraina va Belorussiya a`zo bo`lib kirdilar. Ittifoq inqirozga uchragandan keyin, O`zbekiston Respublikasi ham mustaqil davlat sifatida 1992 yil 13 iyul’da BMTning maxsus muassasi-Xalqaro Mehnat Tashkilotiga a`zo bo`lib kirdi.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    XMT va O`zbekiston xukumati tashabbusi bilan 1993 yil iyunda Toshkentda «Mehnat bozori va O`zbekiston aholisini ijtimoiy muhofaza qilish» va 1994 yil aprel’ oyida «Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o`tishda o`z-o`zini ish bilan ta`minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish» mavzularida xalqaro anjumanlar o`tkazildi. Ta`kidlash joizki, 1969 yil Tashkilotning 50 yilligi munosabati bilan unga Nobel’ mukofoti berildi.

    Xalqaro Mehnat Tashkiloti ishida ko`pgina tajriba to`plangan bo`lishiga qaramasdan hali ko`p muammolar ko`zga tashlanadi. Ular orasida quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin:

    1.XMT garchi siyosatdan xoli tashkilot, deb e`lon qilingan bo`lishiga qaramasdan, baribir hali ma`lum darajada siyosiy tashkilot bo`lib qolayotir. Bu hol Markaziy va Sharqiy Evropaning sobiq sotsialistik mamlakatlariga salbiy va ajratuvchilik bilan munosabatda bo`lishda o`z ifodasini topgan edi. Mazkur mamlakatlarning rahbariyatlari sotsialistik yo`alishdan voz kechgandan keyin va bozor munosabatlariga o`tishgach, Xalqaro Mehnat Tashkilotining bu mamlakatlarga nisbatan munosabati o`zgarmoqda. Lekin, kelgusida bu munosabatlarning qanday bo`lishi hozircha noma`lumdir.

    2.XMTning katta tajribasidan, uning ishlab chiqqan va qabul qilgan ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida konventsiyalari va tavsiyalaridan nimalarni va qanday foydalanish mumkinligini hali o`rganish va amalda sinab, tekshirib ko`rishni talab qiladi.

    Rossiyaning Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan o`tkazgan dastlabki maslahatlari, hamda, Xalqaro Mehnat Byurosining bandlik masalalari yuzasidan bergan tavsiyalari shuni ko`rsatadiki, hali uning faoliyati Rossiya xalqlarining milliy xususiyatlari, an`analari, tafakkur tarzi etarli darajada hisobga olinayotgani yo`q.

    Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi.

    3.Jahonda ro`y berayotgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o`zgarishlar Tashkilotning maqsadlari, vazifalari va ish yo`nalishlarida tegishli o`zgarishlar qilinishini talab qiladi. Bundan bir necha yil muqaddam Xalqaro Mehnat Tashkilotining Ustaviga ayrim o`zgarishlar kiritilgan edi, bugungi kunga kelib etarli bo`lmay qoldi. Hayotning ko`rsatishicha, ish rejalarini o`rtacha muddatli (6 yilga mo`ljallab) tuzish tajribasi o`zini unchalik oqlamadi.

    4.Tashkilot va uning asosiy organlarining tuzilishida bir qator muammolar bor. Xalqaro Mehnat Koferentsiyasi har yili to`planadi va uning ishida ko`pgina delegatlar va maslahatchilar ishtirok etadilar. Bu esa Xalqaro Mehnat Tashkilotidan ham, shuningdek, ishtirok etuvchi mamlakatlardan ham ko`pgina kuch g`ayrat va mablag` sarflashni talab qiladi.

    5.Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ma`muriy Kengashning tuzilishi bir necha o`n yillardan buyon o`zgarmay keladi. Sanoat jihatidan ancha rivojlangan mamlakatlardan XMT xukumat a`zolarining doimiy soni (10) haqidagi masala qayta qarab chiqilishi kerak, chunki, u rivojlanayotgan mamlakatlarning noroziligiga sabab bo`lib kelayotir.

    6.XMT ning butun ishida uni mutaxassis kadrlar bilan to`ldirib borish, shuningdek, ekspertlar va maslahatchilarni mintaqalarda ishlash uchun tanlash ham g`oyat muhim ahamiyatga egadir. Bu erda kadrlarning barqarorligini ta`minlash ijobiy holdir. Lekin, uning o`z kamchiliklari ham bor. Bu mutaxassislar o`zlarining mamlakatlaridan uzilib qolgan, batamom xalqaro amaldorlarga aylangan Xalqaro Mehnat Byurosining xodimlari o`z xalqidan, uning orzu-umidlari va manfaatlaridan ajralib qoladilar. Turli mamlakatlar va mintaqalarning vakillari Xalqaro Mehnat Byurosida bir tekisda taqsimlanmagan. Bu muammo ma`lum bo`lsa ham, lekin hal qilinmasdan kelmoqda.

    Xalqaro Mehnat Konferentsiyasi va Xalqaro Mehnat Byurosi faolligini tashkil etish.



    Xalqaro Mehnat Konferentsiyasi-bu Xalqaro Mehnat Tashkilotining yuqori organi hisoblanadi. Xalqaro Mehnat Konferentsiyasining ishi maxsus Reglament bilan belgilanadi. U har yili iyun’ oyining boshlarida Jenevada to`planadi. Uning ishi ilgari uch hafta davom etardi. 1944 yildan boshlab Konferentsiyaning ishi to`rt kunga qisqaradi. Har bir davlat Konferentsiyaga to`rt delegat yuboradi, ular hal qiluvchi ovozga ega bo`ladilar. Bu delegatlarning ikki nafari xukumatdan va bittadan mehnatkashlar va tadbirkorlardan bo`ladi. Bundan tashqari, ko`p mamlakatlarning delegatsiyalari tarkibiga maslahatchilar ham kiritiladi, yirik delegatsiyalarning tarkibi 40-50 kishiga etadi. Konferentsiyada hammasi bo`lib Xalqaro Mehnat Tashkiloti a`zolari bo`lgan mamlakatlarning 1500-2000 vakili ishtirok etadi. Xukumatlar delegatlarining ko`plari o`z mamlakatlarida mehnat masalalariga javob beradigan shaxslar bo`ladilar. Har bir Konferentsiyada faxriy mehmonlar sifatida bir yoki ikki davlat yoxud xukumatning boshliqlari so`zga chiqadilar.

    Xalqaro Mehnat Konferentsiyasining tuzilishi ancha murakkab va ko`p qatlamli bo`lib, u 4-jadvalda ko`rsatilgan.

    4-jadval.

    Xalqaro Mehnat Konferentsiyaning tuzilishi.
    Xalqaro Mehnat Konferensiyasi


    Download 45,64 Kb.
      1   2   3   4




    Download 45,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnat munosabatlarini tartibga solishda Xalqaro Mehnat Tashkilotining o`rni va ahamiyati. Reja: Xalqaro Mehnat Tashkilotining tashkil etilishi va rivojlanishi

    Download 45,64 Kb.