• Ozbekistondagi din erkinligi BMT eksper t i tomonidan baholanadi
  • Janob Ahmad Shahid
  • Tashrif
  • Tashrifdan
  • @UNHumanRights
  • O'zbekistondagi din erkinligi bmt eksperti tomonidan baholanadi




    Download 70,26 Kb.
    Sana01.01.2020
    Hajmi70,26 Kb.
    #7726




    Norasmiy tarjima
    O'zbekistondagi din erkinligi BMT eksperti tomonidan baholanadi

    JENEVA/TOSHKENT (2017 yil 2 oktabr) – BMTning din yoki e'tiqod erkinligi masalasi bo’yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid 2017 yilning 2 oktabrdan 12 oktabrgacha O'zbekistonga rasmiy tashrifini amalga oshirmoqda. Mazkur tashrif so’ngi 15 yil ichida Maxsus Tartib-taomillar mandati doirasidagi ilk tashrif hisoblanadi.


    “O’zbekiston Hukumati bilan inson huquqlariga oid din yoki e'tiqod erkinligi sohasidagi xalqaro standartlarni muhokama qilish hamda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da mamlakatdagi vaziyatni o`rganish imkoniyati yaratilgani uchun chin dildan minnatdorchilik bildiraman” – dedi janob Shahid.
    “2017−2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi”ning Prezident tomonidan e’lon qilinganidan so’ng mamlakatning turli sohalarida ro'y berayotgan o'zgarishlar haqida ko'proq o`rganishni istayman” deb qo’shimcha qildi maxsus ma'ruzachi.
    “Shuningdek men din yoki e'tiqod erkinligini, xususan ularning so'z erkinligi va uyushish huquqi, gender tengligi, ayollar, bolalar va diniy ozchiliklar vakillariga tegishli shaxslarning huquqlari bilan uzviy bog’liqligini baholayman“ – deya ta’kidladi u.
    “Men, shuningdek, mamlakatdagi diniy xilma-xillik hamda diniy ekstremizmga qarshi kurashish yo'lida turli diniy jamoalar o'rtasidagi tinchlikni saqlab qolishni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirishga qaratilgan hukumatning sa'y-harakatlari haqida o`rganish imkoniyatini kutmoqdaman” – deb qo’shdi ekspert.
    BMT Inson huquqlari kengashi mandatiga muvofiq, Maxsus ma'ruzachining ish faoliyatiga, shuningdek, din yoki e'tiqod erkinligi huquqlari sohasida mavjud bo’lgan va yuzaga kelishi kutilayotgan to'siqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha aniq tavsiyalar berish ham kiradi.
    O'n bir kunlik missiyasi davomida janob Shahid turli davlat amaldorlari, diniy jamoalar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari bilan uchrashadi. Shuningdek, u bir qator viloyatlarga ham tashrif buyuradi.
    Ekspert 2017 yil 12 oktabr soat 14.00da Toshkent shahridagi Amir Temur ko’chasi 107A manzilida joylashgan “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida tashkil etiladigan matbuot anjumanida o`zining dastlabki xulosalarini ommaviy axborot vositalari vakillari bilan o`rtoqlashadi.
    Tashrifi yakunlariga ko'ra, Maxsus ma'ruzachisi 2018 yilda BMT Inson huquqlari kengashiga o'zining xulosalari va tavsiyalari haqida hisobot taqdim etadi.

    YAKUN


    Janob Ahmad Shahid (Maldiv Orollari) 2016-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha kengashining din yoki e'tiqod erkinligi bo'yicha maxsus ma'ruzachisi sifatida tayinlandi. Janob Shahid Essex Universiteti Inson huquqlari markazi (Buyuk Britaniya) direktori o'rinbosari, va Kanadada joylashgan Raul Vallenberg Inson huquqlari markazi katta ilmiy xodimi bo'lib xizmat qiladi. U 2005-2007 yillar va 2008-2010 yillar mobaynida Maldiv Orollari Tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. U o’z mamlakatining inson huquqlari va ularning qonun va amaliyotga tatbiq etilishi bo'yicha barcha to'qqizta xalqaro konvensiyalarini imzolash va ratifikatsiya qilish borasidagi sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirgan. Janob Shahid Eronda inson huquqlari ahvoli bo'yicha sobiq Maxsus ma'ruzachi ham hisoblanadi.
    Maxsus ma'ruzachilar Inson huquqlari bo'yicha kengashi tarkibidagi Maxsus Tartib-taomillarning qismi hisoblanadi. Mazkur Maxsus Tartib-taomillar BMTning Inson huquqlari bo'yicha mavjud bo’lgan eng yirik mustaqil ekspertlar organi hisoblanib, ma’lum bir mamlakatdagi turli xil vaziyatlar, yoki bo’lmasa dunyoning barcha burchaklarida ma’lum bir mavzularga oid ma’lumotlarni yig’ish va monitoring qilish vazifasini amalga oshiradigan mustaqil mexanizmlardan biridir. Maxsus Tartib-taomillarning mutaxassislari ixtiyoriy ravishda faoliyat olib boradi; ular BMT xodimlari hisoblanmaydi, o'z faoliyatlari uchun maosh olmaydi. Ular hech qanday hukumat yoki tashkilotga bog’liq emas, va faqatgina shaxsiy salohiyatlaridan kelib chiqqan holda faoliyat olib boradilar.

    Din yoki e'tiqod erkinligi bo'yicha elektron qo’llanma - BMTning to'rt nafar maxsus ma'ruzachilarining 25 yil ichida to’plangan fikrlari (o’z nusxangizni yuklab oling):
    Diniy yoki e'tiqodga asoslangan har qanday murosasizlik va kamsitishning barcha shakllarini yo'q qilish to'g'risidagi deklaratsiya bilan tanishing:
    Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissar boshqarmasining mamlakat sahifasi - O'zbekiston
    Qo'shimcha ma'lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:

    Tashrif chog'ida Toshkentda: Chiang Yu Lim (+99893-501-74-55/ clim@ohchr.org)

    Tashrifdan oldin va undan keyin Jenevada: Chiang Yu Lim (+41 22 928 9310 / clim@ohchr.org) yoki freeofreligion@ohchr.org manziliga yozing.

    BMTning boshqa mustaqil ekspertlari bilan bog'liq ommaviy axborot vositalarining so'rovi bo'yicha:

    Bryan Uilson - Media bo'limi (+ 41 22 917 9383 / mediaconsultant2@ohchr.org)

    Tvitter: @UNHumanRights va Feysbuk: unitednationshumanrights

    Biz yashayotgan dunyo haqida qayg'urasizmi? Unday bo’lsa inson huquqlarini bugunoq himoya qiling #Standup4humanrights va http://www.standup4humanrights.org/en/ veb-sahifasiga tashrif buyuring
    Download 70,26 Kb.




    Download 70,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekistondagi din erkinligi bmt eksperti tomonidan baholanadi

    Download 70,26 Kb.