|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 1/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
«O’ZBEKNEFTGAZ» MILLIY XOLDING KOMPANIYASI
«O’ZGEOBURG’INEFTGAZ» AKSIYADORLIK KOMPANIYASI
«NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI HAMDA QIDIRUVI
INSTITUTI» OAJ
Y. Ergashev, G’.S. Abdullaev, M.H. Qodirov, I.X. Xolismatov
NEFT VA GAZ KONLARI
GEOLOGIYASI
Oily o’quv yurtlari talabalari uchun darslik
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan
Toshkent 2009 y.
UDK 553.98: 622, 276 (047)
«Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti» OAJ Ilmiy Kengashi va Toshkent Davlat texnika universitetining ilmiy-metodik Kengashi nashrga tavsiya etgan.
Taqrizchilar:
Ermatov E.K. − «O’zLITIneftgaz» OAJ bosh ilmiy xodimi, texnika fanlari
doktori.
Raubxo’jaeva T.S. ToshDTU «Neft va gaz geologiyasi va geofizikasi» kafedrasi dotsenti, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Boyqobilov I.T. − Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti laboratoriya mudiri, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi. Mualliflar:
Y. Ergashev, G’.S. Abdullaev, M.H. Qodirov, I.X. Xolismatov
«Neft va gaz konlari geologiyasi».
Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. T., 2010. bet.
Darslikda tog’ jinslarining va qatlam flyuidlarining fizik va kimyoviy xususiyatlari, ularning neft va gaz uyumlarining hosil bo’lishidagi ahamiyati, quduqlarni burg’ilash, kern va shlam olish, geologik-geofizik malumotlarni qayta ishlash, qatlamni ochish va quduqni teshish metodlari berilgan.
Neft va gaz konlarini ishlatish sistemalarini loyihalash, neft-gazni chiqarib olish jarayonlarini boshqarish, neft va gaz uyumlarini konda geologik nuqtai nazardan tadqiq qilish metodlari bayon etilgan. Turli geologik-fizik sharoitlardagi mahsuldor qatlamlarga tasir etish usullarini tanlash imkoniyatlari asoslangan.
Neft va gaz uyumlarini tadqiq qilish metodlari sistemali-strukturaviy tahlil nuqtai nazardan ko’rib chiqilgan, o’zlashtirilayotgan uyumlar vaqt davomida o’zgaruvchan dinamik sistema sifatida qaraladi.
Darslik oliy o’quv yurtlarining tegishli fakultetlari, kollej va liseylarning neft va gaz sohasini o’rganayotgan talabalari va o’qituvchilariga, neft va gaz konlarini razvedka qilish va o’zlashtirish korxonalari hamda ilmiy tadqiqot institutlarining xodimlariga mo’ljallangan.
«Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi» instituti OAJ, 2009
Toshkent Davlat texnika
universiteti, 2009
|
| |