NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI FANINING GEOLOGIYA VA UNGA YAQIN BO’LGAN FANLAR BILAN O’ZARO BOG’LIQLIGI




Download 11,69 Mb.
bet9/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
Илмий тўгарак йиллик иш режаси, ИТИ билан шугул. иқт. тал. ҳақида маълумот.2015 AT, 122222, 4-amaliy Akustik aloqa kameralari va ularning konstruksiyalari. Reverb ka, 12 талик рўйхат , amaliy, 2eee2, Стартап АРИЗА OXIRGI last, 20-ish. О‘tkаzgichning qаrshiligini о‘zgаrmаs tok kо‘prigi yordаmidа аniqlаsh., Axborot xavfsiziligi, himoyalash usullari, 3-маъруза, Algoritm va algoritlash tushunchalari, Amaliy mashg‘ulot Bulutli texnologiyalar. Google asbob uskun (1), algoritm va uning turlari, аралаштиргич амалий

1.3. NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI FANINING GEOLOGIYA VA UNGA YAQIN BO’LGAN FANLAR BILAN O’ZARO BOG’LIQLIGI


Kon geologi nuqtai nazaridan qarasak, neft yoki gaz uyumi yer qa’rining bir qismini tashkil etganining guvohi bo’lamiz. Neft yoki gaz uyumining hosil bo’lishida yoki uning ayni paytdagi rivojida turli geologik, fizik, ximik, gidrodinamik va boshqa jarayonlar kuzatiladi. Shuning uchun ham uyumni turli jihatdan o’rganishga imkoniyat mavjud. Qayd etilgan jarayonlarni geologiya va geologiyaga aloqasi bo’lmagan fanlar tadqiq qiladi. Binobarin, neft va gaz konlari geologiyasi fanining fazilatlari shundan iboratki, bu fan boshqa fanlarning metodlari orqali olingan nazariy qarashlar va daliliy ma’lumotlardan keng miqyosda foydalanadi va o’zining xulosalarida boshqa fanlar qonuniyatlariga tayanadi.
Chunonchi, mahsuldor qatlamlarning yer po’stida yotgan holati birinchi navbatda dala seysmik tadqiqotlari natijasida ma’lum bo’ladi. Uyum quduq qazish yo’li bilan ochilsa, seysmik tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar strukturalar geologiyasi fani metodlari bilan aniqlanishi mumkin. Burg’ qudug’idan olingan kern, neft, gaz va suv namunalari kimyoviy va qatlamlar fizikasi metodi bilan tadqiq qilinadi. Tog’ jinslari xususiyatlari to’g’risidagi manba kon geologiyasi, quduqlarni gidrodinamik tekshiruvlari natijasidan olinadi. Bunday metodlarning nazariy asosi bo’lib yer osti gidravlikasi va quduq geofizikasi hisoblanadi. Chunki kon geologiga zarur bo’lgan ma’lumotlarning 90% quduqda bajarilgan geofizik metodlar orqali olinadi.
Neftga to’yingan jinslarining yotish sharoiti va xususiyatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni umumiylashtirib shuni aytish mumkinki, kon geologi ko’pincha yangi printsiplar, qonun va metodlarni yarataolmaydi, lekin ish faoliyatida u ko’pincha oraliq fanlar: tektonika, stratigrafiya, petrografiya, litologiya, gidrogeologiya, yer osti gidravlikasi va bir qator boshqa fanlarning nazariy qarashlari, qonuniyatlari va qoidalariga amal qiladi.
Shuni alohida qayd etish zarurki, ayni paytda hech bir fan sohasini matematika va EHMlarsiz tasavvur etish qiyin. Binobarin, neft va gaz konlari geologiyasi fanida matematik metodlar va EHMdan keng miqyosda foydalaniladi.
2-bob.

Download 11,69 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI FANINING GEOLOGIYA VA UNGA YAQIN BO’LGAN FANLAR BILAN O’ZARO BOG’LIQLIGI

Download 11,69 Mb.