|
Geologik sistemaning ikki turi
|
bet | 12/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasiGeologik sistemaning ikki turi. Olimlardan Yu.A. Kosigin, Yu.A. Voronin va boshqa tadqiqotchilar geologiya fanida sistemali-strukturaviy yo’nalishda statik (muvozanat) va dinamik tipdagi sistemalarni ajratishni taklif etdilar. SHu sababli geologik tadqiqotlarda ham ikki yo’nalish vujudga keldi.
Birinchi yo’nalishdagi tadqiqotlarga qatlamlarning yotish ketma-ketligi, shakli, o’lchami, litologik tarkibi, jinslarning o’rnashish nisbati, shuningdek, geologik ob’ektlarning makonda joylashishi, hozirgi vaqtdagi holati va boshqalarni o’rganish kiradi. Bunday tadqiqotlar turli geologik modellar, qurilmalar, xaritalar, chizmalar yordamida bajariladi, bunda geologik ob’ektlar ko’chmas va vaqt davomida o’zgarmas deb tasavvur qilinadi.
Bunday hollarda o’rganilayotgan ob’ektlarga statik sistemalar sifatida qaraladi va ular ko’p miqdordagi, ierarxik, yaxlit va funktsional ko’rinishda bo’la oladi. Protsessual ko’rinishlarning yuzaga kelishi istisno qilinadi.
2.2-rasm. Sistemaning mumkin bo’lgan ko’rinishlari orasidagi bog’liqlik (M.M.Ivanova va b., 1985). Mumkin bo’lgan ko’rinishlar: I – ierarxik, M – ko’p miqdordagi, F – funktsional, P – protsessual, Ya – yaxlit; 1 – komponentlar; 2
– kishik sistema; 3 – element
Ikkinchi yo’nalishdagi tadqiqotlar hozirgi davrda,
«ko’z o’ngimizda» sodir bo’layotgan geologik jarayonlarni o’rganishdan iborat. Bunda dinamik hodisalar o’rganiladi. Ularga zamonaviy tabiiy geologik jarayonlar va insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida yuzaga keladigan texnogen jarayonlar kiradi. Geologlar neft va gaz konlarini ishlatishda sodir bo’ladigan jarayonlar bilan shug’ullanadilar. Bunday hollarda o’rganilayotgan geologik ob’ektlarga yuqorida qayd qilingan besh ko’rinishdan biridagi dinamik sistemalar sifatida qaralib, bunda protsessual ko’rinish muhimroq bo’lib, qolgan ko’rinishlar muhit, fon vazifasini o’tab, unda dinamik sistema faoliyati rivoj topadi.
O’rganilayotgan geologik sistemalarning har biri tabiatan faqat ungagina xos bo’lgan elementlar, ularning munosabati va bog’liqligi (ya’ni strukturasi), o’ziga xos tadqiqot usullari va model tiplari bilan ajralib turadi. Turli tipdagi sistemalarga taalluqli elementlar va strukturalarni aralashtirib yuborishga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Har tip sistemani alohida-alohida va ketma-ket o’rganish lozim.
Demak, qazib chiqarishga tayyorlanadigan yoki foydalanilayotgan konlar, neft va gaz uyumlari zamonaviy statik va dinamik sistemalar sifatida o’rganiladi.
|
| |