«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi




Download 11,69 Mb.
bet20/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

4.3. BURG’ QUDUQLARI KESIMINI GEOLOGIK VA GEOKIMYOVIY

METODLAR BILAN O’RGANISH


Quduq kesimini o’rganish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
1)quduqda ochilgan tog’ jinslarining stratigrafik ketma-ketlikda joylashishini o’rganish va uni tabaqalarga ajratish;

  1. ochilgan jinslarning litologik tarkibini, hamda ayrim svita, gorizont, pachka va qatlamlarning qalinligini aniqlash;

  2. quduq kesimida neft yoki gazga to’yingan qatlamlarning bor-yo’qligini belgilash, ularning qalinligi va joylashish chuqurligini aniqlash;

  3. mahsuldor qatlamlarning kollektorlik xususiyatlarini aniqlash;

  4. jins-kollektorlarning neft, gaz va suvga to’yinganlik darajasini o’rganish; 6) quduqni burg’ilash va sinash chog’ida neft, gaz va suvlardan olingan namunalarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini aniqlash;

7) ochilgan mahsuldor gorizontlarning konchilikka oid (debiti, bosimi va b.) parametrlarini o’rganish.

Bizga ma’lumki, burg’ilash jarayonida ochilgan qatlamlarning belgilangan intervallaridan kern olinadi, shu sababli ularning ayrim qismlaridagi jinslargina batafsil o’rganiladi, kesimni to’la va mufassal o’rganish uchun esa turli metodlar majmuasidan foydalaniladi. Ularga: kern olish, burg’ilangan jins zarralari (shlam)dan namuna olish, quduq devoridan namuna olish va ularni o’rganish hamda mahsuldor yoki mahsuldorligi taxmin qilinayotgan qatlamlarni sinash va b. kiradi. Qayd qilingan bunday metodlardan tashqari quduq kesimini o’rganishning kon-geofizikasi metodlari ham mavjud bo’lib, ular ochilgan tog’ jinslarining turli fizik xossalarini aniqlashga asoslangan. 4.1-jadval Namunali geologik-texnik naryad


Tasdiqlayman: Boshqarma bosh
muhandisi F.I.O.
«__»_________2010y
.
Maydon― Burg’ilash boshlanishi ― Boshqarma bosh
Quduq № ― Burg’ilash tugashi ― geologi Quduq toifasi ― Burg’ilash tezligi ― F.I.O. Burg’ilashdan maqsad ― Burg’ilash qurilmasi― «__»_________2010y Loyihaviy chuqurlik ― Burg’ilash minorasi― .
Loyihaviy gorizont ― Lebyodka uzatmasi quvvati (kVt)―
Burg’ilash usuli ― Nasoslar (turi, soni) ―

Burg’ilash quvuri diametri, po’lat markasi

Burg’ilash oralig’i, m

Burg’ilash quvurlarini mustahkamlikka sinash
va nuqsonini aniqlash
(chuqurlikda), m

Opressovka bosimi, MPa






Geologiya qismi

Texnika qismi

































































































N

eft

va

ga

z K

IT

I:

@ng

_u

z





46













































Burg’ilangan (yoki burg’ilanayotgan) quduqlar kesimida mahsuldor gorizontlar yoki qatlamlarni ajratish, jinslar tarkibida uchraydigan bitumlar miqdori va sifatini aniqlash maqsadida ko’p hollarda geokimyoviy metodlar (lyuminestsent ― bituminologik tahlil)dan foydalaniladi. Ma’lumki, hozirgacha quduq kesimini o’rganishda turli neft-gazli rayonlar va geologik sharoitlarga yaroqli metodlar majmuasi ishlab chiqilmagan. SHu sababli, geologik va kon-geofizikasi korxonalarining asosiy vazifasiga quduqlar burg’ilanayotgan maydonning geologik tuzilishi to’g’risida batafsil ma’lumotlar bera oladigan metodlar majmuasini ishlab chiqish kiradi.
Quduqni burg’ilash jarayonida kern olish va uni o’rganish. Burg’ilanayotgan jinslarning tavsifi va ularning joylashish ketma-ketligi to’g’risidagi dalillarni jins namunalarini quduq kesimi bo’ylab to’liq olingandagina to’plash mumkin. Lekin, kesim bo’ylab jins namunalarini yalpi olish iqtisodiy jihatdan o’zini oqlamaydi, shu sababli bu usuldan ayrim hollardagina maxsus qaziladigan quduqlarda foydalaniladi.
Quduqlardan jins namunalarini olish kolonkali doloto yordamida amalga oshiriladi. Bunday dolotalar quduq tubini halqasimon shaklda o’yib ichkarilab boradi, natijada halqa ichida tsilindr shaklida butun jins kesimi - kern qoladi. Geologik-texnik naryadda ko’rsatilgan intervaldan kernni olib, yer yuzasiga chiqarishdan avval burg’ilash svechalarining uzunligi o’lchanib, kern olinadigan chuqurlik yana bir marotaba tekshirib ko’riladi. Burg’ilash uskunalarining aniqlangan uzunligi geologik jurnalga yozib qo’yiladi. So’ng quduqqa kolonkali doloto tushirilib, u bilan kern burg’ilanadi, kern diametri kolonkali dolotaning ichki diametriga teng keladi. Kern - jins namunalarini to’la chiqarish va uning butunligini saqlash uchun burg’ilash rejimiga rioya qilish zarur.
Ichida kern bor namunaolgich yoki doloto quduqdan juda sekin ko’tariladi. Doloto yoki namunaolgich mustahkamlash quvurlari boshmog’iga yaqinlashganda ko’tarish tezligi yanada pasaytiriladi. Kernni chiqarib olish uchun dastlab kernuzatgich burab olinadi, keyin namunaolgichning yuqori qismi asta ko’tariladi, shunda kern bemalol ajraladi.
Agar kern namunaolgichning kern saqlovchi quvurida siqilib qolgan bo’lsa, u vaqtda namunaolgichning drenaj klapanli yuqori qismi burab olinadi va kern gidravlik yoki vintli press yordamida itarib chiqariladi. Namunaolgich va kernni biror jism bilan urib chiqarish mumkin emas. Kern chiqarishda geologiya xizmati vakili qatnashishi lozim. Olingan kern gil eritmasidan tozalanadi va maxsus yashikka solinadi. YAshikka taxlash chapdan o’ngga qarab, quduq chuqurligi bo’yicha, tartib bilan amalga oshiriladi. Kern sinib bo’linib ketgan bo’lsa, bo’linish tekisligi bo’yicha ulanadi. Kernning sinib ketgan mayda bo’lakchalari qopga solinadi yoki qalin qog’ozga o’raladi, so’ng kern kabi chuqurlik bo’yicha joylanadi. YAshikka taxlangan kern ikki nusxada yozilgan yorliq (etiketka) bilan hujjatlashtiriladi, ularning har biri qalin qog’ozga o’ralib, birinchi nusxasi taxlangan kernning bosh qismiga, ikkinchi nusxasi kern tugagan joyga qo’yiladi. Yorliq quyidagi shaklda tuziladi:

  • Geologik-qidiruv partiyasining, burg’ilash korxonasining no-mi. . . . .

  • Quduq burg’ilanayotgan maydon nomi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

  • Quduq №. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

  • Quduqning qazilgan oralig’i . . . m dan ___ m gacha. . . . . . . . . . . . – Kernni chiqqan uzunligi. . . . . . . . . . . . . m . . . . . . . . . . . . . . . . . .% – Namuna № . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . – Kern olingan muddat . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  Ochilgan jinslarning qisqacha litologik tavsifi. . . . . . . . . . . .

Yorliq oddiy qora qalamda to’ldiriladi. Agar belgilangan intervaldan kern olishning iloji bo’lmasa yashikka yorliq qo’yilib, kern olinmaganligining sababi yoziladi. Yashikka kern taxlangandan so’ng qopqog’i yopiladi. Uning har ikkala yoniga quduq raqami, kern olingan interval chuqurligi yoziladi, strelka bilan kernning taxlash yo’nalishi ko’rsatiladi. So’ngra yashik kern o’rganiladigan geologiya bo’limiga yuboriladi.
Kern olishda turli tipdagi kolonkali snaryadlardan foydalaniladi. Tarkibida
qattiq, suyuq va gazsimon foydali qazilmalar bo’lgan jinslarni burg’ilashda, odatda bir boshli kolonkali snaryad ishlatiladi. Bunday snaryadlar ishlatilishining samaradorligi asosan jinsni maydalaydigan uskunaning turiga bog’liq. Odatda qattiq foydali qazilmalarni burg’ilashda O’zbekiston Respublikasida qattiq qotishmali, pitra (drob)li va olmosli koronkalar hamda kolonkali sharoshkali dolotolardan foydalaniladi. Chaqiq va yumshoq jinslarni burg’ilashda esa tishli va qirrali koronkalar ishlatiladi.
Hozirgi davrda ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan dolotolar konstruktsiyasi va burg’ilash texnologiyasi kernni 100% olish imkonini bermaydi. Burg’ilanayotgan jinslarning litologik tarkibiga va burg’ilash texnologiyasiga bog’liq holda kolonkali dolotolar yordamida 40-90% kern olish mumkin. Amaliyotda esa kern faqat 3040%gina chiqarib olinadi. Chaqiq terrigen jinslardan, ayniqsa mahsuldor qumtoshlardan kern chiqishi 5-10%ga tushib qoladi, ba’zan qattiq gil va karbonat jinslarda 60-80%ga etadi.
Burg’ilash oddiy dolotolarda olib borilganda kern juda kam chiqadi, bunday hollarda quduq devoridan yonlama namunaolgich yordamida jins namunalari olinadi.
Yonlama namunaolgich bilan quduq kesimining xohlagan chuqurligidan namuna olish mumkin. Lekin, olingan namunaning o’lchami juda kichik (uzunligi 70 mm, diametri - 30 mm) bo’lganligidan kolonkali doloto bilan olinadigan kern o’rnini bosa olmaydi va o’rganilayotgan qatlam jinslari to’g’risida to’liq ma’lumot bermaydi. Jinslarning neft-gazga to’yinganlik ehtimoli geofizik metodlar yordamida aniqlansa, kesimning ushbu intervallarini yanada mufassalroq o’rganish zarur bo’ladi. Buning uchun burg’ilash tugagandan so’ng quduq devoridan jins namunalari olinadi. Ba’zan grunt namunalari burg’ilash jarayonida hamda quduqda kon-geofizikasi yoki boshqa ko’rinishdagi tadqiqotlar o’tkazilganda ham olinadi.
Hozirgi vaqtda amaliyotda otuvchi yonlama namunaolgichlardan keng foydalanilmoqda. Namuna nihoyatda tez olinishi bilan birga u ko’pincha bo’laklarga bo’linib yoki maydalanib, kukun holiga kelib qolishi yoki o’lchami juda kichik bo’lishi mumkin. Bunday namunaolgichlar qo’llanganda kern chiqishi 50%ga etadi.
Yumshoq (qum-gilli) jinslardan kern chiqishi 100%ga etishi va o’z navbatida qattiq
(zich qumtosh, zich ohaktosh, angidrit va b.) jinslardan namunani umuman olib bo’lmasligi mumkin. Shuningdek, parmalovchi yonlama namunaolgichli snaryadlar ham ishlab chiqarilgan.
Kern olinadigan intervallarni tanlash asosan o’rganilayotgan geologik muammoning mazmuniga bog’liq. Burg’ilanadigan quduqlar vazifasiga ko’ra tayanch, parametrik, izlash, razvedka, baholash va ishlatish quduqlariga bo’linadi.
Tayanch quduqlari chuqur quduqlar bilan izlanishlar olib borilmagan
maydonlarda qaziladi. Ushbu quduqlardan olingan ma’lumotlar asosida yirik struktura elementlarining geologik tuzilishi va gidrogeologik sharoiti, neft va gaz to’planishiga qulay bo’lgan tog’ jinslari yotqiziqlari majmuasining tarqalish qonuniyatlari, neft va gaz konlarini topish uchun bajariladigan geologik-qidiruv ishlarining istiqbolli yo’nalishlarini tanlash mumkin bo’ladi. Tayanch quduqlari devoridan kern uzluksiz olinadi.
Parametrik quduqlar katta chuqurlikdagi jinslarning geologik tuzilishini o’rganish, neft-gaz to’planishi mumkin bo’lgan rayonlar va istiqbolli uchastkalarni aniqlash uchun burg’ilanadi. Bunday quduqlardan kern kesimning belgilangan qismidan bir me’yorda olinadi, shuningdek, geologik tuzilishi va litologik tarkibi keskin farqlanadigan intervallardan ham olinadi.
Geologiyasi kam o’rganilgan, neft-gazliligi sanoat miqyosida aniqlanmagan yangi maydonlarda qaziladigan birinchi izlash quduqlaridan kern qatlamni qalinligidan 3,5%i olinadi, ikkinchi va uchinchi izlash quduqlarida ham shunday bo’ladi. Kern asosan aniq bir stratigrafik va litologik chegaralangan yoki istiqbolli va sanoat miqyosida neft-gazli intervallardan olinadi. Keyinchalik burg’ilanadigan izlash va razvedka quduqlaridan kern faqat neft-gazli gorizontlardangina olinadi.
Neft-gazli rayonlardagi yangi maydonlarda qaziladigan ikkinchi va uchinchi izlash quduqlaridan kern belgili va mahsuldor gorizontlardan, keyinchalik qaziladigan izlash va razvedka quduqlarida esa faqat mahsuldor gorizontlardan olish tavsiya etiladi.
Ishlatish boshlanayotgan yangi uyumlarda va uzoq muddat beri ishlanayotgan neft konlarida jinslarning qay darajada neftga to’yinganligini aniqlash va qoldiq zaxiralarni baholash maqsadida baholash quduqlari qaziladi. Bunday quduqlarda mahsuldor qatlamning qalinligi bo’yicha 12,5% uzluksiz kern olinadi.
Ishlatish quduqlaridan odatda kern olinmaydi. Faqat hamma burg’ilanayotgan quduqlarning 10%dan neft va gazli qatlamlar ochilganda mahsuldor jinslarning kollektorlik xususiyatlarini o’rganish maqsadida kolonkali doloto yordamida kern olinadi.
Shuningdek, haydash quduqlari burg’ilanganda mahsuldor gorizontlarning qalinligi bo’yicha kern olinadi. Qatlamning kollektorlik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar haydash quduqlarini o’zlashtirish, parametrlarini aniqlash va suv bostirish jarayonini boshqarishda yordam beradi.
Quduqlardan olingan kernning bir qismi laboratoriyalarga o’rganish va tahlil qilish uchun yuboriladi, qolgan qismi kern omboriga saqlab quyish uchun topshiriladi. Kern ombori hamma burg’ilash korxonalarida tashkil qilinib, u yerda kern qidiruv ishlari tugaguncha saqlanadi, so’ngra markaziy kern omboriga o’tkaziladi.
Kern omborida kern solingan yashiklar bilan maxsus yasalgan so’ri (tokcha)lar ustiga taxlanadi, yashikka yopishtirilgan yorliqda konning nomi, quduq va uchastka nomeri, namuna olingan interval va stratigrafik gorizont chuqurligi, namuna olingan muddat, chiqarib olingan kern uzunligi va uni olish usuli ko’rsatiladi.
Tayanch va parametrik quduqlardan olingan kern omborda doimo saqlanadi. Umumlashtirilgan yoki etalon(namuna) kesimni tuzishda foydalanilgan kern va shlam namunalari ham doimo saqlanadi. Izlash va razvedka quduqlaridan olingan kern kon zaxirasi Davlat Zaxira komissiyasi tasdig’idan o’tgunga qadar saqlanadi.
Juda ko’p (10 va undan ko’p) burg’ilangan quduqlardan olingan kernni saqlash maqsadga muvofiq emas. Shu sababli ochilgan jins yotqiziqlarini to’la ifodalay oladigan biron-bir quduq kerni etalon (namuna) sifatida olinib, doimo saqlashga topshiriladi, qolganlari esa tashlab yuboriladi. Agar bir quduqdan olingan kern etalon sifatida qoldirishga yaramasa, u holda bir necha quduqlardan kern olib, turli yashiklarga taxlab saqlab qo’yiladi.
Kesimning etalon namunalaridan tashqari quyidagi namunalar olinadi va saqlab qo’yiladi: 1) tayanch (belgili) gorizontlardan olingan namunalar; 2) ayrim stratigrafik majmualar tutash yuzalarini tavsiflovchi namunalar; 3) tektonik buzilishlar va transgressiv nomuvofiqlik zonalaridan olingan namunalar; 4) fauna (jonzotlar qoldig’i) bor jinslarning namunalari; 5) neftlilik belgilari bo’lgan jins namunalari; 6) yuqori va o’ta yuqori radioaktivlikka ega bo’lgan jins namunalari; 7) etalon kesimda qayd qilinmagan fatsiyali biron-bir gorizontni ochgan quduqdan olingan kern va sh.k. Saqlanadigan namunalarning uzunligi 0,15-0,20 m dan kam bo’lmasligi kerak. YAngi kern materiali hamda shlam ko’paysa, ular kesimni yanada to’liqroq ifodalay olsa, u holda dastlab olingan namunalar yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Olingan kernlarni yo’q qilish masalasi burg’ilash ishlarini bajaruvchi tashkilotning ilmiy-texnik kengashi qaroriga asosan hal qilinadi va yuqori tashkilotning geologiya bo’limi yoki bosh geologi tomonidan tasdiqlanadi. Har bir quduq bo’yicha kernning yo’q qilinishi maxsus dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va quduqning geologik hujjati jurnaliga tikib qo’yiladi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

Download 11,69 Mb.