• Jinslarning strukturaviy xususiyatlari va joylashish sharoitlari.
  • -rasm. Quduq tanasining qiyshayishi




    Download 11,69 Mb.
    bet23/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    4.1-rasm. Quduq tanasining qiyshayishi (M.A.Jdanov, 1981):
    a – qatlarning yuqoriga ko’tarilishi bo’yisha (); b – qatlarning pasayishi bo’yisha ();  - quduqning qiyshayish burshagi;  - jinslarning haqiqiy yotish burshagi;  - jinslarning kerndagi yotish burshagi
    Jinslarning strukturaviy xususiyatlari va joylashish sharoitlari. Katta chuqurlikdagi tog’ jinslarining yotish holati kerndagi jinslarining yotish burchagini o’lchash va namunaning strukturaviy xususiyatini o’rganish orqali aniqlanadi. Kerndagi jinslarning yotish burchagi tog’ kompasi bilan o’lchanadi, buning uchun jins qatlanish tekisligi bo’yicha sindiriladi. Yotish burchagini o’lchashda kern vertikal holda ushlanadi. Agar jinsni sindirib bo’lmasa yotish burchagi turli tarkibli jinslarning qatlanishi bo’yicha o’lchanadi.
    Kaltsit, gips va shu kabi jinslarning brekchiyasimon tuzilishi, ularda sirg’alish yuzasi hamda tomir va yertomirchalarning bo’lishi jinslarning mo’’tadil yotishini tektonik harakatlar ta’sirida buzilishidan darak beradi. SHunga ko’ra kesimning kichik bir oralig’ida jinslarning yotish burchagi tez o’zgaruvchan bo’ladi.
    Tektonik buzilishlar zonasida quduq qazilayotganda burg’ilash eritmasining yutilishi, o’z navbatida eritma aylanishining buzilishi va yo’qolishi hamda quduq devorida ag’darilishlar sodir bo’lishi kuzatiladi.
    Jinslarning yotish sharoitini o’rganishda quduq tanasining qiyshayishini hisobga olish zarur. Masalan, qatlamning yuqoriga ko’tarilish yo’nalishi bo’yicha qiyshaygan quduqdan olingan kernda o’lchangan yotish burchagi haqiqiysidan doimo kam bo’ladi (4.1-rasm, a). Bunday hollarda jinslarning haqiqiy yotish burchagi () qiymati kernda o’lchangan yotish burchagi () plyus quduqning qiyshayish burchagi
    () yig’indisiga teng bo’ladi. Agar quduq qatlamlarning pasayishi bo’yicha qiyshaygan bo’lsa, kernda o’lchangan yotish burchagi qiymati haqiqiysidan quduqning qiyshayish burchagi qiymatiga katta bo’ladi (4.1-rasm, b).
    Lekin, juda qiya yotuvchi qatlamlarda yuqorida qayd qilingan qonuniyat kuzatilmasligi mumkin. Bunday hollarda kerndagi jinslarning o’lchangan yotish burchagi qiymati qatlam usti bilan quduq tanasi yo’nalishining tutashgan joyidagi burchak qiymatiga bog’liq bo’ladi.
    Kernni o’rganish natijalari jinslarni tavsiflash jurnaliga quyidagi tartibda yoziladi: a) asosiy jinslar tavsifi - gil, qum, qumtosh, ohaktosh va sh.k.; b) interval jinslar tavsifi - qumli gil, gilli qum, dolomitlashgan ohaktosh va sh.k.; v) turli tarkibli jinslar tavsifi - gil bilan qatlangan qum, qumtosh bilan qatlangan gil va sh.k.
    Kernni shu tartibda tavsiflash bilan bir qatorda jinslarning rangi, strukturasi, qattiqligi, zichligi va sh.k. belgilari mufassal yoziladi. Masalan, qum ― kulrang, mayda zarrali, gilli, glaukonit zarralariga boy; qumtosh ― to’q kulrang, o’rtacha zarrali, ohakli, qo’ng’ir rangli, yupqa gil qatlari bilan qavatlangan va sh.k.
    Kern tavsifi to’liq, mukammal va metodik jihatdan standartga muvofiq kelishi lozim, bu o’z navbatida kesim (litologik kolonka) hamda jinslarning shartli belgilarini tuzish, quduqlar kesimini solishtirish va ulardan foydalanishni engillashtiradi.
    Quduq kesimini o’rganishda qo’shimcha yoki yordamchi metodlardan ham foydalanish mumkin. Bunday hollarda olingan natijalarning ishonchliligi va standartga qanchalik javob bera olishi tekshiriladi. Bunday metodlardan foydalanish quduqdan kern olinmaganda, bajarilgan geofizik tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar etarli bo’lmaganda katta ahamiyatga ega.

    Download 11,69 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Quduq tanasining qiyshayishi

    Download 11,69 Mb.