|
5-amaliy mashg`ulot. Quduqlarni joriy ta’mirlashda bajariladigan ishlar turlarini o‘rganish
|
Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 52,5 Kb. | | #109271 |
Bog'liq 5-amaliy mashg`ulot
5-amaliy mashg`ulot. Quduqlarni joriy ta’mirlashda bajariladigan ishlar turlarini o‘rganish.
1.1. Ta’mirlash ishlarining turi
Quduq ichi jihozlarini har xil nosozliklardan tuzatish, geologik – texnik tadbirlar, quduq tubi mahsuldor qatlamda о‘tkaziladigan ishlarga yer osti ta’mirlash ashlari deyiladi.
Yer osti ta’mirlash ishlari ishlarning murakkabligiga bog‘liq holda, joriy va kapital ta’mirga bо‘linadi.
Quduqning yer osti joriy ta’mirlash ishlariga quyidagilar mansubdir.
1) nasos shtangasini uzilgan va buralgan joylarini ta’mirlash;
2) nasos kompressor quvurlarini yoki shlangini almashtirish;
3) chuqurlik nasoslarini almashtirish;
4) nasos jihozlarini osilish chuqurligini о‘zgartirish (ETSN, SHGN);
5) elektrdvigatelni almashtirish;
6) kabelni almashtirish;
7) qumli yakorni almashtirish;
8) quduqni qum tiqinlari va parafindan tozalash;
9) nasos-kompressor quvurlarini devorlaridagi tuzlarni va parafinni tozalash;
10) quduqda tadqiqot ishlarini olib borish uchun nasos jihozlarini tushirish va kо‘tarish;
11) favvora quduqlarida sinib ketgan qirg‘ichlarni, chuqurlik manometrlarini, chuqurlik harorat о‘lchagichlarini tozalash uchun NKQ-ni kо‘tarish.
Bunday ishlar maxsus brigada yordamida amalga oshiriladi, brigada esa yer osti ta’miri uchun ikki va uch smenada ishlaydi.
Quduq ustunida murakkab operatsiyalarni bajarish bilan bog‘liq bо‘lgan ishlarga kapital ta’mirlash deyiladi.
1) avariyani bartaraf etish bilan bog‘liq bо‘lgan (quvurni uchib ketishiga, shtang, nasoslarni, MQEN, quvurni parafinsizlashtirish);
2) bekitish ishlariga bog‘liq bо‘lgan ishlar;
3) ishlatish tizmasining shikastlangan joyini tuzatish;
4) quduqni bir obyektdan ikkinchi obyektga ishlatish uchun о‘tkazish;
5) gidravlik yorish, teshikli yuksizlantirish, quduq tubi zonasini oksidlash, kislotali ishlov va boshqa;
6) ishlatish tizmasini frezerlash (metallar tushib ketganda, qistirmada);
7) kabellarni ta’mirlash;
8) sement stakanlarini burg‘ilash.
Yer osti va kapital ta’mirlash ishlarida A-40, A-50 va transport vositalaridan, asboblaridan, mexanizatsiya vositalaridan (ASHK, APR kalitlari), har xil tutqichlar va boshqa jihozlar va maxsus asboblardan foydalaniladi.
Quduqlarning ta’mirlash ishlariga quyidagi tartibda tayyorlanadi.
1) quduq usti begona narsalardan tozalanadi;
2) quduq yuviladi, kо‘tarish agregati uchun maydoncha tayyorlanadi.
3) quduqqa kerakli jihozlar keltiriladi (quvurlar, shlanglar, nasoslar, kabel aralashmalar, sementlar va boshqalar).
Quduqdagi jihozlarni kо‘tarish uchun yuk kо‘tarish qobiliyati 16 tonnalik agregat tanlanadi. Bu agregat bilan 1500 metr chuqurlikdagi quduqlarni ta’mirlash mumkin.
Bu agregatdan burg‘ilash jarayonida sementlash, kapital ta’mirlashda, sement kо‘priklarini burg‘ilash, har xil geologik – texnik tadbirlarni о‘tkazishda, neft’-gaz quduqlarida yuvish va haydash ishlarini amalga oshirishda, nasosli sementlash va haydash ishlarini harakatlanuvchi agregatlarni qо‘llash mumkin.
Agregat tarkibiga quyidagilar kiradi:
montaj bazasi;
yuqori bosimli nasoslar;
manifold;
suv tushuruvchi blok.
Manifold:
о‘lchov bakining hajmi – 6m3;
suv nasosining va sementlash agregatining qabul tizimidagi shartli diametri – 100mm, haydovchi tizimni sementlash va suv nasoslari – 50mm;
sement aralashmasini sig‘imi – 0,250m3.
Suv uzatish bloki:
Dvigayel ZMZ – 511 (GAZ-53).
Dvigatel valining aylanish chastotasi.
maksimal 3200 ay/min;
ishchi 2500-2950 ay/min;
Quvvati – 92 kvt.
Quduqlarning yer osti va kapital ta’mirlashda trubina va shtangali elevatorlar qо‘llaniladi: quvurli va shtangali kalitlar.
Yer osti va kapital ta’mirlash ishlarini quduqda amalga oshirishda, ishchilarning ishini yengillashtirish uchun quvurlarni, yо‘naltiruvchi karnaylarni tashishda har xil lotkalardan foydalaniladi.
Quduqlardagi eng murakkab ishlar bu – kapital ta’mirlashdir. Kon sharoitida kapital ta’mirlash brigadasi quduq tubiga bostirib kirgan suvlarni yoki begona suvlarni bartaraf etishni amalga oshiradi. Bunday ishlar ta’mirlash bekitish ishlari deyiladi. Quduqqa yorib kirgan suvlarni bekitish uchun quduqqa bosim bilan sement aralashma haydaladi.
|
| |