• Shlamni o’rganish.
  • Belgili qatlamlarni, shlamni o’rganish va jinslarning granulometrik tahlili




    Download 11,69 Mb.
    bet24/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    4.3.2. Belgili qatlamlarni, shlamni o’rganish va jinslarning granulometrik tahlili


    Belgili qatlamlarni o’rganish. Neft konlari kesimida ko’pincha belgili qatlamlar uchraydi, burg’ilash chog’ida ularning joylashishini aniqlash geologneftchining quduq kesimini kuzatib borishini osonlashtiradi. Masalan, Baku rayonida akchagil yarusining pastki qismida vulkan kullari qati, G’arbiy Ukrainadagi konlarda miotsen davri yotqiziqlarining tagida tuffit jinslari qati, Starogroznensk rayonida quyi sarmat yarusidagi mergellar qati, O’zbekistonning Farg’ona neft-gaz regionida paleogen davrining Turkiston qati ohaktoshlari, Surxondaryo neft-gaz regionida paleogen davrining Buxoro qati ohaktoshlari, Buxoro-Xiva neft-gaz regionida o’rta yura davrining terrigen yotqiziqlari, Ustyurt neft-gaz regionida yuqori yura davrining karbonat jinslari qati va boshqalar belgili gorizont hisoblanadi.
    Belgili qatlamlarning joylashish o’rnini aniqlash mahalliy ahamiyatga ega, lekin ayrim hollarda regional ahamiyat kasb etishi ham mumkin (masalan,
    O’zbekistonning platforma va orogen qismlaridagi neft-gazli regionalarini o’rganishda).
    Quduqlarni burg’ilash jarayonida olingan kern bo’yicha (yoki karotaj diagrammasini izohlashda) belgili (qaytaruvchi) gorizont aniqlanishi zarur. Uning quduq kesimidagi o’rnini aniqlash orqali kesimni to’laligicha yoki ayrim intervallarini tasavvur etish va ayrim gorizontlarning o’rnini belgilash mumkin bo’ladi. Qayd qilingan metoddan foydalanish quduq kesimini o’rganishda katta yordam beradi.
    Shlamni o’rganish. Aylanma burg’ilashda maydalanayotgan jins zarralari va parchalari (shlam) gil eritma oqimi yordamida yer yuzasiga chiqariladi. Ushbu zarralar va parchalarni o’rganish orqali burg’ilanayotgan jinslar xususiyatini aniqlash mumkin. SHu sababli bunday «parchalar metodi» 1931 yildan amaliyotda qo’llanila boshladi.
    Shlam olinadigan intervallar quduq kesimini o’rganish darajasiga qarab belgilanadi. Kesimni mufassal o’rganish lozim bo’lganda kern uzluksiz olinadigan intervallardan shlam namunalari har 5 m intervaldan, kern olinmaydigan intervallardan esa shlam har 1-2 m dan olinadi. Shlamni olishda maxsus yashik tayyorlanib, uning yuqorisiga diametri 1 mm dan 10 mm gacha bo’lgan elaklar o’rnatiladi. Quduqdan chiqayotgan gil eritma yashik orqali o’tkaziladi. SHlam olish jarayonida elaklar teshigini yopilib qolishdan asrash uchun burg’ilash eritmasiga suv qo’shiladi. Shlam olish uchun yashik orqali 50 l burg’ilash eritmasi o’tkaziladi. Elaklar ustida qolgan jins zarralari va parchalari suv bilan yuvib tozalanadi,
    quritiladi, qog’oz xalta yoki probirkaga solinadi, yorliq yopishtiriladi.

    Download 11,69 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Belgili qatlamlarni, shlamni o’rganish va jinslarning granulometrik tahlili

    Download 11,69 Mb.