|
Yilda tashkil etilgan Turkiston viloyati qaysi hudud tarkibiga kiritilgan edi?
|
Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 204,5 Kb. | | #159241 |
Bog'liq tarix test
1. 1865-yilda tashkil etilgan Turkiston viloyati qaysi hudud tarkibiga kiritilgan edi?
A) Turkiston general- gubernatorligi B) Sirdaryo viloyati C) Rossiya imperiyasi D) Orenburg general- gubernatorligi
2. Turkistonning qaysi o‘lkasida istiqlolchilik harakati avj olgan?
A) Xorazm viloyati B) Farg‘ona vodiysi C) Jizzax viloyati D) Samarqand viloyati
3.Rasmda tasvirlangan buyuk o‘zbek yozuvchi qalamiga mansub asarlarni aniqlang.
A) «Saylovlar», «Yer o‘lchashlar» B) «Juvonboz», «Baxtsiz kuyov»
C) «Padarkush», «То‘у» D) «Musaffolik bog‘i», «Tarix gulshani»
4. 1922-yilda SSSR tarkibiga kirgan davlatlar:
1) Rossiya; 2) o’zbekiston; 3) Ukraina; 4) Moldaviya; 5) Kavkazorti; 6) Litva; 7) Belorussiya.
A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 4, 7 D) 1, 3, 4, 6
5. O’zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining ayrimlariga to‘la jihozlangan uylar, Haj ziyoratiga bepul borish va navbatsiz avtomobil sotib olish imtiyozlari berilgan yilni aniqlang. A) 2017-yil B) 2016-yil C) 2015-yil D) 2018-yil
6. 2011-yilda Qozog'istonda ... namoyishlari bo'lib o‘tgan.
A) «Neftchilarning» B) «Tibbiyot xodimlarining» C) «O’qituvchilarning» D) «Ishchilarning»
7. O’zbekistonda “Sihat- salomatlik yili” (1), “Ijtimoiy himoya yili” (2) deb e’lon qilingan yillarni aniqlang.
a) 2006-yil; b) 2005-yil; c) 2007-yil; d) 2008-yil.
A) 1-d, 2-b B) 1-c, 2-a C) 1-b, 2-c D) 1-a, 2-d
8. Germaniyada Veymar Respublikasi boshqaruvi tugatilgan yilni belgilang. A) 1939-yil B) 1923-yil C) 1934-yilD) 1945-yil
9. XIX asr o‘rtalarida Xiva xonligining aholisi sonini aniqlang.
A) 2 mln kishi atrofida B) 1 mln 30 ming kishi C) 800 ming kishi D) 1 mln kishi
10. O’zbekiston Respublikasida 14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni» qachon e’lon qilingim?
A) 1992-yil B) 1993-yil C) 1990-yil D) 1991-yil
11. Shengen shahri qaysi mamlakatda joylashgan? A) Fransiya B) Shveytsariya C) Avstriya D) Lyuksemburg
12. Tashqi siyosatda 1932-yili Millatlar Ligasiga a’zo bo‘lgan hamda barcha davlatlar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishga harakat qilgan davlatni aniqlang. A) Eron B) Hindiston C) Turkiya D) Misr
13. O’zbekiston Respublikasida qaysi partiya ijtimoiy masalalarini hal etishni o‘z maqsadi deb biladi?
A) «O’zXDP» B) «Adolat» C) «O’zLiDep» D) «Milliy tiklanish»
14. 1941-yil oktabrda barpo etilgan zavod O’zSSRga qayerdan ko‘chirilib keltirilgan edi?
A) Moskva viloyati Ximki shahridan B) Ukrainadagi Kiyevdan C) Rostov o‘lkasidan D) Chelyabinskdan
15. Tarixiy sanalar va voqealarni to‘g‘ri taqqoslang.
1) 1918-yilning marti; 2) 1918-1921-yillar; 3) 1922 уilning 30-dekabri; 4) 1933-yil;
a) Brest-Litovsk shahrida SSSR va Germaniya o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzilishi; b) «harbiy kommunizm» siyosati;
c) Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan Sovet Ittifoqining tan olinishi; d) SSSRning tashkil topilishi.
A) 1-d, 2-a; 3-c, 4-b B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c
16. 1990-yilda Suriyada iqtisodiy inqirozning sababi nima?
A) harbiy muammolar B) qurg‘oqchilik C) qo‘shni Iroqdagi urush D) tashqi investitsiyalarning yo‘qligi
17. Ushbu sanalarni va tarixiy voqealarni to‘g‘ri taqqoslang. 1) 1997-yil; 2) 2006-yil; 3) 2007-yil; 4) 2009-yil.
a) Toshkentning 2200-yilligi; b) Xiva va Buxoroning 2500-yilligi; c) Qarshi shahrining 2700-yilligi; d) Marg‘ilonning 2000-yilligi. A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a C) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b D) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b
18. 2017-yilda o’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan nechta odam avf etilgan?
A) 4100 kishi B) 3650 kishi C) 2700 kishi D) 1850 kishi
19. Misr nechanchi yilda okkupatsiya bo‘lgan? A) 1881-yil B) 1882-yil C) 1883-yil D) 1884-yil
20. Jadidlar o‘z faoliyati boshida qanday maqsad qo‘ygan ?
A) rus mustamlakachilarga qarshi qurolli qozg‘olon B) madaniy-ma’rifiy ishlar
C) ishchilar o‘rasida marksizm g'oyalarini tarqatish D) barcha javoblar to‘g‘ri
21. XX asrning 50-yillarida ochilgan Jarqo‘rg‘on, Qorovulbozor, Sariqtoshlardan nima qazib olingan?
A) oltin B) temir C) gaz D) neft
22. Qanday kishilar Qadimgi Misrda yuksak saviyadagi ma’lumotli va savodxon hisoblangan?
A) o‘qishni o‘zlashtirgan kishilar B) fir’avnlar C) hunarmandlar D) harbiylar
23. Mashhur haykaltarosh Fidiy ijodi namunalarini ko‘rsating.
1) Akropol; 2) Disk uloqtiruvchi haykali; 3) Labirint saroyi; 4) Zevs haykali. A) 1, 4 В) 1, 2 C) 3, 4 D) 2, 3
24. Eronda hukmronlik qilgan Safaviylar sulolasining oxirgi vakilini belgilang.
A) Sulton Nodir B) Sulton Ismoil C) SultonTaxmasp II D) Sulton Husayn
25. Quyidagi qaysi shaharda joylashgan qasrdagi saroydan 20 dan ortiq bo'yalgan loy haykallarning zallardan biridagi tokchalarda devor bo'ylab o‘rnatilganligi haqida ma’lumotlar mavjud? A) Qang‘ B) Oybo‘yirqal’a C) Tuproqqal’aD) Jonbosqal’a
26. Sharqiy Rim imperiyasi qanday nomlangan? A) Vizantiya B) Bolgariya C) Xorvatiya D) Yugoslaviya
27. Prezidentning 2017-yil 27-martdagi qaroriga muvofiq, qaysi shaharda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil qilindi ? A) Toshkent B) Samarqand C) Buxoro D) Qo‘qon
28. 1899-yilda Xey doktrinasi qaysi davlat tomonidan e’lon qilingan ?
A) Fransiya B) Buyuk Britaniya C) Germaniya D) AQSh
29. Metropoliya degani nima?
A) mustamlaka bo‘lgan mamlakat B) yarim mustamlaka mamlakat C) mustaqil davlat D) mustamlakalarga ega davlat
30. Qaysi javobda quyidagi tarixiy shaxslarni kim bo‘lganligi to‘g‘ri belgilangan?
1) Romul; 2) Attila; 3) Alarix; 4) Pontiy Pilat; 5) Ioann;
a) Italiyaga bostirib kirgan xunnlar sardori; b) Falastindagi Rim noibi; c) so'nggi Rim imperatori; d) Rimga bostirib kirgan got qabilalari boshlig‘i; e) cho‘qintiruvchi voiz.
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e B) 1-b, 2-c, 3-a, 4-e, 5-d C) 1-d, 2-e, 3-b, 4-a, 5-c D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b, 5-e
|
| |