|
Dronlar to’g’risida qiziqarli faktlar
|
Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 31,11 Kb. | | #151875 |
Bog'liq Dronlar to’g’risida qiziqarli faktlar
Dronlar to’g’risida qiziqarli faktlar
Dron, ya’ni kvadrokopterlar to’g’risidagi qiziqarli faktlar hozirgi paytda juda o’rinli: kichgina uchar apparatlar bugungi kunda butun dunyoni zabt etib bo’ldi va deyarli hamma tomonidan foydalanilishi mumkin –qush parvozi balandligidan videosuratga olish uchun oddiy fuqarolar tomonidan ham, topshiriq bajarilishini osonlashtirish uchun maxsus xizmat xodimlari tomonidan ham.
Kvadrokoter – smartfon kabi oddiy o’yinchoq emas. Agar uning og’irligi 250 grammdan og’irroq bo’lsa davlat ro’yxatidan o’tish kerak bo’lgan uchuvichisiz uchish apparati. Kvadrokopterni boshqaruvchi odam havo kemasining sardori hisoblanadi.
2016 yilning may oyida Rossiyada dronlar poygasi bo’lib o’tdi. Bu musobaqada FPV boshqaruv tiizimi orqali boshqariladigan dronining istagan egalari qatnashishi mumkin bo’lgan.
Rossiyada Half-life interaktiv kompyuter o’yinidagi droni ishlab chiqilgan. Ishlab chiqarishda bir ishqiboz qatnashgan, dronni dastlabki sinov parvozini YouTubeda topish mumkin.Oddiy dronni o’yin koinotidagi moslamaga aylantirish uchun bir necha oyga teng vaqt kerak bo’lgan. Bu dron o’yindagidek g’uvillaydi, uning bortida esa chaqmoqlar sodir bo’lib turadi.
“Sibir olovi” festivalida noodatiy konkurs tashkil etilgan. Unda nayzalarni va kamon o’qlarini dronga otish kerak bo’lgan! Konkurs g’oyasi Lipetskdagi festivaldan olingan, chunki u yerda qatnashchilarning biri moslamani o’z kostyumining to’plamiga kirgan nayza bilan urib tushirgan.
Djon Xopkins universitetida muxandislar shunday kvadrokopterni yaratdilarki, u suv ostida bir necha metr chuqurlikda ko’p oylar davomida saqlanib turish mumkin, suvdan chiqish buyruqli unga jo’natilgan buyruqli signalidan keiyn esa u suvdan chiqib parvoz qiladi va o’z vazifasini bajaradi. Bu moslamani yig’ish uchun xatto 3 3D-printer ham ishlatilgan. Barcha ehtiyot qismlar korroziyaga qarshi aralashma bilan qoplangan.
Florida universtitetida dronlarni fikrlash kuchi bilan boshqari bo’yicha musobaqalar bo’lib o’tdi. Miyaning faolligini hisoblash uchun qatnashchilarning badanlariga qatirilgan maxsus datchiklardan foydalanilgan.
Syurix universitetida o’rmonda adashib qolgan odamlarni topa oladigan dronlar ishlab chiqarildi. U skanner yordamida o’rmonni tadqiq qilib inson qoldirgan izlarni topa oladi. Bu moslama neyron tarmoqlar asosida vujudga kelgan sun’iy intellekt asosida yaratilgan. Kvadrokopterda ikkita kamera o’rnatilgan. Ular tufayli dron daraxtlar bilan to’qnashib ketishdan o’zini saqlaydi.
Geografik muhitni tadqiq qilayotgan paytda atrof muhitga zazar yetkazmaydigan kvadrokopter ham ishlab chiqilgan. Bu biologik jihatdan chirib yo’q bo’lib ketadigan apparat. Uning korpusi mitselliydan tayyorlanadi, sellyuloza hamda qog’oz arisining so’lagidan olinadigan oqsil bilan qoplanadi.
Skycatch kvadrokopterlari qurilishda ishlatiladi. Ular qurilish mo’ljallanayotgan hududni tahlil qiladi va uni suratga tushiradi. Shundan so’ng ushbu suratlar tasvirlar 3D-xaritalarga aylantiriladi. Keyin shu xaritalar asosida muxandislar ishlaydi. Qurilishda mashinalarni haydovchilar emas operatorlar boshqaradi. Buniing hisobiga haydovchilarga to’lanadigan mashina harajatlari va ish haqqi kamayib ancha mablag’ tejab qolinadi.
Manchesterda yong’in paydo bo’lgan joylarni zudlik bilan aniqlash maqsadida shu joylarni izlovchi kvadrokopter ishlab chiqarildi. U 40 daqiqada bir yarim kilometrga teng masofani uchib o’tadi va uch kilometr balandlikka ko’tarila oladi. Apparat real vaqt rejimida ishlagan holda planshetga videotasvirlarni jo’natadi hamda shu planshetning o’zidan boshqariladi.
Dronlarni yo’q qilish uchun ularni radioto’lqinlar yordamida zarba bilan urib tushirishga qodir qurol yaratildi. Uning kundalik hayotda ham ishlatish mumkin, chunki uning o’lchamlari juda ham katta emas. Amaliyotda undan faqat qamoqxona hamda maktablar, shuningdek tarixiy joylarning himoyasi uchun ishlatish rejalashtirilmoqda.Kvadrokopterlarning 400 metrgacha bo’lgan masofadan urib tushirish mumkin. Radioto’lqinlar taratila boshlaganida dron o’z operatoriga bo’ysunmay qo’yadi va shu tarzda o’z vazifasini bajara olmaydi.
Aerius nomli eng kichik dronning kengligi atigi 3 santimetr, ammo u andozaviy apparatlardan boshqa hech narsasi bilan farq qilib ajralmaydi. Uning ichida huddi o’sha ehtiyot qismlari shlatilgan, biroq mitti o’lchamlarda.
Swamp Works kompaniyasi Mars sayyorasining yuzasini tadqiq qiladigan kvadrokopterni ishlab chiqardi. U yuza bo’ylab harakatlanadigan rover eta olmaydigan joylarni razvedka qilib suratga oladi.
|
| |