• HIYOBONLAR.
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Shahar atrofida umumiy foydalanishdagi yashil maydonlar




    Download 4.56 Mb.
    Sana24.05.2023
    Hajmi4.56 Mb.
    #64022
    Bog'liq
    SHAHAR ATROFIDA UMUMIY FOYDALANISHDAGI YASHIL
    Муҳаббат ҳақида ўйлар эди ким, Lorem ipsum dolor sit amet, Йўналишлар хозирги, o\'zbekistonda tadbirkorlik muhiti

    SHAHAR ATROFIDA UMUMIY FOYDALANISHDAGI YASHIL MAYDONLAR

    BAJARDI:IBRAGIMOV D.

    TEKSHIRDI:KARIMOVA N.A

    REJA:


    1.YASHIL MAYDON.
    2.HIYOBONLAR AFZALIKLARI.
    3.XULOSA.

    YASHIL MAYDON

    • Xiyobon — meʼmoriy tartib bilan ikki tomoniga daraxt, buta, gul, oʻsimliklar ekilib yaratiladigan sayrgoh yoʻl, yoʻlka. Qadimdan qoʻllanilib kelingan. Odatda, parkbogʻlar orasi, maydonlar atrofi, sport inshootlari va boshqa joylarda barpo etiladi. Landshaft meʼmorligida X. koʻpincha atrofmuhit, binolarga uygʻunlashtirib rejalashtiriladi.
    • Atrof muhit: Tirik mavjudotlarning yashash maydoni bu yashash muhiti. U abiotik va biotik omillardan iborat. Bu jismoniy, madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy, biologik va jismoniy maydon bo'lib, unda barcha tirik mavjudotlar o'zlarining hayotiy faoliyatlarini davom ettiradilar va bir-biri bilan o'zaro munosabatda bo'ladilar. Er yuzida yashagan paytdan beri mavjud bo'lgan atrof-muhit organizmlarining mavjudligi - bu mavjud shartlar. Sog'lom muhit sharoitida hayotiy faoliyat sog'lom tarzda olib borilishi va saqlanishi mumkin.

    HIYOBONLAR.

    Koʻkalamzorlashtirish — shahar hududida yashil tabiat zonalari yaratish uchun olib boriladigan ishlar majmui. Yashil zonalar xiyobon va bogʻlardan tashkil topadi, mikroiqlimni sogʻlomlashtiradi, shamol tezligini pasaytiradi, chang va toʻzonlarni tutib qoladi, havodagi zararli gaz va tutunlarni yutadi, shahardagi shovqinlarni kamaytiradi va shu kabi foydali tomonlarga ega. Koʻkalamzorlashtirish katta estetik ahamiyatga ega. Poytaxt va yurtimizning boshqa shaharlaridagi istiqomat qilayotgan aholi soni oshib borayotgani, yirik sanoat korxonalari yildan yilga koʻproq ishga tushurilishi, shahar koʻchalarida harakatlanayotgan avtomobillar soni ortib borishi hisobga olinsa, ekologik holatlar alohida eʼtibor va mas’uliyat talab qiladi. Shahar ekologiyasi, aholi salomatligi ham bevosita koʻkalamzorlashtirish bilan bogʻliq. Atrof-muhit musaffoligini taʼminlashda yashil olamning ahamiyati beqiyos. Soʻnggi yillarda shaharni qayta qurish, koʻkalamzorlashtrish va obodonlashtirish ishlari jadal olib borilayotgani sabab nafaqat poytaxtimizda, balki boshqa viloyat markazlarida ham shaharlarni yashil maydonlarga aylantirish ishlari tadbiq etilmoqda. Koʻkalamzorlashtirilgan hududlarda havo harorati boshqa hududlarga qaraganda 16° salqin boʻlishi, 1 gektar hududdagi oʻrmon yiliga 54 tonna chang ushlab qolishi bizga maʼlum. Shaharlar hududida shuningdek, turli-tuman gullartoʻshama oʻsimliklar ham yashil maydonlarni boyitib bormoqda.

    • Koʻkalamzorlashtirish — shahar hududida yashil tabiat zonalari yaratish uchun olib boriladigan ishlar majmui. Yashil zonalar xiyobon va bogʻlardan tashkil topadi, mikroiqlimni sogʻlomlashtiradi, shamol tezligini pasaytiradi, chang va toʻzonlarni tutib qoladi, havodagi zararli gaz va tutunlarni yutadi, shahardagi shovqinlarni kamaytiradi va shu kabi foydali tomonlarga ega. Koʻkalamzorlashtirish katta estetik ahamiyatga ega. Poytaxt va yurtimizning boshqa shaharlaridagi istiqomat qilayotgan aholi soni oshib borayotgani, yirik sanoat korxonalari yildan yilga koʻproq ishga tushurilishi, shahar koʻchalarida harakatlanayotgan avtomobillar soni ortib borishi hisobga olinsa, ekologik holatlar alohida eʼtibor va mas’uliyat talab qiladi. Shahar ekologiyasi, aholi salomatligi ham bevosita koʻkalamzorlashtirish bilan bogʻliq. Atrof-muhit musaffoligini taʼminlashda yashil olamning ahamiyati beqiyos. Soʻnggi yillarda shaharni qayta qurish, koʻkalamzorlashtrish va obodonlashtirish ishlari jadal olib borilayotgani sabab nafaqat poytaxtimizda, balki boshqa viloyat markazlarida ham shaharlarni yashil maydonlarga aylantirish ishlari tadbiq etilmoqda. Koʻkalamzorlashtirilgan hududlarda havo harorati boshqa hududlarga qaraganda 16° salqin boʻlishi, 1 gektar hududdagi oʻrmon yiliga 54 tonna chang ushlab qolishi bizga maʼlum. Shaharlar hududida shuningdek, turli-tuman gullartoʻshama oʻsimliklar ham yashil maydonlarni boyitib bormoqda.
    • Shahardagi eng asosiy joy. Istirohat bog‘lari qanday ko‘rinishda bo‘lishi kerak?

    Shahar umumiy manzarasi qanday bo‘lishi kerak? Mutaxassislarning fikricha, mana bunday: bog‘lar, xiyobonlar, yo‘llar, daryo va ko‘llar, uylar hamda bo‘sh sanoat zonalari. Ha, shaharda faqat uylar, «dom»lar, «kottejlar», do‘konlar, biznes markazlari, xullas, faqat sotish mumkin bo‘lgan joylar bo‘lmasligi kerak.
    • Shaharlarda binolar joylashgan hududlardan kam bo‘lmagan miqdorda yashillik, parklar, bog‘lar, sayilgohlar bo‘lishi shart. Aks holda ekologik balans yo‘qoladi, bu tabiatning «jahlini chiqaradi». Jahli chiqqan tabiat esa insoniyatga aytaylik qurg‘oqchilik bilan «hujum qilishi mumkin».
    • Istirohat bog‘i – bu shunchaki daraxtlar to‘p bo‘lib o‘sadigan joy emas
    • Urbanizatsiya rivojlanib, qurilayotgan binolar zichligi oshgani sayin shahar landshaftiga bo‘lgan munosabat o‘zgaryapti. Ilgari tabiat va shahar bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan hamda istirohat bog‘lari shaharlarda sun’iy ravishda yaratilgan tabiat makoni edi. Endi shaharsozlik tendensiyasi o‘zgarib, arxitektorlar unda ekologik asoslar yaratish ham muhim ekanini ta’kidlashmoqda. Ya’ni istirohat bog‘lari va ularni tabiiy infratuzilma sifatida bog‘laydigan yashil yo‘laklar (xiyobonlar, daryolar, kanallarni) yaratish shaharsozlikning muhim bo‘lagiga aylanmoqda. Bunday sharoitda istirohat bog‘lari yagona tabiiy tarmoq yaratishi va yashil yo‘laklar ular orasidagi ekologik aloqani ta’minlashi kerak.
    • Landshaft arxitekturasi oddiy arxitekturadan biroz murakkab va maftunkor. Bunda arxitektor uchun o‘simliklar qurilish materiallari hisoblanadi va doimiy ravishda ularning hajmi, shakli, rangi va tuzilishi o‘zgarib turadi.
    • Istirohat bog‘larida daryolar, kanallar va tepaliklardan foydalanib, turli xil landshaftlarni yaratish mumkin. Bunda holatni ozgina o‘zgartirish yetarli bo‘ladi va ular yangicha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Hatto qishda ham istirohat bog‘lari rang-barang bo‘lishi mumkin: oq, yashil rang, qora tanalar, kulrang va qizg‘ish novdalar. Shahardagi salqin istirohat bog‘laridagi daraxtlar soni oz bo‘lishi mumkin, ammo yirik va sershox daraxtlarning bo‘lishi yetarli bo‘ladi. Bunday joy daraxtlar zich joylashgan yovvoyi o‘rmonga o‘xshamaydi. Landshaft arxitektorlari kelajak landshaftining me’mori hisoblanadi.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    • INTERNET SAYT:EKOLOJI.COM

    Download 4.56 Mb.




    Download 4.56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shahar atrofida umumiy foydalanishdagi yashil maydonlar

    Download 4.56 Mb.