Mavzu:O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK MUHITI
REJA:
1.O’zbekistonning tadbirkorlik muhitini yaxshilashda infratuzilmani rivojlantirishga e’tibor.
3.O‘zbekiston respublikasi prezidentining farmoni
Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayonlari natijasida yuzaga kelayotgan iqtisodiy-ijtimoiy beqarorlikning salbiy ta’siri kichik biznes hamda ishbilarmonlik muhiti samarali rivojlangan mamlakatlarda nisbatan kuchsiz bo’lmoqda. Ayniqsa, tadbirkorlik muhitini yaxshilashda infratuzilmani rivojlantirish jarayonlari eng ilg’ortairibalarga asoslangan AQSh, Germaniya,Yaponiya, Buyuk Britaniya,Shveytsariya, Kanada, Norvegiya,Niderlandiya, Gonkong, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa bir qator davlatlarda bu borada ijobiy holatlar kuzatilgan Shuningdek, «jahon tajribasida kichik biznes davlatning ko’magisiz juda sekin rivojlanayotganligi ham barchaga ma’lum».Shunday ekan, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida ishbilarmonlik muhitini qulaylashtirish, tadbirkorlarga yaxshi shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jahonda tadbirkorlik muhitini yaxshilashda infratuzilmani rivojlantirish jarayonlarining samaradorligini oshirishda raqamli iqtisodiyot imkoniyatlaridansamarali foydalanish, kichik biznesning innovatsion g’oyalari va texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasidagi imkoniyatlaridan to’laroqfoydalanish, ishbilarmonlik muhitini kuchaytirishda turli infratuzilma xizmatlarini yo’lga qo’yishning tashkiliy-iqtisodiy masalalarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
|