• 1.1 HTML ,CSS , PHP tillari .
  • Mening sahifamga xush kelibsiz
  • Oddiy sarlavha
  • Furqat Iqtisodiyot kolleji web saytini yaratish




    Download 7,52 Mb.
    Sana12.12.2020
    Hajmi7,52 Mb.
    #12903

    ANNOTATSIYA

    “Furqat Iqtisodiyot kolleji web saytini yaratish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga annotatsiya.

    Ushbu malakaviy ish zamonaviy kompyuter imkoniyatlaridan keng ko‘lamda foydalangan xolda Joomla CMS yordamida yaratildi. Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, analitik qism, loyiha qismi, tadbiq qilishni tashkil etish va samaradorligi, mehnat muhofazasi, xulosa, ilova va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan.

    Kirish qismida axborot texnologiyalarini rivojlanishi xaqida gap boradi.

    Analitik qismda HTML, CSS va PHP dasturlash tili, MySQL, CMS haqida gap boradi.

    Bitiruvchi malakaviy ishining loyiha qismi 3 qismdan iborat bo‘lib, saytni yaratish uchun texnik topshiriq, sayt ma’lumotlar bazasini loyixalash, dasturiy vositadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar berilgan.

    Tadbiq qilishni tashkil etish va loyihalar samaradorligi qismida sayt boshqaruv paneli va dasturini samaradorligi va tadbiq qilinishi ko‘rib chiqilgan.

    Mehnat muhofazasi bo‘limida ishlab chiqarishdagi zararli omillar va ularning organizmga ta’siri, ergonometrik xavfsizlik, elektr xavfsizligini ta’minlash.

    Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishi yakunida xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilova o‘z o‘rnini topgan.

    Annotation

    On theme of “ Creating the official WEB SITE of the Furkat Economical College”

    This graduate’s work is created in the helping of PHP programming by using modern computer opportunities widely.This consists of Introduction, analytical part, projecting part, organizing researching and effectiveness of projects, labour security, conclusion, comments and the used literatures.

    In the Introduction the development of information technologies is expressed.

    In the analytical part HTML, CSS and PHP programming languages, MySQL, CMS are given.

    Its project consisting of three parts describes technical tasks in creating sites, projecting the site information ( data ) base and instructions on using programming means.

    In the organizing researching and effectiveness of projects site managing panel and the effectiveness of programming and researching are Shown..

    In the part of labour security harm factors in the manufacturing and their effects to the organism, ergonometric security and providing the electrical security are pointed out..

    Besides them, there are given conclusion, lists of the used literatures and comments at the end of this work.



    MUNDARIJA

    KIRISH……………………………………………………………………………7

    I.

    1.1 HTML ,CSS , PHP tillari. 12

    1.2 MySQL ma’lumotlar bazasi, versiyalari va tiplari 26

    1.3 CMSlar turlari, afzalliklari va kamchiliklari 31

    II. LOYIHA QISMI 43

    2.1 Web sayt uchun texnik topshiriq. 43

    2.2. Sayt ma’lumotlar bazasini loyihalash 45

    2.3. Saytni yaratish. 48



    III. TADBIQ QILISHNI TASHKIL QILISH VA LOYIHA SAMARADORLIGI 60

    3.1 Sayt boshqaruv paneli. 60

    3.2 Web saytlardan foydalanishning samaradorligi va bugungi kundagi zaruriyati 62

    IV. MEHNAT MUXOFAZASI 66

    4.1 Zamonaviy texnika joylashgan xonasiga talablar. 66

    4.2 Ish joyining yoritilganligi 69

    4.3 Elektr va yong‘in xavfsizligi 71



    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 77

    ILOVA. 78

    KIRISH

    Xozirgi kunda axborot texnologiyalari jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Internet texnologiyalarining yaratilishi turli manbalardan tez va oson yo‘l bilan axborot olish imkoniyatlarini xamma uchun oddiy fuqarodan tortib yirik tashkilotlargacha misli ko‘rilmagan darajada oshirib yubordi. Davlat muassasalari, fan-ta’lim muassasalari, tijorat korxonalari va alohida shaxslar axborotni elektron shaklda yaratib-saqlay boshladilar. Bu muhit avvalgi fizikaviy saqlashga nisbatan katta qulayliklar tug‘diradi. Saqlash juda ixcham, uzatish esa bir onda yuz beradi va tarmoq orqali bor ma’lumotlar bazalariga murojaat qilish imkoniyatlari juda keng. Axborotdan samarali foydalanish imkoniyatlari axborot miqdorining tez ko‘payishiga olib keldi. Biznes qator tijorat soxalarida bugun axborotni o‘zining eng qimmatli mulki deb biladi. Bu albatta ommaviy axborot va xamma bilishi mumkin bo‘lgan axborot xaqida gap borganda o‘ta ijobiy xodisa. Lekin pinxona (konfidensial) va maxfiy axborot oqimlari uchun internet texnologiyalari qulayliklar bilan bir qatorda yangi muammolar keltirib chiqardi. Internet muxitida axborot xavfsizligiga taxdid keskin oshadi:

    - Axborot o‘g‘irlab qo‘yish;

    - Axborot mazmunini buzib qo‘yish, egasidan iznsiz o‘zgartirish;

    - Tarmoqqa va serverlarga o‘g‘rincha suqilib kirish;

    -Tarmoqqa tajovuz qilish;

    -Avval qo‘lga kiritilgan transaksiya(amallarning yaxlit ketma-ketligi)larni qayta yuborish, "xizmatdan yo axborotga daxldorlikdan bo’yin tovlash", jo‘natmalarni ruxsat berilmagan yo‘l orqali yo‘naltirish.

    Ma’lumki, xozirgi kunda web-sahifalarni yaratish eng zamonaviy dasturlashlardan xisoblanadi. Bir necha yil avval ko‘plab web-sahifalarini yaratuvchilar statistik ma’lumotlargagina qo‘llar edilar. Web-sahifalar HTML-fayllardan tashkil topib, foydalanuvchi o‘z brauzerini ishga yuklar va o‘qiy olar edi.

    Sekin asta web-tarmoqida foydalanuvchilar bilan aloqa uchun formalar yaratilib, qidiruv funksiyalari hamda o‘zaro axborot almashinish imkoniyatlari yaratila boshlandi, lekin sahifaga murojat qiluvchiga statistik ma’lumotlar avvalgidek ko‘rinishda ifodalab berildi. Kompyuterdan foydalanuvchi o‘z shaxsiy ish rejalariga ega bo‘lib, bu ishlarni, ya’ni elektron pochtani tekshirish, ko‘rish rejalarini tartibga solish kabilarni shu web sahifa asosida amalga oshiradi. Xatto ba’zi bir maxsus ma’lumotlarni tarmoq orqali mijozga namoyish etish uchun ham sahifa ko‘rinishida uzatilib beriladi.

    Agar biz web-sahifalarini tayyorlovchi sifatida asosan HTML, JavaScript va grafik dizaynerlik bilan shug‘ullansangiz yoki biz dasturchi bo‘lsak, lekin web-dasturlash texnologiyasi bilan tanish bo‘lmasak u xolda bu fan (soxa) biz uchundir. U sizga yuqori eng zamonaviy yo‘nalishda qadam qo‘yishingizga yordam beradi. PHP tili Perl, ASP va Java tillari bilan bir qatorda dinamik web-sahifalarni yaratishda yuqori o‘rinlardan birini egallaydi.

    Insoniyat rivojlanishining zamonaviy bosqichi axborotning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatining beqiyos o‘sishi bilan tavsiflanadi.

    O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasi pochat jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish xamda pochta jo‘natmalarii, pensiya va nafaqalar, davriy nashrlarni etkazib berrishda bir biri bilan o‘zaro uzluksiz bog‘langan pochta aloqasi ob’ektlari va pochta yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qarorida “Respublika milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 2013-2020 yilllar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturi” tasdiqlandi. Ushbu kompleks dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    -O‘zbekiston Respublikasida 2013-2020 yillar mobaynida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va infrastrukturasini rivojlantirish dasturi:

    -«Elektron hukumat» tizimi axborot tizimi komplekslari va ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha tadbirlar va loyihalar ro‘yxati

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 2013-2020 yillar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil etildi.

    «Elektron hukumat» tizimi axborot tizimi komplekslari va ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha tadbirlar va loyihalar ro‘yxatidan xam ko‘rinib turibdiki, axoli va tadbirkorlarni barcha tashkil etiladigan axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari bilan bog‘lash yagona davlat interaktiv xizmatlari va davlat organlari saytlari orqali amalga oshiriladi.

    Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda xar bir korxona muassasada faoliyat olib boruvchi xodimlar o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishlari talab qilinadi. Xar bir lavozimning o‘ziga xos bo‘lgan vazifalari mavjud. Bu vazifalar lavozim yo‘riqnomalarida to‘la ko‘rsatib berilgan.

    Axborot texnikasiga birmuncha torroq doiradagi texnik vositalarni, chunonchi: “qog‘ozli” va “elektron” axborot bilan, uning hamma turlari va ko‘rinishlarida ishlash uchun foydalaniladigan vositalarni kiritish mumkin.

    Axborot texnikasi ilg‘or boshqarish tizimlarining moddiy bazasini tashkil etadi. Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi- yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo‘lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har-xil to‘siqlarga duch keladi va shu to‘siqlarni engib o‘tish mobaynida yana yangi kashfiyotlar vujudga keladi. Lekin, xayot tajribalaridan ma’lumki, ko‘pincha yangi kashfiyot ma’lum bir muammoni xal qilish jarayonida yuzaga keladi.

    Davr talabiga ko‘ra bugungi kunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib ketdi. Ma’lumotlarni boshqarish, ayniqsa, xozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    Ma’lumotlarni boshqarish tizimlariga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Katta xajmdagi ma’lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to‘g‘ri kelayapti. Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan jadal o‘zgarishlarning bir qismi bo‘lgan informatika sohasida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bu ta’sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo‘layotgan o‘zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o‘zgarib va boyib bormoqda.

    Yangi axborotlar texnologiyalarining yoki kompyuter texnologiyalarning paydo bo‘lishi bu sohadagi hizmat qilish usulini tubdan o‘zgartirdi. Yaqin – yaqinlargacha biror masalada kompter yordamida echish uchun algoritmlarni, dasturlash tililaridan birini, dasturni kompyuter xotirasiga kiritishni, uning xatolari-yu natijani taxlil qilishni bilish talab etilar edi. Bu ishni faqatgina mutaxassislargina amalga oshirar edilar. Ammo, bu sohada mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ko‘payishi jamiyat oldida ma’lum qiyinchiliklarni tug‘dirdi.

    Zamonaviy axborot texnologiyalari – bu kompyuterlarni qo‘llash, foydalanuvchilarning ( dasturlash sohasida kasb egasi bo‘lmaganlarning ) axborot jarayonida keng ishtirok etishiga, do‘stona foydalanuvchi interfeysning yuqori darajasiga, umumiy va muammoviy belgilanishdagi amaliy dasturlar paketini keng qo‘llashga, EHM ning hisoblash tarmoqlari tufayli foydalanuvchini uzoqlashtirilgan ma’lumotlar bazalari va dasturlariga kirishga asoslangan texnologiyalardir.

    Zamonaviy axborot texnologiyalari ijtimoiy rivojlanish-ning sanoat davridan jahon ko‘lamidagi axborot davriga o‘tishning asosidir.

    Hozirgi paytda yangi axborot texnologiyasi sohasida dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog‘liq yo‘nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi.

    O‘zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun talay intelektual imkoniyat va axborot zahiralariga ega. Axborot texnologiyalarining turli vositalariga ehtiyoj mamlakatimizda kundan-kunga ortib bormoqda.

    Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekomunikatsiyalar tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni, Internet xizmatlariga kirib borishni rivojlantirish va zamona-viylashtirish respublikamizda ustuvor o‘rinlarga chiqmoqda.

    ANALITIK QISM

    1.1 HTML ,CSS , PHP tillari.


    Gipermatnlar tili (HTML) web-brauzerlar ekraniga ma’lumotlarni standart kodlar orqali chop etish imkoniyatini beradi. HTML dan foydalanib o‘zida taxrirlangan matn, tasvir, multimediya elementlarini aks ettirgan web-saxifalarni yaratish mumkin.

    HTML ni dasturlash tillaridan farqlash lozim. HTML ni web-brauzerlarga matn yoki tasvirlarni qay holatda chop etish ko‘rsatmalar to‘plami deyish ham mumkin. Masalan HTML xujjat o‘zida quyidagi matnni aks ettirgan bo‘lsin:



    Mening sahifamga xush kelibsiz

    Bu matndagi

    va

    teglari asosiy matnni o‘rtaga olib turibdi. Web-brauzer tushunadiki, bu teglar o‘rtasidagi matn 1-darajali kattalikdagi sarlavha holatida ekranga chop etilish kerak. va teglari esa, ular o‘rtasidagi matn qalinlashtirilgan holda yozilishi kerakligini bildiradi.

    Butunjaxon o‘rgimchak to‘rining asosiy va HTML ning tarkibiy qismini gipermatnlar va gipermurojaatlar tashkil etadi. Maxsus komandalar yordamida matnning ma’lum qismi shunday ajratiladiki, natijada o‘sha matn ustiga sichqon tugmasi bosilsa boshqa matn yoki sahifa ochiladi. Bundan tashqari multimediya vositalarining ishlab ketishi yoki bo‘lmasa, ma’lumotni diskda saqlash taklifi ham berilishi mumkin.

    Gipermatn yoki gipermurojaat biror bir tasvirga ham qo‘yilishi mumkinki uning ustiga bosilganda ham yuqorida aytilgan holatlar ro‘y berishi mumkin.

    Har bir web-sahifa o‘zida bir nechta gipermatn yoki gipermurojaatlarni mujassam etishi mumkin.

    Internet xizmatlarining ko‘pchiligiga dostup (ruxsat, yo‘l) adresatsiya sxemasi (URL) yordamida qiziktirilgan ixtiyoriy hujjatni topish imkoniyatini beradi. Har bir tur boshqasidan farq qiluvchi o‘zining format adresiga ega.

    Windows muxitidagi matn muxarrirlari: Notepad++, Textpad,. Ko‘rsatilgan hamma matn muharrirlari yordamida HTML kodlarni yozishda qo‘llash mumkin.

    Ko‘pgina matn muharrirlarida HTML kodlarni hatto programmalashtirish tillarida kodlarni yozish juda qulay. Ba’zilari avtomatik ravishda operatorlar, funktsiyalarni tanish va ularni xar-xil ranglarda tasvirlash imkoniyatiga ega. Ba’zi matn muxarrirlarida HTML hujjatni web brauzerda sinab ko‘rish tugmasi mavjud.

    Notepadni ochamiz. HTML faylni yaratishni boshlaymiz.

    Sarlavxa yozish uchun:





    teglari yoziladi.

    Brauzer bu teglar o‘rtasidagi matnni sarlavxa deb tushunadi va Brauzerning eng tepa qismiga shu matnni yozadi. Endi sahifaning tanasini hosil qilamiz:





    va

    Oddiy sarlavha



    Oddiy bo‘lmagan, qizil sarlavha





    $testingq5;

    print gettype($testing); // 1 integer;

    print
    ;

    $testing=”five";

    print gettype($testing); // string;

    print
    ;

    $testingq5.12;

    print gettype($testing); // double;

    print
    ;

    $testingqtrue;

    print gettype($testing); // boolean;

    print
    ;

    ?>

    $ss=3.14 ;

    print gettype ($ss) ; // double

    print “- - $ss
    ” ; // 3.14

    SetType ($ss, string);

    print gettype ($ss) ; // srring

    print “- - $ss


    “ ; // 3.14

    SetType ($ss, Integer);

    print gettype ($ss) ; // integer

    print “- - $ss


    “ ; // 3

    SETTYPE($SS, double);

    print gettype ($ss) ; // double

    print “--$ss


    ”; // 3.6?>

    Download 7,52 Mb.




    Download 7,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Furqat Iqtisodiyot kolleji web saytini yaratish

    Download 7,52 Mb.