O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI




Download 29,07 Kb.
bet3/4
Sana26.01.2024
Hajmi29,07 Kb.
#146340
1   2   3   4
Bog'liq
o\'zbekistonda tadbirkorlik muhiti

2.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi.
Natijada so‘nggi o‘n yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga o‘sdi, ushbu sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromadlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq, joriy yilda tadbirkorlik faoliyatini keng rivojlantirish uchun yanada qulay biznes muhitni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi.
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi hamda bu jarayon yanada ochiqlik kasb etdi. Ro‘yxatga olish uchun davlat boji stavkasi ikki barobarga qisqartirildi. Ishchilarning yillik o‘rtacha soni 100 kishigacha ko‘paytirilgan kichik korxonalar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi. Kichik biznes subyektlarini davlat xaridlari jarayoniga keng miqyosda jalb qilish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etildi.
Davlat va nazorat idoralarining korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini keskin kamaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy erkinligi va huquqlarini sezilarli ravishda kengaytirish bo‘yicha choralar qabul qilindi. Yangi tashkil qilingan kichik korxonalar va mikrofirmalarni rejali soliq tekshiruvlaridan ozod etish muddati ikki yildan uch yilga uzaytirildi. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘layotgan, shuningdek, ishlab chiqarishning barqaror o‘sish sur’atlari va rentabelligini ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarida uch yil davomida soliq tekshiruvlarini o‘tkazish taqiqlandi.
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasi oshmoqda, kichik biznes subyektlarini, ayniqsa, ularning yuqori texnologik uskunalar xarid qilishi uchun imtiyozli kreditlash mexanizmi takomillashtirildi.
Shu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklayotgan bir qator muammolar hal etilmay qolmoqda.
Tadbirkorlik subyektlarining davlat, soliq va nazorat idoralari, tijorat banklari bilan o‘zaro munosabatlarini aniq belgilab beradigan ma’muriy reglament to‘liq ishlab chiqilmagan. Ochiqligi ta’minlanmagan ko‘plab ruxsat berish tartiblari hamon saqlanib qolmoqda. Nazorat idoralarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlari uchramoqda. Kichik biznes mahsulotlarini hududiy va jahon bozorlariga olib chiqish bo‘yicha amaliy mexanizm yaratilmagan.
Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash, bozor islohotlarini liberallashtirish va chuqurlashtirish yo‘lidan jadal harakat qilish, tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining muhim vazifalari deb hisoblansin:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha byurokratik to‘siq va g‘ovlarga barham berish, davlat boshqaruvi funksiyalarini qisqartirish va tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirilayotgan turli ruxsat berish me’yorlari hamda cheklash tartiblarini keskin qisqartirish;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat boshqaruvi idoralari, soliq va nazorat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika idoralariga hisobotlarni topshirish mexanizmini ularni elektron tizim bo‘yicha taqdim etishga bosqichma-bosqich o‘tish orqali tubdan soddalashtirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq, bojxona hamda boshqa to‘lovlar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishga ko‘maklashadigan qo‘shimcha imtiyoz hamda preferensiyalar berish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmini yanada takomillashtirish va soddalashtirish, tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularga ajratilayotgan kreditlar, birinchi navbatda, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga va texnologik yangilashga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlar hajmini ko‘paytirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashish, eksport shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini hamda umuman bojxona ma’muriyatchiligini soddalashtirish va liberallashtirish.
2. Belgilansinki, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha darajadagi davlat boshqaruvi idoralari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, tijorat banklari bilan o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi prinsipiga amal qilinadi, ya’ni unga muvofiq, me’yoriy-huquqiy hujjatlardagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlar foydasiga talqin etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ularda tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi prinsipini belgilashni ko‘zda tutuvchi o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni puxta ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etsin.

Download 29,07 Kb.
1   2   3   4




Download 29,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI

Download 29,07 Kb.