O’zbekistonning tadbirkorlik muhitini yaxshilashda infratuzilmani rivojlantirishga e’tibor




Download 29,07 Kb.
bet2/4
Sana26.01.2024
Hajmi29,07 Kb.
#146340
1   2   3   4
Bog'liq
o\'zbekistonda tadbirkorlik muhiti

1.O’zbekistonning tadbirkorlik muhitini yaxshilashda infratuzilmani rivojlantirishga e’tibor
O’zbekistonning tadbirkorlik muhitini yaxshilashda infratuzilmani rivojlantirishga e’tiborning kuchaytirilishi hamda biznes yuritish shart- sharoitlarining tubdan yaxshilanishi natijasida biznes yuritish hamda ishbilarmonlik muhiti bo’yicha xalqaro reytinglardagi o’rni yaxshilanib bormoqda. «Biznes yuritish» yillik hisobotida mamlakat reytingini yanada yaxshilash bo’yicha «Yo’l xaritasi»tasdiqlanib, unga ko’ra respublikaning mazkur reytingda 20-o’ringa erishishini nazarda tutuvchi «Biznes yuritishni yaxshilash - 2022» maqsadli ko’rsatkichlari ishlab chiqildi. Keyingi yillarda iqtisodiyot sohasida amalga oshirish zarur bo’lgan dasturiy va maqsadli vazifalar qatorida «.. .biznes muhitini yanada yaxshilash biz uchun eng muhim masalalardan bo’lib qoladi». O’zbekistonda ishbilarmonlik muhitini muvofiq tarzda rivojlantirishning zaruriyati uni rag’batlantirishda moslashuvchan va ta’sirchan siyosat yuritishni taqozo etmoqda. Biznes sub’ektlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari, ularning iqtisodiy faoliyatlaridayuzaga kelayotgan muammolar, ishbilarmonlik muhitining ishlashi bilan aholi iste’molining yangilanib borishi va cheksizligi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik masalalari dolzarblik kasb etmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 iyundagi PF-6003-son «O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to’g’risida», 2019 yil 7 martdagi PF - 5687-son «Xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to’g’risida», 2016 yil 5 oktyabrdagi PF - 4848-son «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi farmonlari, 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160- son «Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo’shimcha chora- tadbirlar to’g’risida» Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishning ilmiy- metodologik jihatlari buyuk iqtisodchilar tomonidan o’rganilgan. Bular qatorida A.Smit, Y.Shumpeter, J.M.Keyns, R.Xizrich, M.Piters, F.Kotler, P.A.Samuelbson, V.D.Nordxaus kabi olimlarning nomlarini keltirish mumkin.Shuningdek, N.E.Simionova, A.O.Blinov, M.M.Maksimtsev, V.Ya.Gorfinkelb, V.A.Shvandar, Ye.M.Kupryakov, V.S.Katbkalo, A.Yu.Panibratov, A.N.Dyatlov, N.V.Vasilenko kabi rossiyalik iqtisodchilarning ilmiy asarlarida ishbilarmonlik muhitini tadqiq etishga doir u yoki bu darajadagi mulohazalar o’z aksini topgan. Shu bilan birga, aynan ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish va uni nazariy jihatdan yoritishga doir yondashuvlarni asosan xorijlik iqtisodchilar asarlaridan o’rganish mumkin. O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikning umumiy jihatlarini shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha S.S.G’ulomov, Yo.A.Abdullaev, M.R.Boltabaev, M.S.Qosimova, Sh.J.Ergashxodjaeva, B.K.G’oyibnazarov, A.N.Samadov, A.A.Xadjimuratov kabilarning ishlarini qayd etish mumkin. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar X.P.Abulqosimov, I.A.Bakieva, Q.Muftaydinovlarning tadqiqot ishlarida o’rganilgan. Shuningdek, Sh.I.Mustafaqulov tomonidan ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda investitsiya jozibadorligini oshirishga doir masalalar tadqiq etilgan. Shunga qaramay bugungi globallashuv jarayonlarida kichik biznesni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalarinihisobga olish, uni davlat tomonidan tartibga solish va rivojlantirish yo’nalishlarini aniqlash, shuningdek, kichik biznesni rivojida ishbilarmonlik muhitini qulaylashtirishga yo’naltirilgan masalalar hali to’liq o’rganilmagan bo’lib, ushbu mavzu doirasida tadqiqot olib borish dolzarbligi namoyon bo’ldi.
Berilganmaqsaddan kelib chiqib, dissertatsiya ishida quyidagi vazifalar belgilandi:

  • Tadbirkorlik muxiti hamda infratuzilma tushunchalari va ularning

mohiyatiasoslarini yoritib berish;

  • Tadbirkorlik muhitini yaratishda infratuzilmani rivojlantirishning obektivsabablarini ochib berish;

  • Tadbirkorlik muhitini yaxshilashda infratuzilmani rivojlantirishning ilg’or xorijiy mamlakatlar tajribasini aniqlash;

  • Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishning xuquqiy asoslarini yoritib berish;

  • Tadbirkorlik infratuzilmasmi rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab

quvvatlanishini asoslab berish;

  • Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish yo’nalishlarini aniqlash.

  • Tadbirkorlik infratuzilmasi obektlarini davlat tomonidan qo’llab quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish yo’llarini aniqlashdan iborat.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o’zaro bog’liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada iqtisodiy xavfsizlik va innovatsion faoliyat o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik, mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni to’g’risida hayotiy dolzarb masalalarni ta’kidlab o’tdi. Jumladan, “Biz o’zaro bog’liqlik, hamkorlik,muloqot va eng asosiysi, ishonch izchil va barqaror rivojlanish, mintaqalarimiz aholisining turmush darajasi hamda farovonligini oshirishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanishiga aminmiz.
Xulosa o‘rnida, So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni yengillashtirish va rag‘batlantirish maqsadida sohaga oid qator tartibotlar tanqidiy qayta ko‘ribchiqilib, eskirgan, zamon talabiga javob bermaydigan byurokratik to‘siq va g‘ovlar bekor qilindi. Ko‘rilgan choralar natijasida respublikada ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi, tadbirkorlik subyektlari va xususiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Download 29,07 Kb.
1   2   3   4




Download 29,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekistonning tadbirkorlik muhitini yaxshilashda infratuzilmani rivojlantirishga e’tibor

Download 29,07 Kb.