Mavzu: O‘zbekistonda tadbirkorlik muhiti reja




Download 29,07 Kb.
bet4/4
Sana26.01.2024
Hajmi29,07 Kb.
#146340
1   2   3   4
Bog'liq
o\'zbekistonda tadbirkorlik muhiti

Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. 2011-yilning 1-oktabridan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq organiga yozma, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuborib, soliq auditi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini, shuningdek moliyaviy sanksiyalarni tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda to‘lashga haqli.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan birgalikda barcha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini 2014-yilning oxirigacha soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazishni ta’minlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)
6. Markaziy bank, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklarining tadbirkorlik subyektlariga nisbatan bank faoliyatining yanada ochiqligini oshirish va liberallashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining kelishilgan hajmda kreditlar ajratish haqidagi arizalarini ko‘rib chiqish muddatini uch bank kunidan oshmaydigan muddat bilan cheklash;
xo‘jalik subyektlari tomonidan savdo va servis sohasida xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar uchun korporativ plastik kartalaridan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lov terminallari cheklarini birlamchi buxgalterlik hujjatlariga tenglashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bank muassasalariga naqd pul tushumini mustaqil topshirish huquqini berish.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklari bilan hamkorlikda bir oy muddatda xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy jamg‘armalar va banklar bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan yangi texnologik uskunalar xarid qilish uchun beriladigan kreditlarning garov bilan qoplanmagan qismi bo‘yicha ta’minotni taqdim etish uchun Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kafolatlash fondini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-yanvardagi PF-4774-sonli (O‘R QHT, 2016-y., 4-son, 33-modda) va 2016-yil 15-noyabrdagi PF-4856-sonli (O‘R QHT,2016-y., 47-son, 537-modda) formonlariga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
10. Xo‘jalik subyektlari o‘rnatilgan texnologik uskunalarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha respublika hududiga olib kelinadigan ehtiyot va butlovchi qismlar uchun 2016-yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan ozod etilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin:
yuridik shaxslar uchun soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanksiyalarni bekor qilish, ayni paytda takroriy qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan xo‘jalik subyektlarining mansabdor shaxslarining ma’muriy javobgarligini ikki barobarga oshirish;
bojxona nazorati muddatini uch yil bilan cheklash, shuningdek, tovarlar bojxona nazoratidan o‘tkazilgandan bir yil keyin, bojxona to‘lovlarini qo‘shimcha hisoblashni taqiqlash.
12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida taklif kiritsin.
13. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Adabiyotlar





  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish
tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» 2016 yil 28 oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 66-son qarori, 2017 yil 9 fevral.

  1. G.K.Saidova “Qulay ishbilarmonlik muhiti - tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish garovidir” 9 avgust 2018 y. Toshkent shahar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi rasmiy sayti: http://cityeconomy.uz/uz/about/interaktiv/savol-javoblar.

  2. Frederic Meunier, Nadia Novik, Cyriane Coste, Erick Tjong “How did starting a

business become easier than ever?”, World Bank Blogs, December 19, 2017. Site:
https://blogs.worldbank.org/developmenttalk.

    1. 4. Lex.uz


Download 29,07 Kb.
1   2   3   4




Download 29,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: O‘zbekistonda tadbirkorlik muhiti reja

Download 29,07 Kb.