• Namangan– 2022 MUNDARIJA
  • II. KURS ISHINI MAQSADI VA MODEL TANLASH 2.1.
  • III. MODELNI KONSTRUKTSIYALASH
  • IV. TEXNOLOGIK QISM
  • Xulosa Foydalanilgan adabiyot KIRISH
  • Namangan muhandislik texnologiya




    Download 1.12 Mb.
    bet1/7
    Sana07.09.2023
    Hajmi1.12 Mb.
    #80531
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    YOQITHON KURS ISHI
    Наброски и рисунок (Кэти Джонсон) (z-lib.org), 14-mavzu. Dasturlashda funksiya va modullarni qo’llash. Reja-fayllar.org, 13-MS WORD DASTURI VA UNING INTERFEYSI, 15-hujjat yaratish

    O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
    MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
    NAMANGAN MUHANDISLIK – TEXNOLOGIYA
    INSTITUTI
    « DIZAYN » kafedrasi

    «KOSTYUM TARIXI» fаnidan
    QADIMGI HIND KOSTYUMI (AYOLLAR)”
    mavzusida tayyorlagan
    КURS ISHI
    BAJARDI: 2A 21-guruh talabasi
    Abdusalimova.Y.
    TEKSHIRDI: Boymatova.K.

    KAFEDRA MUDIRI: Erkinov.Z.


    Namangan– 2022
    MUNDARIJA

    I. KIRISH

    1.1.

    Tanlangan mavzu bo`yicha kiyimning tarixiv







    II. KURS ISHINI MAQSADI VA MODEL TANLASH

    2.1.

    Tanlangan kiyim bichimi







    2.2.

    Model tanlash va asoslash.







    2.3

    Model uchun konfeksion karta tuzish.







    III. MODELNI KONSTRUKTSIYALASH

    3.1

    Konstruksiya hisobi bo`yicha o`lcham kattaliklarini aniqlash.







    3.2

    Model konstruksiyasini hisoblash







    IV. TEXNOLOGIK QISM

    4.1.

    Konstruktiv modellashtirishtirish.







    4.2.

    Model andazani tayyorlash







    4.3.

    Ishlab chiqarish oqimining tashkiliy texnologik sxemasini tahlili.




    Xulosa

    Foydalanilgan adabiyot


    KIRISH
    Iqtisodiyotimizni rivojlantirishda yengil sanoat muhim o’rin tutmoqda. Yengil sanoat mamlakatimiz makroiqtisodiy kompleksida mustahkam o’rin egalladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida qulay sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar, mustahkam me’yoriy huquqiy baza yaratilayotgani samarasida tarmoq korxonalari salmoqli yutuqlarga erishmoqda va sifat jihatidan rivojlanishning yangi bosqichiga ko’tarildi.
    Bugungi kunda ‘’O’zbek yengil sanoat’’ aksiyadorlik jamiyati tarkibiga zamonaviy texnika bilan ta’minlangan 312ta to’qimachilik, tikuvchilik va trikotaj, shuningdek, shoyi mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. Ushbu korxonalar tashqi bozorga kalavadan tortib tayyor buyumlargacha bo’lgan keng turdagi mahsulotlar yetkazib berish imkoniyatiga ega. Zamonaviy dizayn va yuqori sifat ko’rsatkichlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni raqobatbardoshliligini ta’minlash bilan bir qatorda ularning xalqaro bozorda munosib o’rinlarni egallash imkonini ham bermoqda. Ayni paytda ‘’O’zbek yengil sanoat’’ aksiyadorlik jamiyati korxonalari o’z mahsulotlarini dunyoning 55 mamlakatiga eksport qilmoqda va bu ko’lam muntazam kengaytirilmoqda. To’qimachilik va tikuvchilik –trikotaj korxonalari o’z mahsulotlarini MDH mamlakatlari, Xitoy xalq Respublikasi, AQSH, Kanada va qator Arab davlatlari bozorlariga yetkazib bermoqda.
    Buning samarasida o’tgan yili 157.1 ming tonna kalava, 33 million kvadrat metr ip gazlama, 4.9 ming tonna trikotaj polotno, 148.1 million dona tikuvchilik-trikotaj buyumlari, 9.1 million juft paypoq eksport qilindi. Bugungi kunda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xalqaro bozorlarga chiqarish, innovatsion loyixalarni amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va xorijiy sheriklarni jalb etish ‘’O’zbek yengil sanoat’’ aksiyadorlik jamiyatining muhim vazifalaridan biridir. Bularning barchasi mamlakatimiz yengil sanoatini sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarish imkonini beradi.
    Har yili o’tkazib kelinayotgan O’zbekiston xalqaro paxta yarmarkasi mamlakatimizda keng ko’lamli loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu nufuzli forum paxta va to’qimachilik biznesida O’zbekiston bilan o’zaro manfatli a’loqalarni rivojlantirishga dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarni jalb etish imkonini bermoqda.
    Hozirgi paytda ‘’O’zbek yengil sanoat’’ aksiyadorlik jamiyati va uning huzuridagi to’qimachilik mahsulotlari reklamasi va marketing agentligi ‘’O’zekspomarkaz’’ milliy ko’rgazma kompaniyasi bilan hamkorlikda qariyib 2000 kvadrat metr maydonga ega to’qimachilik pavilyonini tayyorlash ishlarini amalga oshirmoqda. Forumda mamlakatimizning yuzga yaqin to’qimachilik va tikuvchilik – trikotaj korxonalari kalava va ip gazlama, bo’yalgan va aralash kalava, trikotaj polotno, tayyor trikotaj, tikuvchilik, paypoq buyumlari, paxmoq mahsulotlar, maxsus gazlamalar, matolar, maxsus kiyimlar hamda boshqa yengil sanoat tovarlarini taqdim etadi.
    Yarmarkada ‘’Osbork tekstil’’, ‘’DEU Farg’ona’’, ‘’DEU Buxoro’’, ‘’Indorama Qo’qon tekstil’’, ‘’Tekstil Texnoloji grup’’, ‘’Alkim tekstil’’, ‘’Biryuza grup’’, ‘’Konteks Toshkent’’, ‘’B F tekstil’’, ‘’Fresh Stayl’’, ‘’Lukbo tekstil’’, ‘’Uzteks’’ kabi nufuzli kompaniyalar o’z stendlari bilan qatnashadi.
    Shu jumladan Namangan viloyatida joylashgan ‘’Uztex Uchqurgan’’ O’zbekiston-Buyuk Britaniya, Singapur qo’shma korxonasi yurtimizda yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit, mahalliy xomashyo tayyor mahsulot ishlab chiqarish har tomonlama qo’lab-quvvatlanayotgani samarasidir.
    Bu yirik loyiha ‘’ 2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash chora tadbirlari Dasturi’’ ga asosan amalga oshirildi. Loyihaning birinchi bosqichida ‘’Uchkurgan Textel’’ mas’uliyati cheklangan jamiyati ishga tushirilgan edi. Uning uzviy davomi sifatida ‘’ Uztex Uchkurgan’’ ip yiguruv va to’quv korxonasi o’z faoliyatini boshladi. Har ikki korxonani o’z ichiga olgan majmua zamonaviy usulda paxta va aralash toladan ip-kalava, momiq mato va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
    Mamlakatimiz Prezidenti SH.M.Mirziyoyev rahnomoligida 2017-2021-yillarda amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlarning islohatini xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida o’zining kutilgan samarasini bermoqda. Ayniqsa ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnalogiya bilan jihozlash, korxonani modernizatsiyalash chora –tadbirlarini jaxon standartlari talablariga javob beradigan raqobatbardosh mahsulaotlar hajmini keskin kuchaytirmoqda. Albatta bunday o’zgarishlarni yengil sanoat tarmog’ida ham yaqqol ko’rish mumkin. “ Bu haqida gapirganda, yengil sanoat, charm poyabzal va farmatsevtika tarmoqlarida kelgusi besh yilda bir trillion 565 milliard so’m sarmoya o’zlashtirilib, jami 353 ta investitsiya loyihasi joriyetilishini alohida aytib o’tmoqchiman. Namangan shahri, Namangan, To’raqo’rg’on, Uychi va Uchqo’rg’on tumanlarida tayyr to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish hisobidan viloyatda paxta tolasini qayta ishlash darajasi 2021-yilga borib hozirgi 49 foizdan 94 foizga ko’tariladi. Hisob kitoblar shuni ko’rsatadiki, ip-kalavani eksport qilsak, talabga nisbatan 1.4 marta ko’p daromad olamiz. Agar tayyor mahsulotga aylantirib sotadigan bo’lsak, eksportdan keladigan daromadimiz 6 barobarga ko’payadi. Bu faqat valyuta tushumi emas balki yangi ish o’rinlari, budjet ga qo’shimcha soliq va aholi farovonligi demakdir. Shu sababi tekistil va tikuv-trikotaj sanoatida yanada rivojlantirish maqsadida yaqin besh yilda Namangan viloyatida umumiy qiymati 346 million dollar bo’lgan 16 ta investitsiya loyihasi amalga oshoriladi. Masalan, 2016-2018- yillarda Uchqo’rg’on tumanida 3ta korxonada umumiy qiymati 210 million dollar bo’lgan loyihalar amalga oshirilib yiliga 26 ming tonna ip va aralash kalava , 25 million momiq va 2 million trikotaj buyum ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi.
    Namangan viloyati haqida so’z yuritar ekanmiz birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning “Namanganda pok niyatli insonlar yashaydi” degan so'zlari beixtiyor yodimizga tushadi. Bu samimiy ta’rifda butun xalqimizni fikri ifoda etilgan desak ayni haqiqat bo’ladi. SH.M.Mirziyoyev Namanganni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan g’oya va dasturlari natijasida bugun viloyatimizning barcha hududlari,tobora obod bo’lib barobardan oshib unda sanoat sohasining ulishi16.7foizdan 21foizga yetgani barchamizni quvontirmoqda.Tarmoqni yanada rivojlantirish maqsadida 2017-2021-yillarda toqimachilik ,tikuvchilik va trikotaj sanoatida umumiy qiymati 2.2millon dollardan ortiq bolgan 140ta loyha amalga oshirilishi ko’zda tutilmoqda. Joriy yilda qiymati 90 million dollarga teng 25 ta yangi sanoat korxonasi ishga tushiriladi.
    Yengil sanoat mahsulotlarini eksportini kengaytirishga alohida etibor qaratilmoqda. Shu yilning o’tgan 9oyida eksport hajmi 767.3 millon dollarni tashkil etdi. Bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 17.9 % ko’pdir.O ’tgan davrda eksport qiluvchi korxonalar soni 38 taga ko’payib 250 taga yetdi.
    Yengil sanoatni yanada rivojlantirih va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish chora tadbirlari to’g’risidagi Prezidentimiz SH.M.MIRZIYOYEVni (PQ-4453-son, 16.09.2019-y) qarori qabul qilindi.
    Qaror bilan xomashyoni qayta ishlash asosida bozor talablariga mosd dizaynerlik, to’qimachilik, tikuv- trikotaj, charm-poyabzal va mo’ynachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishning 2020-2025-yillarga mo’ljallangan maqsadli parametrlari tasdiqlandi.
    Qarorni qabul qilishdan maqsad so’ngi yillarda respublikamizda yengil sanoatning to’qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo’ynachilik tarmoqlarini rivojlantirish ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari assortimentini kengaytirish, shuningdek, tarmoq korxonalarning investitsiya va eksport faoliyatini har tomonlama qo’llab quvatlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.
    Shunday imkoniyatlardan foydalangan xolda yosh kadrlarimiz ko’plab tarmoqlar bo’yicha tajriba va yangiliklarga erishyabdi. Shu jumladan yengil sanoatni dizayner sohasida ham ko’plab yutuqlarga erishilyabdi, erishilgan yutuqlar va yaratilgan yangiliklarni o’rganib chiqqan xolda men ham qadimgi Hindiston tarixini, urf odatlarini hamda mintaqasini o’rgangan holda “Qadimgi hind kostyumlari (ayollar)” mavzusi asosidakurs ishi tayyorlamoqdaman. Bu mavzuni tanlashimdan maqsad avvalo ularning urf odatlariga kuy qo’shiqlariga bo’lgan qiziqishim hamda xozirgi hind liboslarini qadimgi hind liboslaridan farqini bilishga bo’lgan qiziqishimni inobatga oldim.
    Kurs ishimni boshlashdan avval dizaynerlik haqqida qisqacha ma’lumot berib o’tsam.
    Dizayn (inglizcha: design — „loyiha“, „chizma“, „rasm“) — narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini shakllantirish maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyati turlarini ifodalovchi termin. Dizayn faoliyati tarkibiga keng isteʼmol buyumlari, mashina, dastgoh, kiyim, reklama va oʻrov materiallari, i. ch., jamoat va turar joy binolarini jihozlash, mebel va b. kiradi. Dizayn 20-asr boshlarida yuzaga kelib, 1930-yillarda maxsus faoliyat turi sifatida Gʻarbiy Yevropa va AQShda shakllandi. 1980-yil 2-yarmidan dizaynning faoliyat doirasi kengaydi. Dizaynerlar rassom sezgisi bilan birga ilmiy fanlar (masalan, materialshunoslik, rangshunoslik va boshqa)ga tayanadi, i. ch. jarayoni va sharoitlari, sotsiologiya va boshqa bilimlarga ega bulishi lozim. Dizayn sohasidagi mutaxassislar maxsus oliy oʻquv yurtlaridatayyorlanadi. Jumladan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ham interyerlar va sanoat grafikasi, libos dizayn boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.

    Download 1.12 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 1.12 Mb.