Mavzu: Arxitekturaviy-landshaftning loyihaviy yechimlari. Reja




Download 2.08 Mb.
bet1/4
Sana26.02.2024
Hajmi2.08 Mb.
#162815
  1   2   3   4
Bog'liq
Arxitekturaviy-landshaftning loyihaviy yechimlari
8-sinf 4-chorak test, Avtomobil yo’llarini loyihalash, Danaboyev, Avtomobil yo’llaridagi sun’iy inshootlar, ularning asosiy turlari va tasnfi., Shahar hududida tashkil etilgan “Yashil maydon”lar arxitekturasi, Ko’priklar va yo’l o’tkazgichlarning asosiy arxitektura-konstruktiv elementlari, xulosa

Mavzu: Arxitekturaviy-landshaftning loyihaviy yechimlari.
Reja:


  1. Arxitekturaviy-landshaft loyihalash to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.

  2. Avtomobil yo‘li trassasini landshaftni hisobga olib loyihalash.

  3. Avtomobil yo‘li elementlarini landshaft bilan uyg‘unlashuvi.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish.
Landshaft arxitekturasining sermazmun va serfayz tajribalari
bilan tanishish nafaqat arxitektorlarga, balki m e’morchilikning boshqa sohalarida ishlayotgan arxitektorlar, xususan, qishloq arxitektorlariga ham birday amiyatlidir. Ushbu darslikni yozishdan maqsad nafaqat o‘quv adabiyotlarining vetishmasligiga barham berish, balki landshaft arxitekturasi va bog‘-park san’atining eng qadimgi davrlaridan to bizning kunlargacha bosib o‘tgan taraqqiyot jarayonida orttirilgan boy tajribalari haqida tushuncha berish va hu sohadagi muhim amaliy ishlar va loyihalash jarayonlari bilan Inlabalarni tanishtirishdir.
“Landshnft arxitekturasi” atamasi ilk bor bundan 150 yillar muqaddnm avval Angliyada 1850-yillardan so‘ng Amerika qo‘shma shlallarlda IH72-yildan u yerdagi yirik Xalqaro ko‘rgazma parklar va milliy parklami tashkil qilish muammolari bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. O'zbekistonda esa landshaft arxitekturasi fani, asosan, mustaqillik yillarida shakllandi va rivojlanib kelmoqda. Landshaft arxitekturasining taraqqiyot yo'lini yaxlit tushunish uchun ushbu atamaning mohiyatini aniqlash, landshaft arxitektorlarining nimalar bilan shug'ullanishlari va bu sohaning keng arxitektura dunyosidagi o'm ini chuqurroq anglash juda muhimdir. Arxitektorlar, m a’lumki, nafaqat bino va inshootlar qurish, shaharlar yaratish, balki ochiq fazoviy muhitlar arxitekturasi va ularni tashkillashtirish bilan ham shug‘ullanadilar. Bularga ko'chalar, maydonlar, gulzorlar, xiyobonlar, sohillar, mikrorayonlar ichidagi bog'lar, skverlar, bulvarlar, maxsus parklar, istirohat bog'-saroylari, milliy bog‘lar, xiyobonlar, m o‘jaz bog'lar va tarixiy landshaftlar kiradi. Sun’iy tarzda yaratiladigan
bunday ochiq maskanlar
ro'yxatini yana ham davom ettirish mumkin. Landshaft arxitekturasining asosiy maqsadi ana shunday ochiq maskanlar muhitini tabiiy landshaft va sun’iy elem entlar, shu jum ladan, m o'jaz m e’moriy shakllar, tashqi obodonlashtirish elementlari va informatsion axborot qurilmalari vositasida kompozitsion badiiy, me’­moriy-rejaviy va landshaft shakllantirishdir.
Arxitektura, shaharsozlik va landshaft arxitekturasi o'zaro uzviy
aloqada bo'lib, bir-biridan muhitni shakllantirishda qo'llaniladigan
materiallari va vositalari bilangina farq qiladi. Har uchala soha
ham kishilik jamiyatining rivojlanish tarixida umumiy bir yo'nalish
va maqsadlar uchun xizmat qilgan. Landshaft arxitekturasi ham
arxitektura va shaharsozlik kabi barcha tarixiy ijtimoiy bosqichlarda
jamiyat ehtiyojlarini qondirib kelgan va o'z davrining badiiy madaniy
hamda umuminsoniy yutuqlarini o'zida mujassamlashtirgan.

Hozirgi avtomobil yo‘llarini arxitektura-landshaft loyihalash tushunchasi birdan paydo bo‘lmagan. Yo‘lga estetik ko‘rinish berish inson xayotining rivojlanishini uzoq vaqt davom etgan jarayonida va u yaratgan material dunyosida shakllanib borgan. Umuman yo‘lning landshafti to‘g‘risidagi tushunchasi nisbiy tavsifga ega. U tarixiy davrga bog‘liq holda o‘zgarib turadi va har xil xalqlarda har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Shu bilan birgalikda landshaft loyihalashning umumiy asosi va tushunchasi mavjuddir. Bu inson tomonidan qadimgi davrda shakllantirilib hozirgi vaqtgacha davom etib kelmoqda. Hozirgi kunda yo‘lni landshaftli loyihalashda uchta jihati mavjud:


Yo‘lning xusni (chiroyi) tushunchasi va undan olinadigan foydani birligi, uni funksional-estetik maqsadi;
Yo‘lning o‘zini tashqi ko‘rinishi, ob’ektni fazoda arxitektura estetikasi;
Yo‘lda harakatlanganda olinadigan xissiyotlarni yig‘indisi deb tushuniladigan yo‘lning xusni (chiroyligi), yo‘l atrofini xusni.
Bu keltirilgan estetik jihatlar toza «ideal» ko‘rinishda mavjud emas. Ular o‘zaro birlashadilar va bir birlarini boyitadilar. Ammo tarixiy taxlillar inson sivilizatsiyasining qadimgi rivojlanish bosqichida ularni mavjudligi va tushinib yetilganini ko‘rsatadi.
Qadimgi yo‘llar takomillashgan ob’ekt xisoblanmagan – ularda harkatlanish ko‘pincha qiyin va xavfli bo‘lgan. Yo‘lda yuruvchi yo‘lovchini harakati yengil va tez bo‘lishi – yo‘lning sifatiga: uni kengligiga, ravonligiga, to‘siqlarni borligiga, dam olish imkoniyatiga, tunash joyiga, suv manbalariga bog‘liq bo‘ladi.
Qadimda, Assiro-Vavilonda, Qadimgi Hindistonda, Gresiyada, Xitoyda yuzaga kelgan mifologik manbalarda yo‘lga tegishli bo‘lgan «to‘g‘ri», «keng», «tog‘li» atamalarni uchratish mumkin. Shunday qilib qadimda yo‘lning sifati to‘g‘risida texnik deb ataluvchi ideal-abstrakt tushunchalar tug‘ilgan: ya’ni uni to‘g‘riligi, kengligi ,qoplamani ravonligi, yo‘lda toshlar yoki boshqa buyumlarni bor yoki bo‘lmasligi.
Ammo qadimda bunyod qilingan, ya’ni qurilgan yo‘llarni hozirda «obodonlashtirish» deb ataluvchi atamasiz tafakkur qilib bo‘lmaydi. Eng qadimgi yozuvlarda yo‘l to‘g‘risida, shuningdek yo‘lni obodonlashtirish usullari, ularni darajasi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumotlar keltirladi. Bu ma’lumotlar bizning eragacha bo‘lgan 1299 yilda yashab o‘tgan yegipet faraoni Ramzes II ga tegishli bo‘lib, unda yo‘lni obodonlashtirishga katta e’tibor berilgan.
Yo‘lning amaliy va estetik sifati ko‘p holatlarda uni texnik jihatdan ko‘rilayotgan davr uchun transport turiga bog‘liqdir. Birlamchi yo‘llar yoki yo‘lovchi yo‘lakchalari joyning rel’efiga uzviy bog‘liq, ular sun’iy shaklda biri biridan ajralib turmagan. Ammo g‘ildirakli transportni paydo bo‘lishi bilan (Shumer, 6000 yil avval) ayrim uchastkalarda bo‘ylama qiyalikni ko‘tarmalar, ya’ni sun’iy yo‘l qurish bilan o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan. Bunday ko‘tarmalar Qadimgi Mesopotamiyada, Persiyada va boshqalarda qurilgan, ammo yo‘l umuman muhandislik inshooti sifatida ko‘rilmagan.
Sifatli o‘zgarish bizning eradan avval IV-II asrda Qadimgi Rimda ro‘y berdi. Bunda yo‘lga landshaft bilan uyg‘unlashtirgan holda sun’iy shakl berildi. Yo‘lni to‘g‘ri qilib qurishga, toshli qoplama yoki qum bilan qoplashga harakat qilingan. Agar jar yoki kichik daryochalar uchrasa ularni ko‘prik qurish bilan o‘tilgan, ko‘tarmalar qurilgan, ularga tekislash bilan estetik-chiroy berilgan. Arxitektura-qurilishga oid «Yo‘lning xusni (chiroyi)»degan tushuncha shakllangan, inson qo‘li bilan yaratilgan sun’iy inshootlar barpo bo‘lgan.
Takidlash kerakki, Rim yo‘llarini to‘g‘riligi faqat aloqani tezlashtirish bo‘lib qolmasdan (harbiy-strateg, pochta aloqasi) rim transportini hususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan. Qadimgi rimliklarda g‘ildirakli aravalarda buruvchi o‘qlar bo‘lmagan.
Tosh terilgan yo‘llar (1.1-rasm) faqat transport harakatini o‘zgartirib qolmasdan unga yangi estetik ko‘rinish bergan. Yo‘llar yoki tosh terilgan ko‘chalar umumiy holatda arxitekturali-tashkiliy muhitga aylangan, o‘zining konstruktiv materiali bilan qadimgi shaharlarning binolariga yaqinlashib borgan.
Insoniyat tarixini qadimgi bosqichida maxsus yo‘llar shakllana borgan. Eng ko‘p tarqalgan yo‘l bu harbiy-strateg va savdo ahamiyatiga ega, shuningdek podshoxlar va sarkardalar yo‘llari bo‘lgan.
Qadimgi podshox yo‘llariga misol tariqasida assiriy podshohi Sinaxribni bizning eradan 700 yil avval Vavilonda qurgan yo‘lini ko‘rsatish mumkin. Bu amalda shahar yo‘li bo‘lib, rel’efga moslashtirilgan va haykallar bilan bezatilgan. Balkonlar va yo‘lga chiqib turadigan birorta narsa qurishga ruhsat berilmagan. Podsho yo‘llari juda yuqori darajada

1.1-rasm. Tosh terilgan Rim yo‘li

obodonlashtirilishi va ko‘kalamzorlashtirilishi bilan boshqa yo‘llardan ajralib turgan.


Keyinchalik imperator yo‘llarini qurilishi arxitektura-rassomchilikni juda muxim vazifasi hisoblangan va o‘sha davrning umumiy holatini aks ettirgan. Masalan Lyudovik XIV tomonidan XVII asrning oxiri – XVIII asrning boshida qurilgan Parij-Versal yo‘lini ko‘rsatish mumkin. U absolyut to‘g‘ri va bir necha qator alleya bilan o‘ralgan bo‘lib, juda viqorli ko‘rinishga ega
bo‘lgan.
Rossiya yo‘l tarixida eng mashhur podshoh yo‘li XVIII asrda qurilgan Peterburg-Podshoh qishlog‘i (Sarskoe Selo) hisoblangan. U juda yuqori arxitektura-rassomchilik yechimiga ega bo‘lgan.
Sakral yo‘llari juda katta estetik ahamiyatga ega bo‘lgan. Bunday yo‘llarga diniy yoki magistik ritual harakatlarni olib borish mumkin bo‘lgan yo‘llar kirgan, ular ibodatxonalarga, mozorlarga va boshqa diniy ahamiyatga ega bo‘lgan binolarga olib borganlar. Bunday yo‘llarni eng mashhurlari – jarayonlar yo‘li – Qadimgi Vavilonda esa Gilva- Ishtar darvozalarini bog‘lagan. Qadimgi Gresiyada muqaddas yo‘llar Afinadan Elevsinga tomon davom etgan, ularda diniy marosimlar o‘tkazganlar.

Download 2.08 Mb.
  1   2   3   4




Download 2.08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Arxitekturaviy-landshaftning loyihaviy yechimlari. Reja

Download 2.08 Mb.