• Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Mavzu: Ko’priklar va yo’l o’tkazgichlarning asosiy arxitektura-konstruktiv elementlari. Reja




    Download 0.75 Mb.
    Sana26.02.2024
    Hajmi0.75 Mb.
    #162554
    Bog'liq
    Ko’priklar va yo’l o’tkazgichlarning asosiy arxitektura-konstruktiv elementlari
    8-sinf 4-chorak test, Avtomobil yo’llarini loyihalash, Danaboyev, Avtomobil yo’llaridagi sun’iy inshootlar, ularning asosiy turlari va tasnfi., Shahar hududida tashkil etilgan “Yashil maydon”lar arxitekturasi, xulosa, Arxitekturaviy-landshaftning loyihaviy yechimlari

    Mavzu: Ko’priklar va yo’l o’tkazgichlarning asosiy arxitektura-konstruktiv elementlari.


    Reja:



    1. Yo‘l o‘tkazgichlar haqida tushuncha.

    2. Ko’priklar va yo’l o’tkazgichlarning konstruktiv elementlari.

    3. Xulosa.

    4. Foydalanilgan adabiyotlar.

    Yo‘l o‘tkazgich kesib o‘tgan yo‘lda avtomobilning yo‘l to‘shamasidan chiqib ketishi ayniqsa xavfli bo‘ladi.


    Bunday hollarda to‘g‘ri yo‘nalishdan chetlashgan avtomobil yo‘l o‘tkazgichning chetki yoki o‘rtadagi tayanchiga urilishi mumkin. Ajratish polosasiga chiqib ketish va o‘rta tayanchga urilishga ko‘pincha yo‘l o‘tkazgich yaqinida avtomobillarning ikkita mashinani quvib o‘tishi sabab bo‘ladi.
    Boshqa davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, avtomobillar yo‘l o‘tkazgichlari tayanchlariga urilishi hodislari ko‘p uchrab turadi. Bunday urilish natijasida avtomobil ham yo‘l o‘tkazgich konstruksiyasi ham jiddiy shikastlanishi mumkin.
    Agar harakat vaqtida yo‘ldan chiqib ketgan avtomobil tayanchga qisman tegib ketsa avtomobil ham tayanch ham ko‘p shikastlanmaydi.
    Katta tezlik bilan yo‘ldan chiqib tayanchga qiya yoki tik urilganda esa oqibati og‘ir bo‘ladi
    Og‘irligi va qattiqligi ko‘p bo‘lgan katta tayanchlar odatda arzimas shikastlanadi; katta tayanchga urilgan avtomobil esa qattiq shikastlanishi mumkin.
    Yo‘l o‘tkazgichlarning zamonaviy yengil ustundan iborat tayanchlari avtomobil urilganda qattiq shikastlanishi, hatto buzilishi ham mumkin.
    Avtomobillar yo‘l o‘tkazgichlar tayanchlariga urilmasligi uchun turli chora ko‘rish mumkin. Haydovchilarni yo‘l o‘tkazgich ostidan o‘tish haqida vaqtida ogohlantirishning ahamiyati katta bo‘ladi. Buning uchun yo‘lga maxsus ogohlantirish belgisi o‘rnatiladi. Harakat xavfsizligi uchun bunday belgilarning ahamiyatini kam deb bo‘lmaydi.
    Yo‘l kesishgan murakkab joylarga yaqinlashganda avtomobil haydovchilarini yo‘ldagi harakat sharoiti, bo‘g‘indagi harakat va yo‘l o‘tkazgich borligi haqida ogohlantiradigan yo‘l belgilari tizimini ko‘zda tutish kera.k
    Avtomobillar urilishi ehtimolini kamaytirish uchun yo‘l o‘tkazgich tayanchlarini iloji boricha yo‘l qatnov qismidan uzoqroqda joylashtirish kerak.
    I toifali yo‘llarda yo‘l o‘tkazgichlarning oraliq tayanchlari ajratish polosasining o‘rtasiga nisbatan shunday joylashishi kerakki, cheti yo‘l qatnov qismidan kamida 1,75 narida bo‘lishi kerak (4.35, b rasm). Shuning uchun yo‘l o‘tkazgich ostidagi ajratish polosasining kengligi kamida 3,5 m bo‘lishi va unga yo‘l o‘tkazgich oraliq tayanchi kengligi qo‘shilishi kerak.
    Avtomobillar yo‘l o‘tkazgich tayanchlariga urilishi oldini olishining eng ishonchli usuli – maxsus to‘siqlar o‘rnatish bo‘ladi.
    Bunday to‘siqlar qo‘yilishining bir qancha usullari mavjud. Avtomobillar urilishidan himoya qilishning eng sodda usuli – qatnov qismi yonidagi bordyurlarni balandroq qilish kerak. Balandligi 0,45-0,5 m bo‘lgan bordyur tayanch yonidan 0,5 oraliqda joylashtirilsa (4.36, a rasm) to‘g‘ri harakat yo‘nalishidan og‘gan, urilish burchagi va tezligi kam bo‘lgan avtomobil g‘ildiragini ushlab qolaoladi. Qatnov qism to‘shamasidan chiqib ketgan avtomobillar yo‘l o‘tkazgich ostiga o‘tib ketmasligi uchun baland bordyurlar himoya qilinayotgan tayanchdan yetarli darajada uzoq masofaga chiqarilishi kerak. Oraliq tayanchlar oldida bordyurlarni maxsus qaytargich massivlar bilan birga ishlatish kerak. Yo‘l o‘tkazgichga borish yo‘li egri chiziqdan o‘tganda haydovchining e’tiborini oraliq tayanch holatiga qaratish ayniqsa muhim bo‘ladi, buning uchun ba’zi davlatlarda qaytarish massivi bo‘yaladi, maxsus ko‘rsatish belgisi qo‘yiladi.

    4.35-rasm. Yo‘l o‘tkazgich tayanchlari joylashishiga talab:
    1-yo‘lning qatnov qismi: 2-yo‘l to‘shamasi:3-yon kanva; 4-tik ko‘tarilgan joy cheti; 5-oraliq tayanch.

    Yo‘l o‘tkazgich tayanchlarini avtomobillar urilishidan himoya qilishning yana bir usuli – tayanch ko‘taruvchi elementlariga nisbatan chiqib turadigan katta sokollar qurish bo‘ladi (4.36, b rasm). sokollar katta tayanchlarni himoya qilish uchun ham ustun tayanchlarni himoya qilish uchun ham ishlatilishi mumkin. Tayanch ustun ko‘rinishida bo‘lganda sokol hamma ustunga umumiy qurilishi to‘g‘ri bo‘ladi.



    4.36-rasm. Yo‘l o‘tkazgich tayanchini avtomobillar chiqib ketishidan va urilishidan himoya qilish
    1-baland ko‘tarilgan bordyur; 2-katta sokol; 3-metall to‘siq; 4-temirbeton bordyur

    Xorijda yo‘l o‘tkazgich tayanchlarini avtomobil urilishidan himoya qilish uchun ko‘proq temirbeton (4.36, g rasm) yoki metall to‘suvchi moslamalar ishlatiladi (4.36, v rasm).


    To‘suvchi moslamalarning konstuksiyasi avtomobil yo‘llarining oddiy qismidagidek bo‘ladi. Faqat yo‘l o‘tkazgichlar ostida, ko‘prikdagidek sabab bilan, trosli (egiluvchan) to‘siqlar o‘rnatilishiga ruxsat berilmaydi. Bunday to‘siqlarning avtomobil urilgandagi deformatsiyasi juda katta bo‘lgani uchun zarbani qaytarish uchun ularni tayanch konstuksiyasidan juda katta masofada o‘rnatish kerak bo‘lardi.
    Temirbeton va metall to‘suvchi vositalar odatda himoya qilinadigan tayanchdan kamida 1 m narida o‘rnatiladi.

    4.37-rasm. Yo‘l o‘tkazgich asosini maxsus profilli temirbeton bordyur bilan himoya qilinishi (Fransiya)

    Chetdagi tayanchlar oldidagi to‘suvchi moslamalar yo‘l o‘tkazgich oldidagi harakat tomonga 10-15 m chiqariladi va yo‘l o‘tkazgich ostiga kirish joyidagi qatnov qismidan chiqib ketgan avtomobillarni qaytarish uchun yo‘l yoqasiga o‘tkaziladi (4.36, d rasm). Qarama-qarshi harakat yo‘liga chiqib ketgan avtomobillar urilmasligi uchun ko‘pincha tayanchning ikki tomonidan bir xil masofada to‘siq chiqariladi (4.36, j rasm). To‘siq tayanchdan uzoqqa chiqarilmaydigan hollar ham uchraydi (4.37 rasm).


    Oraliq tayanchlar oldidagi to‘siqlar avtomobil harakati yo‘nalishiga muvofiq o‘rnatiladi (4.36, c rasm). To‘siq ishonchli bo‘lishi uchun ko‘pincha yopiq yechim ishlatiladi (4.36 j rasm), bunday to‘siqlarning bosh qismiga avtomobillar to‘g‘ri zarbasini o‘ziga oladigan maxsus qaytaruvchi moslamalar o‘rnatiladi. Biroq bunday qaytaruvchi massivlarning maqsadga muvofiqligi bahsli, sababi avtomobil to‘g‘ri urilganda yarim qattiq to‘siqlar zarbani yaxshiroq amortizatsiya qiladi va avtomobilni kamroq shikastlantiradi.
    Fransiya avtomagistrallarida yo‘l o‘tkazgich tayanchlarini 4.38-rasmdagi sxemada ko‘rsatilgandek himoya qilish tavsiya qilinadi. O‘rta tayanch to‘sig‘ining ko‘rinishi o‘ziga xos, yo‘l o‘tkazgichga mashina yaqinlashadigan tomonga qarab egilgan. Fransiyada to‘siqlar chetki tayanchlarning ikki tomoniga 15 m ga, o‘rta tayanchlardan esa 10 m ga chiqariladi.
    Shahardagi estakda tayanchlari ham yo‘l o‘tkazgich tayanchlaridek himoya qilinadi. Avtomobillar estakada tayanchlari oldida burilishi mumkin bo‘lgan joylarda ular tayanchning ikki tomoniga o‘rnatilgan va planda burchak ko‘rinishda bo‘ladigan to‘siq qurilmalar bilan himoya qilinadi.



    4.38-rasm. Fransiya avtomagistrallarida ishlatiladigan yo‘l o‘tkazgich tayanchini himoya qilish usuli

    II-III toifalari avtomobil yo‘llari temir yo‘llar bo‘ylab 100 m masofadan yaqinda o‘tgan taqdirda 4.39-rasmda ko‘rsatilgan yo‘l kesishish yoki birlashish usulini ishlatish tavsiya qilinadi.


    Yo‘l belgilari va belgilashlarning joylashishi birlashadigan yo‘llarning joylashishiga bog‘liq bo‘ladi va har safar alohida tuzib chiqiladi, 4 polosali yo‘l 2 polosali yo‘lga birikishining ko‘p ishlatiladigan sxemasi 4.40-rasmda ko‘rsatilgan.
    O‘tish uchastkasi uzunligini 4.5-jadvalga ko‘ra 4.40-sxemaga asoslanib olish kerak.

    4.39-rasm. Temir yo‘l o‘tish joyi bilan bir darajada joylashgan avtomobil yo‘lining birlashish chizmasi

    4.5-jadval



    Yo‘l uchastkasidagi hisoblangan tezlik, km/ch

    m

    m

    120

    1400/1000

    250

    100

    1000/700

    210

    80

    660/450

    170

    60

    350/250

    130

    40

    160/100

    80




    4.40-rasm. Harakatni tashkil qilish sxemasi
    1-qatnov qismi belgilanishi; 2-parabolik shaklli prokat po‘latdan yasalgan to‘siq; 3-ajratish polosasi; belgilar: 1.18.2,1.18.3-yo‘lningtorayishi; 3.20-quvib o‘tish ta’qiqlanadi; 4.21-to‘siqni aylanib o‘tish; 5.8.3,5.8.4-polosaning boshlanishi; 5.8.5, 5.8.6-polosaning tugashi.



    4.41-rasm. Bar’er to‘siqning parapet bilan birikishi
    a - profil; b - plan; 1 – planka; 2 – parapet; 3 – ustun; 4 – amortizator; 5 – ustun tirgaklar

    Avtomobillar trotuarga va panjaraga urilmasligi uchun, shuningdek, haydovchilarga mo‘ljal bo‘lishi uchun kelish yo‘llaridagi to‘siqlar ko‘prikdagi to‘siqlar bilan birikishi kerak. Planda birikish uchastkasida ularning joylashishi ko‘prikdan uzoqlashgan sari ohista kengayadigan egri chiziqni ko‘zda tutishi kerak. Turli to‘siqlarni birlashtirish usuli 4.41-rasmda ko‘rsatilgan.


    Ko‘priklarda, ularga boradigan yo‘lda harakat xavfsiz bo‘lishi uchun ko‘prikdan o‘tayotgan avtomobillar, shu yo‘lda ruxsat berilgan qaysi tezlikda yurishidan qat’iy nazar, harakat yo‘nalishidan chetlashmasliklari va yo‘lning qatnov qismidan chiqib ketmasliklari kerak.
    Ko‘prikdagi harakat xavfsiz bo‘lishi uchun asosan quyidagi ikkita ish bajariladi:
    a) qatnov qismining chegarasi aniq ko‘rsatilib, haydovchining yo‘li belgilab qo‘yiladi, qaysi tomonga harakat qilish ko‘rsatiladi;
    b) avtomobillar qatnov qismidagi harakat yo‘nalishidan chiqib ketmasligi uchun maxsus to‘siqlar o‘rnatiladi.
    Ko‘prikda ham unga borish yo‘lida ham haydovchi qaysi tomonga yurish kerakligini ko‘rib turishi kerak. Bundan tashqari, haydovchi kunduzi ham kechasi ham harakat yo‘nalishini aniq tushunishi lozim. Harakat yo‘nalishining ko‘rinishi shunchalik aniq bo‘lishi kerakki, harakat tezligi katta bo‘lganda ham haydovchi vaqtida yo‘lning xususiyatini tushunishi, tezlikni kamaytirmasdan ko‘prikka chiqishi va undan tushishi kerak.
    Piyodalarning ta’siriga mo‘ljallangan oddiy panjaralar avtomobilni, ayniqsa, og‘ir, tez kelayotgan avtomobilni qulab tushishdan saqlay olmaydi. Shuning uchun ko‘p ko‘priklarda qatnov qismini ishonchli to‘sib turadigan, avtomobillar undan chiqib ketishi oldini oladigan vositalar yo‘q.
    Lekin zamonaviy sharoit ko‘priklarga to‘suvchi vositalar qo‘yilishini talab qilishi toboro aniq bo‘lib borayapti. Harakat tezligining oshgani, katta yuk oladigan, g‘ildiraklari katta avtomobillar sonining oshgani to‘siq konstruksiyalar katta bo‘lishini talab qiladi.
    Ayniqsa avtomagistrallar, temir yo‘llar ustida o‘tgan yo‘l o‘tkazgichlarda albatta to‘siqlar bo‘lishi kerak. Bunday yo‘l o‘tkazgichlardan avtomobilning tushib ketishi pastda harakatlanayotgan avtomobillar yoki poezdlar uchun nihoyatda xavfli bo‘ladi, ko‘pincha og‘ir oqibatlarga olib keladi.
    To‘siq ko‘prikning o‘zida ham unga keladigan yo‘lda ham xavfsizlikni ta’minlashi kerak.
    Avtomobil qarshi polosaga chiqib ketgani uchun ham avariya ko‘p bo‘ladi. Bunday avariyalar ayniqsa ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalarda ayniqsa xavfli bo‘ladi. Shuning uchun harakat jadalligi ko‘p bo‘ladigan sun’iy inshootlarda qatnov qismi bilan qarshi harakat qismi to‘sib qo‘yilishi kerak.
    Ko‘p xorij davlatlari avtomagistrallarida, yo‘llari va ko‘priklarida konstruksiyasi va ishlash prinsipi turlicha bo‘lgan maxsus to‘siqlar ishlatiladi. Ular qurilayotgan, mavjud va rekonstruksiya qilinayotgan yo‘l yoqalarida o‘rnatiladi.
    Xorijda avtomobillarning qatnov qismidan chiqib ketishi va ko‘prikdan tushib ketishi oldini oladigan ikkita asosiy to‘siq turi ishlatiladi. To‘siqlar panjaralar bilan biriktiriladi, shunday bo‘lganda ularning konstuksiyasi urilgan avtomobillarning zarbasini to‘xtatib qoladigan bo‘ladi yoki bordyurlar bilan qo‘shib qatnov qismining chetiga joylashtiriladi yoki undan uzoqroq qilib o‘rnatiladi.
    To‘siqlar trotuar bordyuri yonida joylashtirilgan taqdirda trotuar avtomobillarning urilishidan himoya qilinadi, ko‘prikda piyodalar harakati bo‘lgan taqdirda esa bunday qurilmalarning bo‘lishi shart hisoblanadi.
    Xorijda ko‘p ishlatiladigan to‘siqlarning panjara bilan qo‘shib o‘rnatilishi piyodalarning xavfsizligini ta’minlamaydi va faqat ko‘prikda piyodalar harakati bo‘lmaganda yoki piyodalar kam bo‘lani uchun maxsus tratuarlar qurish zarurati bo‘lmagandagina ishlatishga ruxsat etiladi


    Xulosa
    Tabiiy landshaft qadimdan kuchli fizik va psixik sog‘lomlashtirish va estetik yaxshi ta’sir qiluvchi omil deb hisoblanib kelgan. Ammo faqat bizning vaqtga kelib tabiiy landshaft yuzaki ko‘rinmasdan, yashash muhitining muxim komponenti sifatida, ekologik muvozanatni muxim bo‘lagi deb ko‘rilmoqda. Tabiiy muhitda arxitektura- landshaftni tashkillashtirishda birinchi jixat – uni bevosita saqlashdir. Arxitektura- landshaftni tashkillashtirishda biz landshaft loyihalash jixatlaridan foydalanamiz. Demak yo‘l avtotransportni o‘tkazish uchun texnologik inshoot sifatida rejada, bo‘ylama va ko‘ndalang kesimda ma’lum o‘lchamlarga ega bo‘lishi, tabiiy landshaftga moslashishi kerak, yo‘lni landshaft bilan uni tashqi ko‘rinishi bo‘yicha atrof muhit bilan uyg‘unlashuvi kerak bo‘ladi. Hozirgi zamon landshaft loyihalashning nazariyasi, avtomobil yo‘llari trassasini tanlashga, landshaft shakliga bog‘liq ravishda nozik yondashadi. Yo‘l muhitini tashkil qilishda landshaft loyihalashni usullaridan foydalanib, tabiyatni saqlash va uni o‘rganish jihatlarini tushunib yetamiz. Shuningdek xar bir tabiiy yoki urbanlashgan landshaft o‘zining landshaft masshtabiga ega ekanligini unutmaslik kerak.


    Foydalanilgan adabiyotlar.

    1.O’tilgan ma’ruza matnlari.


    2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asining 2013-yil 13-avgustda
    tasdiqlangan 223-so n li «0‘zbekiston Respublikasida landshaft dizaynini
    rivojlantirish Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori. — T.: 2013.
    3. Adilova L.A. Landshaft arxitekturasi. O‘quv qo’llanma. - T.: 2009.
    Download 0.75 Mb.




    Download 0.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Ko’priklar va yo’l o’tkazgichlarning asosiy arxitektura-konstruktiv elementlari. Reja

    Download 0.75 Mb.