O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti




Download 0.74 Mb.
bet1/29
Sana23.02.2024
Hajmi0.74 Mb.
#161394
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Danaboyev
8-sinf 4-chorak test, Avtomobil yo’llarini loyihalash, Avtomobil yo’llaridagi sun’iy inshootlar, ularning asosiy turlari va tasnfi., Shahar hududida tashkil etilgan “Yashil maydon”lar arxitekturasi, Ko’priklar va yo’l o’tkazgichlarning asosiy arxitektura-konstruktiv elementlari, xulosa, Arxitekturaviy-landshaftning loyihaviy yechimlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

AVTOMOBIL YO‘LLARI MUHANDISLIGI” FAKULTETI


AVTOMOBIL YO‘LLARINI QURISH VA EKSPLUATATSIYA QILISH” KAFEDRASI
AERODROMLARNI QURISH VA EKSPLUATATSIYA QILISH ’’
fanidan KURS ISHI

Kirish
Uchish apparatlari ixtiro qilinishi bilan ularni uchishi va qo‘nishi uchun sharoit yaratish muammosi yuzaga keldi, ya’ni maxsus qurilmali maydonlar qurish zaruriyati tuzildi. Bu maqsadda avval tekis yer uchastkalaridan foydalanildi, ko‘pincha bunday uchastkalar shahar ichida joylashgan (ipodromlar, harbiy-o‘quv poligonlar). Keyinchalik maxsus yer maydonlarini jihozlash - aerodromlar talab qilindi. O‘zbekistonda birinchi marta 12 may 1924 yilda fuqaro aviatsiyasi tashkil etildi. Havo aloqalari-havo kemalarini havo kengligidagi uchishi – havo trassalari bo‘yicha mahalliy havo yo‘llarida va belgilangan yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi. Havo trassalari yer yuzasidan yuqorida fazoda yo‘lakcha ko‘rinishida o‘tadi. Havo trassasining yo‘nalishi va kengligi, mahalliy havo yo‘llari va yo‘nalishlari, shuningdek uchish balandligi, uchish xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda va tegishli tashkilotlar qiziqishlarini inobatga olgan holda belgilanadi.
Aeroport - havo kemalarini qabul qilish, jo‘natish va havoda tashishga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan inshootlar majmuasidir. Bunga aerodrom, texnik xizmat ko‘rsatish hududi, alohida inshootlar va aerodromga yondosh aerodrom oldi hududi kiradi.
Aerodrom - aeroportni tashkil etuvchi bosh qismi. Aerodrom havo kemalarini uchishi, qo‘nishi, yurgizib borish, saqlash va xizmat ko‘rsatishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan inshoot va qurilmalar majmuasiga ega bo‘lgan maxsus tayyorlangan yer uchastkasidir.
Texnik xizmat ko‘rsatish hududi - aeroport yer uchastkasining bir qismini tashkil etib, yo‘lovchi, yuk va pochtalar tashish, havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun va yordamchi imorat va inshootlar joylashishi uchun mo‘ljallangan.
Aerodrom oldi hududi - bu aerodromga yondosh joy bo‘lib, uning tepasida, ya’ni havo bo‘shlitsida havo kemalari manyovr qilishni bajaradi.
Magistral - aeroportlar havo trassalari bo‘yicha tashishni asosiy hajmini amalga oshiradi, yirik ma’muriy va madaniy markazlarni birlashtiradi.
Ekspluatatsion vazifasi bo‘yicha aerodrom quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) trassali - passajir, yuk va pochtalarni tashuvchi havo kemalarini ekspluatatsiyasi uchun ko‘zda tutiladi; 2) zavodniki - aviazavodlar yoki tuzatish korxonalarida chiqariladigan havo kemalarini sinov uchishlari uchun muljallangan; 3) o‘quv - havo kemalarini o‘quv mashqlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan; 4) aviatsiyani halq xo‘jaligida qo‘llash - aviatsiya ishlarini halq xo‘jaligining turli tarmoqlarida bajarish uchun: qishloq xo‘jaligi, o‘rmon, aerofotos’emka, ekspluatatsiyaga xizmat qilish, aholiga meditsina yordami ko‘rsatish uchun va sanitar tadbirlarini o‘tkazish va boshqa ishlarda qo‘llash.
Foydalanish vaqti bo‘yicha quyidagicha bo‘linadi:
- kecha - kunduz surunkasiga ishlaydigan - kunning barcha vaqtida havo kemalarini xavfsiz va doimiy ekspluatatsiyasini ta’minlaydigan vositalar bilan ta’minlangan ;
- kunduzgi - kunduzgi uchishlar uchun tayyorlangan.
Aerodromlar oltita sinf (A, B, V, G, D, Ye) ga bo‘linadi. Bu standart sharoitda sun’iy qoplamali asosiy uchish - qo‘nish tasmasining uzunligiga bog‘liq.
Fuqaro aviatsiyasida ekspluatatsiya sinovlari, kelajakdagi o‘zgarishni hisobga olib, havoda tashishni tashkil qilish va ta’minlashga asosan aeroportlar aviatashishini hajmi bo‘yicha besh (I, II, III, IV, V) sinfga turkumlanadi.
Aeroportni transport ishlarining texnologik jarayoni turli xizmatlar bajaradigan bir qator ishlab chiqarish operatsiyalaridan iborat: harakat, tashishni tashkil etish, muxandislik aviatsiyasi, yonilsi moy materiallari, maxsus avtotransport va boshqalar.
Texnologik jarayonni asosiy vazifasi havo kemalarini talab qilingan sonini xavfsiz va doimiy (jadval bo‘yicha) qabul qilish va uchishini ta’minlashdir.
Texnik xizmat ko‘rsatish - texnik va tashkiliy tadbirlar majmuasidir, ular havo kemalarini ekspluatatsiyasi jarayonida passajir va yuklarni tashishda transport ishini talab qilinadigan samaradorligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Texnik xizmat ko‘rsatish tizimida eng zarur ikki kichik chiziq tizimlarni ajratish mumkin: tadbir (profilaktika) va tuzatish.


Download 0.74 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Download 0.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti

Download 0.74 Mb.