• Nazariy qism Aerodrom qoplamalarini yaxmalakdan asrash va uni yo‘qotish texnologiyasi.
  • 8-amaliy ish Mavzu: Aerodrom qoplamalarida yaxmalakka qarshi kurashish texnologik xaritalari va rejasini ishlab chiqish Ishdan maqsad




    Download 0,55 Mb.
    bet1/3
    Sana21.12.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #125893
      1   2   3
    Bog'liq
    8-Amaliy ish (1)


    8-amaliy ish
    Mavzu: Aerodrom qoplamalarida yaxmalakka qarshi kurashish texnologik xaritalari va rejasini ishlab chiqish
    Ishdan maqsad: Talabalarga berilgan topshiriqga asosan aerodrom hududida qish vaqtlarida aerodrom qoplamalarida yuzaga keladigan yaxmalaklarni bartaraf etish texnologiyalarini o‘rganadilar.
    Nazariy qism
    Aerodrom qoplamalarini yaxmalakdan asrash va uni yo‘qotish texnologiyasi.
    Aerodromni yaxmalakdan asrash uchun profilaktika choralarini o‘z vaqtida ko‘rish, uni yo‘qotish uchun esa texnika vositalarini (mexanik, issiqlik va kimyoviy) qo‘llash kerak.
    Yaxmalakning oldini olishning asosiy choralari quyidagilar:
    -metall qilli cho‘tkalar bilan jihozlangan qor tozalovchi mashinalar tozalangan qoplama yuzasida 20 km/soat tezlik bilan to‘xtovsiz yuradi. Bir izdan borayotgan mashinalar oralitsidagi vaqt 20 minutdan ortiq bo‘lmasligi kerak, shunda qoplama yuzida muz parda hosil bo‘lmaydi; issiq havo purkaydigan mashinalar 6-8 km/soat, shamol beradigan mashinalar 8-12 km/soat tezlik bilan to‘xtovsiz yuradi; qoplama yuzasi nam bo‘lsa, kimyoviy kukun, quruq bo‘lsa-uning suv eritmasi beriladi.
    Yaxmalakning oldini olishni iloji bo‘lmasa, u qotib ketmasidan sim cho‘tkalar bilan qirish kerak. Keyin ilashish kuchi ortgach, adgeziya 0,98-1,47 MPa ga yetganda, boshqa choralar ko‘riladi.
    Amaliyotda qo‘llanadigan jilvirli, mexanik, issiq yordamida, kimyoviy va qurama usullarning xar biri o‘ziga xos ustunlik va kamchilikka ega. Yaxmalak ustiga kul, mayda shlak, 1-4 mm zarrali qum sepish usuli ilgaridan bor. Yaxmalakni tezroq yo‘qotish uchun ularni qizdirib sepish ma’qulroq. Ba’zan yaxmalak ustiga quruq qor ham sepiladi. U namni o‘ziga tortib, sirpanchiqlikni kamaytiradi. Mexanik usul mashinalar yordamida yaxmalakni qirish, ko‘chirish, urib-urib chiqishdan iborat. Bu usulda yaxmalakdan to‘la qutulib bo‘lmaydi. Issiqlik ko‘llab yaxmalakni yo‘qotish-eng samarali usul. Issiqlik maxsus mashinalar yordamida yoki qoplama ichiga o‘rnatilgan kommunikatsiyalar orqali beriladi. Statsionar tizimga issiqlik tashuvchi sifatida mineral yog‘, spirt eritmasi, etilenglikol kabi past haroratlarda muzlaydigan suyuqliklar beriladi. Issiq suv yoki havo, suv bug‘i ham berilish mumkin. Elektr isitgichlar ham o‘rnatish mumkin. Bu-boshqa usuldan yaxshiroq, lekin elektr quvvatini ko‘p sarflaydi: bir kvadrat metr yuzada yaxmalakni olish uchun 100-200 Vt/soat, uni yo‘qotish uchun 400-600 Vt/soat quvvat kerak. Statsionar tizim qurish kimyoviy usuldan 5-6 marta ortiq qimmatga tushadi.
    Boshqa usullar ham ma’lum: qoplama yuzasiga tok o‘tkazadigan modda surtish, infra-qizil nurlar, yuqori chastotali tok, ulqtratovush kabilar tadqiqot darajasida turibdi.
    Statsionar tizim amalda qo‘llanganicha yo‘q. Yaxmalakni yuqori haroratli gaz oqimi bilan eritib, quritish usuli keng qo‘llanadi. Buning uchun havo kemalarining hisobdan chiqarilgan turboreaktiv dvigatellari ishlatiladi: TM-57 mashinasida ishlatiladigan VK-1, TM-59, TM-61, TM-255, TMT-3 kabi dvigatellar; TM-59B, AIM-1, MVT-2, dagi AP-20, ATM-2, UGM-2D-20P dagi D-20P dvigatellari. Bunday mashinalar, odatda, aeroportlarning o‘zida yasab olinadi. Keng tarqalgan issiqlik mashinalariga quyidagilar kiradi: D-450 pogruzchik shassisidagi o‘ziyurar TM-59, KrAZ 255 avtomobili shassisidagi TM-255, KrAZ-214 shassisidagi UGM-2D-20P. LMP-1 muz tozalagich mashina KrAZ-255B avtomobili bazasiga, AP-20 aviatsiya dvigateli, havo-gaz oqimi beruvchi qurilma, (eritib ko‘chirilgan muz parchalarini puflab tashlash uchun) va 700 kvt. quvvatli galogen lampali infraqizil nurlatgichni o‘rnatib yasalgan.
    Yaxmalakni kimyoviy tozalash havo harorati minus 120S gacha bo‘lganda 10-30 minut ichida qalinligi 3 mm. gacha yaxmalakni erita oladi.
    Qurama usulda yaxmalakni birvarakayiga bir necha usul bilan yo‘qotiladi. Masalan, kimyoviy-mexanik-issiqlik usullar bilan. Issiqlik mashinalari bilan yaxmalakni yo‘qotish quyidagicha tashkil qilinadi: harakatlanishning optimal sxemasini tanlash, ish rejimini va dvigatelni bo‘ylama o‘qqa nisbatan joylashtirish, mashinaning optimal harakat tezligini tanlash. Mashinalarning harakati SUQM ning bo‘ylama o‘qi yo‘nalishida, qoplamaning eni va profiliga, shamol yo‘nalishiga qarab, aylanma yoki mayatnik sxema bilan tashkil qilinadi. Eng tejamkor sxema qoplama o‘rtasidan boshlab chetiga kengayadigan aylanma sxema hisoblanadi (14 a-rasm).
    Bu sxemani SUQM va RY ikkiqiyamali profilga ega bo‘lsa, ko‘llagan ma’qul. Bir qiyamalik profil bo‘lsa, yuqoridan pastga qarab, mayatnik sxema bilan ishlaydi. (14 b-rasm).






    Download 0,55 Mb.
      1   2   3




    Download 0,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-amaliy ish Mavzu: Aerodrom qoplamalarida yaxmalakka qarshi kurashish texnologik xaritalari va rejasini ishlab chiqish Ishdan maqsad

    Download 0,55 Mb.