8-mavzu. Eritmalar turlari. Reja: 1




Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana25.05.2024
Hajmi0,72 Mb.
#254030
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-mavzu. Eritmalar turlari. Reja Eritmalar. Ideal eritma qonunl



8-mavzu. Eritmalar. Eritmalar turlari. 
 
REJA: 
 
1.
 
Eritmalar. Ideal eritma qonunlari. 
2.
 
Suvning elektrolitik dissotsiatsiyasi. pH ko`rsatkich. 
3.
 
Eritmalarning ionli tenglamalari. Kislota va asos nazariyasi.
4.
 
Suyultirilgan eritmalarning xossalari, osmotik bosim. Eruvchanlik. 
5.
 
Eritmalarning muzlash va qaynash temperaturasi. Raul qonunlari. 
 
 
8.1. Eritmalar. Ideal eritma qonunlari. 
Eritma
— 
ikki yoki undan ortiq 
komponent (takroriy qism) dan iborat bo’lgan gomogen sistemadir

Eritmalar 
ularni tashkil qiluvchi moddalarning agregat holatiga ko’ra qattiq, suyuq, gazsimon 
holatlarda bo’ladi.
Qattiq eritmalar 
— bular metallarning turli tarkibga ega bo’lgan qotishmalari 
(po’lat, cho’yan, duralyumin, bronza, latun, jez va hokazo) va tuzlarning 
yoki oksidlarning aralashma lari. 
Gazsimon eritmalarga 
havo (azot, kislorod va boshqa gazlardan iborat) va 
boshqa gazlarning aralashmalari kiradi. 
Qattiq va gazsimon eritmalarda qaysi komponentning miqdori ko’p bo`lsa, 
shu komponent erituvchi hisoblanadi. Masalan: cho’yan — uglerod (4%) ning 
temir (96%) dagi eritmasi bo’lsa, havo — azotdagi (78%) kislorod (21%) va 
boshqa gazlarning eritmasi bo`ladi. 
Eng ko’p o’rganiladigan va ko’p uchraydigan eritmalar suyuq eritmalardir. 
Suyuq eritmalar
— 
asoslar, kislotalar tuzlar va organik moddalarning suv yoki 
boshqa suyuq moddalarda erishidan hosil bo’lgan sistemalardir. Shu sababli, 
eritmalar qatoriga ko’pchilik suyuq1iklar (suv-spirt, spirt-efir, benzol-efir, 
atseton-suv 
atseton-spirt, 
benzol-benzin 
va 
hokazo)ning 
o’zaro 
aralashmalarini kiritish mumkin. Suyuq eritmalarda eritma hosil bo’lish 
jarayonida agregat holatini o’zgartirmaydigan komponent 
erituvchi 
deyiladi. 
Shunga ko’ra, suv bilan spirtning aralashuvidan hosil bo’lgan 40% li spirt eritmasi 
— spirtning suvdagi (60%) eritmasi bo’lsa, 96% li aralashmasi — suvning (4%) 
spirtdagi (96%) eritmasi deb tushunilishi kerak. Masalan: suvda osh tuzi 
eriganda (miqdoridan qat’i nazar) osh tuzi kristallari suv ta’sirida kristall holatini 
yo’qotadi, suv esa suyuq holicha qolaveradi. Shuning uchun bunday eritmalarning 
barchasida suv erituvchi bo’ladi. 
Agar suyuqliklarning o’zaro aralashuvidan hosil bo’lgan eritmalar bo’lsa, 
miqdori ko’p
 
bo’lgan suyuqlik erituvchi hisoblanadi. 
Termodinamik nuqtai 
nazardan eritmalar ideal
, cheksiz suyultirilgan va 
noideal (yoki real) eritmalarga bo'linadi. 
Ideal eritmalar. Bir xil agregat holatda olingan komponentlarni har qanday 
nisbatda aralashtirish natijasida issiqlik effekti kuzatilmasa va hajm o'zgarmasa, 
entropiyaning o`zgarishi esa ideal gazlarni aralashtirgandagi entropiyaning 
o'zgarishiga teng bo'lsa, bunday eritmalar ideal deyiladi: 


∆Н = 0; ∆V = 0; ∆S = ∆Sid 
Cheksiz suyultirilgan eritmalar. Erigan moddaning konsentratsiyasi cheksiz 
kam bo`lsa, bunday eritma cheksiz suyultirilgan deyiladi. 
Real eritmalar. Ideal va cheksiz suyultirilgan eritmalarning termodinamik 
qonuniyatlariga bo`ysunmagan barcha eritmalar real (noideal) eritmalar deyiladi. 

Download 0,72 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish