Eritmalarning ionli tenglamalari. Kislota va asos nazariyasi




Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana25.05.2024
Hajmi0,72 Mb.
#254030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-mavzu. Eritmalar turlari. Reja Eritmalar. Ideal eritma qonunl

8.3. Eritmalarning ionli tenglamalari. Kislota va asos nazariyasi.
Elektrolit eritmalarda reaksiya borishi uchun:
1) Qiyin eriydigan moddalar
2) gazsimon moddalar
3) kam dissosilanuvchi moddalar hosil bo'lishi kerak.
Agar shu moddalar hosil bo’lmasa reaksiya bormaydi. Elektrolit eritmalarda 
boradigan reaksiyalarni molekulyar tenglama ko’rinishida emas, balki ion 
tenglama ko’rinishida uch qatorda 1) molekulyar, 2) to`liq ionli va 3) ionlar 
ishtirok etishini ko’rsatadigan (qisqa ionli) tenglama holida ifodalanadi. 
1. Qiyin eriydigan birikmaning hosil bo'lishi
BaCl
2
+ H
2
SO
4

BaSO
4
+ 2HCl
Ba
2+ 
+ 2Cl

+ 2H
+
+ SO
4
2- 

BaSO
4
+ 2H
+
+ 2Cl
-
Ba
2+ 
+ SO
4
2- 
BaSO
4
Agar reaksiyada bir necha qiyin eriydigan moddalar hosil bo’lsa, u holda 
oldin juda kam eriydigan modda cho’kmaga tushadi.
2.Gazsimon moddaning hosil bo'lishi.
K
2
SO
3
+ 2HCl 
2KCl + H
2
O + SO
2
2K
+
+ SO
3
2- 
+ 2H
+
+2Cl

2K
+
+ 2Cl

+ H
2
O + SO
2
SO
3
2- 
+ 2H
+
H
2
O + SO
2
3. Kam dissotsilanuvchi moddalarning hosil bo'lishi.
KOH + HCl 
KCl + H
2
O
K
+
+ OH

+ H
+
+ Cl
-
K
+
+ Cl

+ H
2
O
OH

+ H
+
H
2
O
Eritmadagi cho`kma sirtida erigan moddaning ionlari bo'ladi. Agar
qiyin eriydigan birikmaning biror soni ion erituvchi bilan biriksa, u holda modda 
eriydi.
Pb(OH)

+ 2HCl 
PbCl
2
+ 2H
2
O.
Pb(OH)

+ 2H
+
+ 2Cl

PbCl
2
+ 2H
2
O
Bu misolda PbCl
2
cho’kmaga tushadi va kam dissosilanuvchi suv hosil 
bo'ladi, natijada Pb(OH)

eriydi.
Agar kuchli elektrolit eritmalarini aralashtirsak ularning ionlari orasida qaytar 
reaksiya boradi, ya'ni eritmada molekula hosil bo'lmay, bu elektrolitlarning ionlari 

















o’zgarmay qoladi.
NaCl + KNO
3
NaNO
3
+ KCl
Na
+
+ Cl

+ K
+
+ NO
3

Na
+
+ NO
3

+ K
+
+ Cl
-
Eritmalar aralashtirmasdan va aralashtirilgandan keyin ham eritmada faqat 
Na
+
, K
+
, Cl
-
, NO
3

ionlar erkin holda bo'ladi, lekin eritma sovitilib, kristallarga 
aylanganida 4 ta tuzning aralashmasi hosil bo'ladi.
Suvli eritmalarni kislotalar, asoslar misolida ko`rib chiqaylik.
Ma`lumki kislotalar uchun quyidagi xossalar xosdir: 
- nordon maza;
- ko`pgina indikatorlarning rangini o`zgartirish qobiliyati, masalan lakmus 
rangini qizartiradi;
- aksariyat metallarni vodorod ajralib chiqish bilan erish qobiliyati; 
- asoslar bilan tuzlar hosil qilib ta`sirlashish qobiliyati. 
Kislotalarning bu xossalari faqat eritmalarda va nuqul suvli eritmalarda namoyon 
bo`ladi, masalan, suvsiz HCl yoki suvsiz H
2
SO
4
lar yoki ularning benzoldagi 
eritmalari umuman kislotalik xossalarni namoyon qilmaydi.
Suvli eritmalarda kislotalar ionlarga ajraladilar va vodorod hamda kislota 
qoldig`i anionlarini hosil qiladi.
Shuning uchun bunday eritmalarning xossalari butun molekulalarga emas 
balki, alohida ionlarga bog`liq bo`ladi. Demak kislotalarga beriladigan xossalar 
asosan Н

ionlariga bog`liq bo`ladi, eritmada Н
+
ionlarining yo`qolishi bilan 
kislotalik xossa ham yo`qoladi.
Elektrolitik dissotsiyalanish nuqtai-nazaridan kislotalar suvdagi eritmalarida 
faqat bir turdagi kationlar - Н
+
ionlarini hosil qilib dissotsiyalanadigan 
elektrolitlardir.
HCIO
4
→ H
+
+ CIO
-
4
HJ → H
+
+I

Kuchli ko`p negizli kislotalar bosqichli dissotsiyalanadilar, bunda 1-chi 
bosqich qaytmas, qolganlari qaytar bo`ladi:
H
2
SO
4
→ H
+
+ HSO
-
4
HSO
-
4
↔ H
+
+ SO
-2
4
Kuchsiz bir negizli va ko`p negizli kislotalar faqat qaytar jarayon bilan bilan 
dissotsiyalanadilar: 
Asoslarning suvdagi eritmalari quyidagi umumiy xossalarga ega bo`ladilar:
- o`ziga xos «sovun» ta`miga;
- kislotalarga nisbatan indikator rangini boshqacha o`zgartiradi, masalan, 
lakmus rsngini ko`kartiradi; 
- kislotalar bilan ta`sirlashib tuz hosil qiladi.
Hamma asoslar uchun umumiy bo`lgan ularning eritmalarida OH
-
(gidroksil) 
ionlarning bo`lishidir, ishqorlik xossasini tashuvchi bo`lib OH
-
(gidroksil) ioni 
xizmat qiladi. Eng kuchli ishqorlar I-guruh ishqoriy metallarning gidroksidlari 
bo`lib, masalan o`yuvchi natriy va o`yuvchi kaliyning 0,1 normal eritmalarida
α
g
=90 % гача бўлади. Ko`pchilik asoslar kuchsiz elektrolitlardir.
Demak, elektrolitik dissotsilanish nuqtai-nazaridan asoslar eritmalarida faqat bir 
turdagi anionlar - OH
-
(gidroksil gruppa) ionlarining hosil qilib dissotsiyalanidigan 




elektrolitlardir. Asoslarning dissotsiyalanish harakteri va dissotsiyalanish uning 
kuchi va kislotaliligiga (asosliligiga) bog`liq bo`ladi. Asos tarkibidagi gidroksil 
gruppalarning soni (nOH
-
) ayni asosning kislotaliligi deyiladi. Agar asos tarkibida 
bitta OH- gruppasi bo`lsa bir asosli, agar ikkita (2ОН
-
) bo`lsa ikki asosli deyiladi 
va h.k. 
Kuchli bir yoki ikki asosli asoslar faqat bir bosqichda qaytmas 
dissotsiyalanadi: 
Kuchsiz bir va ko`p kislotali (asosli) asoslar qaytar va bosqichli 
dissotsiyalanadilar, bosqichlar soni asosning kislotaliligiga bog`liq bo`ladi.
Amfoter asoslar bir vaqtning o`zida ham kislota tipi ham asos tipi bo`yich 
dissotsiyalanadilar: 
Tuzlar suvda eriganda musbat Н
+
ionlaridan tashqari boshqa musbat ionlar, 
hamda manfiy ОН
-
ionlaridan tashqari boshqa manfiy ionlar hosil qilib 
dissotsilanadigan elektrolitlardir.

Download 0,72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eritmalarning ionli tenglamalari. Kislota va asos nazariyasi

Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish