1. Po’lat list prokatlar 11. Rangli va qiyin eriydigan rangli metall va qotishmalaridan tayyorlangan list prokatlar




Download 432,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana17.01.2024
Hajmi432,72 Kb.
#139788
  1   2   3   4
Bog'liq
11-ma\'ruza MBOIB




11-ma’ruza: Listli shtamplashda qo‘llaniladigan materiallar 
11.1 Po’lat list prokatlar 
11.2 Rangli va qiyin eriydigan rangli metall va qotishmalaridan tayyorlangan list prokatlar 
11.3 Metallmas materiallar 
 
11.1 Po’lat list prokatlar 
 
Sovuq shtamplashda ko’p xollarda tarkibida uglerod miqdori 0.05
0.4 % bo’lgan kam uglerodli 
po’latdan foydalaniladi. Sifatiga ko’ra konstruktsion uglerodli po’latlar oddiy va sifatli turlarga bo’linadi.
Hozirgi vaqtda listli shtamplash ishlab chiqarishida bir qator po’lat markalaridan olingan listlar 
ishlatilmoqda. Bu listlardan eng ko’p foydalaniladigani quyidagilardir: 
-oddiy sifatli uglerodli po’lat; 
-sifatli konstruktsion po’latdan sovuq holda bolg’alab olingan yupqa listlar; 
-sifatli konstruktsion po’latdan issiq holda bolg’alab olingan yupqa listlar; 
-yuqori mustaxkam po’latlar; 
-yuqori sifatli maxsus legirlangan konstruktsion po’latlar; 
Eng ko’p listli va sortli prokatlardan foydalaniladi. Metallmas materiallar sifatida qatlamli va tolali 
plastiklar va gomogen strukturali plastik massalardan foydalaniladi. Listli shtamplashda foydalaniladigan 
po’lat listlarni asosiy turlari 12.1-jadvalda keltirilgan. 
Listli prokatlar list, lenta va rulon ko’rinishida ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish usuliga ko’ra issiq va 
sovuq holda olinadigan turlarga bo’linadi. Sovuq xolda olingan prokatlar (qalinligi 4 mm gacha)
yuzasining sirti issiq xolda olingan prokatlarga nisbatan yuza g’adir-budirligi kichik, qallinliklarining farqi 
(raznotolshinnost) va yuqori sifatli texnologik xossasi bilan ajrab turadi. Bu prokatlardan sovuq shtamplab 
olinuvchi detallar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. 
11.1- jadval 
Listli shtamplashda qo’llaniladigan po’lat listlarni asosiy turlari. (s list qalinligi) 
Po’lat (prokat) 
GOST 
Po’lat markasi 
Texnik 
shartlar 
Kimyoviy 
tarkibi 
Oddiy sifatli uglerodli po’latlar (s=0.5…4.0 
mm) 
380-71 
380-71 
St0-ST6 
Sifatli uglerodli va ishlat-ilishiga ko’ra oddiy 
sifatli po’latlardan tayyorlangan listlar, 
s=0.2…3.9 mm 
16523-80 
1050-74 
380-71 
05
kp
-50 
St0-St5 
Kam legirlangan konstruktsion po’latdan 
tayyorlangan yupqa listlar, s=0.5…3.9 mm 
17066-80 
1928-79 
14G2, 0.9G2, 12GS, 16GS, 
15GF, 14XGS va boshqalar 
Sovuq shtamplash uchun kam uglerodli sifatli 
po’latdan sovuq xolda bolg’alab tayyor-langan 
yupqa listlar s=0.5…3.0 mm 
9045-80 
9045-80 
0.8,0.8
ps
,0.8
kp
Legirlangan konstruktsion po’latdan 
tayyorlangan listlar s=0.5…3.9 mm 
1542-71 
1050-88 
4543-71 
60G, 20X, 10G2, 
25XGSA va boshqalar 
Korroziyabardosh, issiqqa chidamli va issiq 
bardosh yupqa listlar s=0.7…3.9 mm 
5582-82 
5632-72 
08X13, 12X13, 12X17, 
12X18N9T va boshqalar 
Prokatlangan list materiallari texnik shartlar, kimyoviy xossalari va sortamentiga ko’ra 
standartlashtiriladi. Listli prokatlar ishlab chiqarish usuliga, maxsulot turi va sifatiga qarab turlarga 
bo’linadi. Sovuq xolatda shtamplab olingan konstruktsion listli prokatlar:ishlatilishiga ko’ra sovuq 
prokatlangan listlar, sortamentga, ajratiladi. Normalashtirish tavsifiga ko’ra prokat 5 kategoriyaga, yuza 
sifatiga ko’ra I, II va III gruppalarga, cho’zilish (qalinligi 2 mm gacha) qobiliyatiga qarab chuqur va 
me’yoriy turlarga bo’linadi.



Kam uglerodli sifatli po’latdan 0.5-3 mm qalinlikda sovuq xolda prokatlab olingan yupqa list GOST 
9045-80 ga asosan quyidagilarga bo’linadi: 
- cho’zish usuliga ko’ra: 
1) juda maxsus murrakab cho’zish-VOSV; 
2) maxsus murrakab cho’zish-OSV; 
3) murrakab cho’zish-SV; 
4) juda chuqur cho’zish-VG. 
-yuza ishlov berish sifatiga ko’ra: 
1) maxsus yuqori ishlov berilgan –I; 
2) yuqori ishlov berilgan –II; 
3) oshirilgan ishlov berilgan-III; 
-Yuza xolatiga ko’ra: 
1) yaltiroq (glyantsevaya)-gl; 
2) yaltiroq emas (matovaya) –m;
3) ortiq ishlangan –sh; 
-prokatlash aniqligiga ko’ra: 
1) yuqori aniqlikdagi-P; 
2) oddiy aniqlikdagi-O. 
Kimyoviy tarkibi bo’yicha aniqlashda qotishmada elemenlarni ulushi protsentlarda ifodalangani bilan 
izohlanadi. Quyidagi jadvalda kam uglerodli sifatli po’latdan sovuq prokatlab olingan yupqa list materiali 
kimyoviy tarkibi keltirilgan.
Kam uglerodli sifatli po’latdan sovuq prokatlab olingan yupqa list materialining mexanik xossalari 
11.2- jadvalda, kam uglerodli listlar va kam uglerodli sifatli po’latlar mexanik xossalari 11.3-jadvalda 
keltirilgan. 
11.2- jadval 
Kam uglerodli sifatli po’latdan sovuq prokatlab olingan yupqa list materiali kimyoviy tarkibi keltirilgan. 
Po’lat 
markasi 
Elementlar ulushi, % da 
Mn 



Si 
Cr 
Ni 
Cu 
0.8Yu 
0,2-0,35 
0,07 
0,025 
0,02 
0,01 
0,03 
0,06 
0,06 
0,8
ps 
0,02-0,45 
0,09 
0,03 
0,025 
0,04 

0,10 
0,15 
0,8 
kp 
0.2-0.4 
0.1 
0.03 
0.025 
0,03 
0,03 
0.10 
0,15 
0,8F
kp 
0.2-0.4 
0.08 
0.025 
0.02 
0,01-0.03 0,03-0,04 
0.10 
0,10 
11.4 jadvalda keltirilgan po’latlarni mikrostrukturasi, ferrit donachalari va erkin tsementit strukturasi
katta axamiyatga ega. 
Hozirgi vaqtda listli shtamplab (qalinligi 4-14 mm) buyumlar olishda issiq prokatlab olingan sifatli 
konstruktsion po’latlar ishlatilmoqda. 
11.3-jadval 
Kam uglerodli sifatli po’latdan sovuq prokatlab olingan yupqa listlar mexanik xossasi.
CHo’zish 
toifasi 
po’lat 
σ

σ
v
σ, list qalinligiga ko’ra 
% , eng kamida 
Qattiqligi, HB 
kamida 
VOSV 
0.8Yu 
185 
250-320 
40 
42 
46 
OSV 
0.8Yu 
195 
250-350 
36 
40 
48 
SV 
0.8Yu 
205 
250-350 
34 
38 

VG 
0.8
kp 
210 
260-360 
28 
29 

VG 
0.8
ps 
210 
260-360 
28 
29 

11.4 jadval 
Po’lat mikrostrukturasi 
Cho’zish toifasi 
Ferit donachalari balli 
erkin tsementit strukturasi balli, 
ko’pi bilan 
VG, SV 
6-9 

OSV, VOSV 
6-9 




Uglerodli po’latlar kamchiligi: termik toblash suvda olib borilganligi uchun toblash tezligi juda 
yuqoriligi, mustaxkamligini oshirishda past temperaturada chiniqtirish, bu qoldiq kuchlanishni yuqori 
darajaga olib keladi. Bulardan tashqari uglerodli po’latlar ishlatish xossalarida ham kamchiliklardan xoli 
emas. Shuning uchun po’latlarni legirlanadi. 
11.5-jadval. 
Kam uglerodli va o’rtacha uglerodli sifatli po’lat listlarni mexanik xossalari 
Po’lat 
markasi 
Vaqtincha 
qarshiligi, σ
v , 
MPa 
Oquvchanlik 
chegarasi, σ


MPa 
Nisbiy 
uzayuvchanligi, 
δ, % 
Nisbiy 
siqilishi, 
Ψ , % 
Kesish 
qarshiligi 
, MPa 
Termik 
ishlovsiz 
qattiqligi, NB 
05
kp 
314 
186 
34 
78 
235 
128 
0.8
kp
,0.8
ps
324 
196 
33 
76 
245-254 
131 
10
kp
,10
ps 
321 
206 
31 
72 
264 
143 
15
kp
,15
ps 
373 
225 
27 
68 
314 
149 
20
kp
,20
ps
412 
245 
27 
68 
314 
149 
25 
451 
274 
23 
58 
382 
170 
30 
490 
294 
21 
52 
403 
179 
35 
529 
314 
20 
52 
435 
187 
40 
568 
321 
19 

467 
197 
45 
591 
353 
16 
50 
486 
207 
50 
627 
373 
14 

515 
217 
Talab etilgan xossaga ega bo’lish uchun po’latlarga maxsus legirlovchi elementlar qo’shiladi. Legirlovchi 
elementlarni po’latni mexanik xossalariga ta’siri termik ishlov berishni aniqlovchi tuzilish xolatiga bog’liq. 
Legirlovchi po’latlar turtta belgi bilan klassifikatsiyalanadi: strukturasi muvozanati, sovitishdan so’ngi 
strukturasi, ishlatilishiga va tarkibi. Sovuq xolda shtamplashda maxsus xossali plastikligi oshirilgan (issiq 
bardosh, karroziyaga bardoshli) legirlangan po’latlar ishlatiladi.
Sovuq prokatlash usuli bilan olingan ko’p fazali po’latlar keyingi vaqtda listli shtamplash usuli bilan 
detallar olishda ishlatilmoqda. Bularga 20-25% martentsit plastik-ferrit ko’rinishda bo’lgan ikki fazali 
08GSYuT, 08GSYuF, 10YuA, 18VT po’latlarni kiritish mumkin. 
Mustaxkamligini oshirish uchun bunday po’latlarni legirlovchi elementlar marganets 16%, kremniy 
0.7 % qo’shgan xolda uzluksiz qizdirish usuli bilan termik ishlov beriladi. Bu po’latlar deformatsiya 
natijasida eskirishi past bo’lgani uchun omborlarda uzoq vaqt saqlash imkoniyatini beradi.
Aloxida ishlov berish tarmoqlari uchun legirlangan yuqori sifatli maxsus vazifali konstruktsion 
po’lat listlar ishlab chiqariladi. Bu po’latlar yuqori mustaxkamlik va plastikligi bilan ajralib turadi. 
20XGCA va 30XGCA markali po’latlar nikelь va xrommolibdenli po’latlarni o’rniga yuklanish bilan 
ishlaydigan detallar ishlab chiqarishda foydalaniladi. 30XGCN2A, 12XNVFA va 23X2NCFA
mustaxkamligi yuqori prokatlanuvchi po’latlar guruxiga kiradi. Bu po’latlarni past temperaturaga (30-
80
0
C) chidamli detallar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. 
11.6-jadval. 
Legirlangan yuqori sifatli maxsus vazifali konstruktsion po’latlar mexanik xossalari 
Po’lat 
Termik ishlov berish 
, MPa 
Toblash va 
chiniqtirishdan 
so’ng

Normallashdan
so’ng

25XGCA 
3880, 
m
+o
v
, 470-550, v yoki m 
1080 
10 
21 
30XGCA 
3880, 
m
+o
v
, 470-570, m 
1080 
10 
20 
30XGCN2A 
3900, 
m
+o
v
, 200-300, v 
1570 

19 
12XNVFA 
3910, 
m
+o
v
, 490-550, v 
1030 
10 
15 
23X2N8FA 
3890, 
m
+o
v
, 590-620, v yoki m 
1130 

17 
Izoh: jadvaldagi termik ishlov berish shartli belgilari: z-toblash, o-o’rtacha sovitish, xordiq, v-havo, 
m-moy, raqamlar-temperatura, 
0
C



Maxsus vazifali list prokatlangan po’latlarga: kam uglerodli kuydirilgan (otojennoy) va emal idishlar 
ishlab chiqarish uchun sirti tozalangan. 
Zamonaviy avtomobilsozlikda yuqori xavfsizlikni ta’minlovchi va qattiq bo’lgan materiallarni talab 
qilmoqda. Bunday kontseptsiyani bajarish uchun yuqori sifatli korroziyabardosh po’latlar talab etiladi. 
Avtomobil kuzovi detallari yuqori mustaxkam, yaxshi shtamplanuvchi, plastik xossali po’latlarni 
qo’llanishni taqozo etadi. 
Oxirgi 10 yillikda avtomobil ishlab chiqarishida yetakchi mamlakatlar Germaniya, Shvetsiya,
Yaponiya, Koreya va Rossiya va bir qator boshqa davlatlarda iste’molchi talabini qondiruvchi yangi po’lat 
markalarini yaratildi va ishlab chiqarishga joriy etildi. Bu markalar ichida aloxida ajralib turuvchi
Interstital Free Steel markali po’latni keltirish mumkin. Bu po’latda IF deb ataluvchi qattiq qotishma kristal 
panjarasida erigan atomlar bo’lmaydi. IF po’lat xajmi markazlashgan kub panjarada ferrit erkin atom 
ko’rinishiga ega. Bu po’latlarda uglerod miqdori ulьtra kam, tarkibida vodorod, azot va ishlab chiqarishda 
boshqa gazlarni degazatsiya usulida chiqarib tashlangan. IF po’latlari o’ta plastik yumshoq, eskirmaydigan 
va shaklga solishda ishqalanish xosil qilmaydigan po’latdir.
Hozirgi vaqtda listli shtamplashda foydalaniladigan po’latlarni xalqaro standartlarda EN 10130:2006 
sovuq prokatlangan yumshoq po’lat, sovuq deformatsiyalash uchun EN 10131:2006 sovuq 
deformatsiyalash uchun rux yoki rux-nikelь qoplamali yuqori mustaxkam sovuq prokatlangan kam 
uglerodli yassi prokatlarga reglamentlanadi. Bu po’latlar mustaxkam va oquvchanlik chegarasi yuqori, 
plastikligi, eskirishda mexanik xosssalarini kam yo’qotishi sababli listli shtamplashni barcha: murakkab 
shakllarni olish, cho’zish ishlarini bajarish va boshqa shakl xosil qiluvchi listli shtamplash usullari uchun 
ishlatish mumkin.
List va rulondan tashqari sovuq va issiq prokatlangan lentalar ham ishlab chiqariladi. 

,
markadagi po’latlarni sovuq prokatlab olingan lentalar qalinligi esa 0.05-4 mm, kengligi 
4-450 mm ga teng.
11.7 jadval 
Sovuq xolda prokatlab qoliplangan po’latlar kimyoviy xossalari 
Po’lat markalari nomlanishi 
Elemenlar ulushi, % 

Mn 


Si Al Ti 
DC01 
Yumshoq 
po’lat 
≤0.120 ≤0.060 ≤0.045 ≤0.045 - 


DC03 
≤0.100 ≤0.145 ≤0.035 ≤0.035 - 


DC04 
≤0.080 ≤0.40 
≤0.030 ≤0.030 - 


DC05 
IF po’lat 
≤0.060 ≤0.035 ≤0.025 ≤0.025 - 


DC06 
≤0.020 ≤0.025 ≤0.020 ≤0.020 - 


DC07 
≤0.010 ≤0.020 ≤0.020 ≤0.020 - 


11.8 jadval 
Sovuq xolda prokatlab shakll berilgan po’latlar mexanik xossalari 
Po’lat 
marka- 
lari 
Oquvchanlik chegarasi
MPa 
Mustax-
kamlik 
chegarasi 
MPa 
Nisbiy uzayuvchanligi 

r shakllanuvchanlik n 
ko’rsatkichi 
Qalinligi, mm 
Qalinligi, mm 
Eng katta 
0.50 
0.50-
0.70 
>>0.70 
Eng katta 
0.50 
0.50-
0.70 
>0.70 
0.50-
0.70 
>>2.00 
0.50-
0.70 
DC01 
320 
300 
280 
270-410 
41 
66 
28 



DC03 
280 
260 
240 
270-370 
30 
32 
34 
1.3 
1.1 

DC04 
250 
230 
210 
270-350 
34 
36 
38 
1.6 
1.4 
0.180 
DC05 
220 
200 
180 
270-330 
36 
38 
40 
1.9 
1.7 
0.200 
DC06 
210 
190 
170 
270-330 
37 
39 
41 
2.1 
1.9 
0.200 
DC07 
200 
180 
160 
270-330 
39 
41 
43 
2.3 
2.1 
0.230 
Izoh: jadvalda: r-anizotropiya ko’rsatkichi, v – deformatsiyada qattiqlanish ko’rsatkichi.



Materiallari turlariga ko’ra: SM-maxsus yumshoq, M-yumshoq, PN-yarim sovuq ishlangan, N-sovuq 
ishlangan, VN- yuqori sovuq ishlangan holatda lentalar ko’rinishda beriladi. Bular kesish, teshish, egish, 
cho’zish, shakl berish, trubalar tayyorlash, podshipnik detallari va boshqa maxsulotlar ishlab chiqarish 
uchun mo’ljallangan. 
Uglerodli po’latdan sovuq prokatlab olingan lentalari qalinligi 0.5-3.2 mm, kengligi 100-200 mm 
xolatda 

,
markadagi po’latlardan tayyorlanib, sovuq shtamplashga jo’natiladi. 
Karroziyabardosh va issiq bardosh po’latlar sovuq prokatlab olingan lentalarni qalinligi 0.05-2.0 mm, 
kengligi 6-410 mm ko’rinishda xromnikelli legirlangan 20X13, 12X18N9 po’latlardan tayyorlanadi. 
Listlarni rulon va lenta ko’rinishda qo’llanilishi ko’plab va yirik seriyali ishlab chiqarishda metallni 
shtampga avtomatlashgan tarzda berilishi, metallda tutashmalar va chiqitlar chiqarilishini kamaytirish 
hisobiga metalldan foydalanish samarasini oshiradi, avtomatik liniyalardan zaruriy o’lchamdagi 
zagotovkalarni olishga imkon beradi. 
11.9 jadval 
Materiallari turlariga ko’ra mexanik xossalari 
Material 
xolati 
po’lat 
MPa 
Nisbiy uzayuvchanligi 

√ 
Lenta qalinligi, mm 
<0.5 
0.5-
0.7 
0.7-
1.5 
1.5-
2.2 
2.0-
2.9 
3.0-4.0 
SM 

,
270-390 23 
23 
23 
26 
30 
32 


340-440 17 
17 
17 
18 
20 
24 
PN 
,
370-510 7 


18 
20 
24 

440-590 - 





VH 
,10 
>540 






Hozirgi vaqtda ko’pgina avtomobil zavodlari list prokatlardan foydalanadi. Turli xil korxonalar uchun 
list shtamplash ishlab chiqarishida ikki qatlamli va uch qatlamli list prokatlardan foydalanilmoqda. Ikki 
qatlamli (bimetall) list prokatlar asosiy qatlami uglerodli yoki kam legirlngan po’latlar va mis, rux, latun, 
alyuminiy, nikel va monel-metall
1
bilan qoplangan. 
Monel metall, monel - nikel asosidagi qotishmalar, tarkibida 67% gacha nikel va 38% gacha mis 
mavjud. Monel - bu Soecial Metals Corooration kompaniyasiga tegishli savdo belgisidir. Qotishma 
International Nickel Co komppaniyasining bosh metallurgi Devid Braun tomonidan yaratilgan va 
komoaniya orezidenti Ambrose Monel nomi bilan atalgan. 
Uch qatlamli metall prokatlarga –iqtisodiy tarmoqlar uchun maxsulot ishlab chiqarishga mo’njallangan 
rux bilan qoplangan yonilg’i baklari ishlab chiqarish uchun qo’rg’oshinli, yupqa qalay bilan qoplangan 
prokatlar; konserva ishlab chiqarish uchun rux, qalay, lak, xrom kabi maxsus himoya vositasini o’tovchi
elementlar bilan qoplangan po’lat listlar;yupqa listlarni yelimlab tayyorlangan material- antifonlar kiradi.

Download 432,72 Kb.
  1   2   3   4




Download 432,72 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Po’lat list prokatlar 11. Rangli va qiyin eriydigan rangli metall va qotishmalaridan tayyorlangan list prokatlar

Download 432,72 Kb.
Pdf ko'rish