Rangli va qiyin eriydigan rangli metall va qotishmalaridan tayyorlangan list prokatlar




Download 432,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana17.01.2024
Hajmi432,72 Kb.
#139788
1   2   3   4
Bog'liq
11-ma\'ruza MBOIB

11.2 Rangli va qiyin eriydigan rangli metall va qotishmalaridan tayyorlangan list prokatlar 
Rangli metall va qotishmalardan tayyorlangan listli prokatlar yuqori mustaxkam, zichligi kichik, 
korroziyabardosh, issiqlik o’tkazuvchan va kichik elektr qarshiligiga ega materiallar xisoblanadi. Bu 
metallardan aviasozlik, kosmik va kemasozlik ishlab chiqarishida keng foydalaniladi.
Titan VT1, VT3-1, VT6-S, VT8, VT10, VT14, BT16, OT4, OT4-1 va boshqa qotishmalar ovoz 
tezligida va yuqori temperaturada ishlovchi detallar va uzellar tayyorlash uchun ishlatiladi. Bunday 
metallarni 500
0
S temperaturagacha aerodinamik qizdirib, karkas va korpus detallari tayyorlanadi.
Balka profillari, panellar, korpus detallari va qoplama tashkil etuvchilari nafaqat berilgan qattiqlikni, xona 
sharoitida mustaxkam xarakteristikasi bilan birga sirpanishga qarshi javob berishi balki issiqda og’irligini 



saqlash kabi ko’rsatkichlarni ta’minlashi kerak. Titanli alyuminiyli, marganets va temir bilan legirlash 
mustaxkamlik va yuqori payvandlanuvchanlikni oshiradi.
Xona temperaturasidagi qotishmalar plastikligiga ko’ra uchta kategoriyaga bo’linadi:
A- normal plastiklik va kichik mustaxkamlikka ega qotishmalar, VT1-10, VT1-0,OT4-0, OT4-1 
markalarini kiritish mukin. Bu qotishmalarni vaqtinchalik qarshiligi material qalinligiga bog’liq va VT1-00, 
VT1-0 qotishmalar uchun
=30...45 kg/mm
2
, OT4-0, OT4-1 qotishmalari uchun 
=40...75 kg/mm
2

nisbiy uzayuvchanligi 
=23% ga teng. 
Titan qotishmalarini ishlatish ularni noyob xossalari tufayli kengayib bormoqda. Titan qotishmalarini 
350-500
0
S, ba’zi xollarda 850-900
0
S qo’shimcha qizdirib shtamplanadi.
Alyuminiy va uning qotishmalari (A2, A3, AMts, Amr2, AMgts6, D1, D16, V95, VAD23) va boshqa 
qotishmalaridan uchish apparatlari va kemalar karkaslari va qoplamalari (obshipka) tayyorlanadi. Bu 
qotishmalarda alyuminiy zichligi, yuqori mustaxkamligi va karroziyabardoshligi bilan izo’lanadi. Yuqorida 
keltirilgan ko’rsatkichlar MA1, MA5, MA8 kabi magniy qotishmalariga ham tegishlidir. 
M1, M2 va M3 markali mis qotishmalari, L68, L63, LS39-1 markadagi latunlar elektrotexnika, 
elektronika, asbobsozlik va ishlab chiqarishni boshqa tarmoqlarida keng qo’llab kelinmoqda. 
Zamonaviy texnikani rivojlanish xususiyati materiallarni xizmat xossalarini oshirish bilan izohlanadi. 
SHuning uchun hozirgi kunda keng qo’llanilayotgan metall va qotishmalarga yuqori mustaxkamlik, 
olovbardosh, karroziya va radiatsion turg’unligi talab etiladi. Bunday metallarga qiyin eriydigan metallar: 
tantal, molibden, tsirkoniy, niobiy, iridiy va boshqalar kiradi. Bu metallar va qotishmalar elektronika va 
vakuum texnikasi asboblari, yadro reaktorlari detal va uzellari, raketa detallari, reaktiv dvigatelь soplolari 
tayyorlash uchun keng ishlatilmoqda . 
Molibden asosli qotishmalar otashbardosh konstruktsion material sifatida ishlatiladi. Hozirgi kunda 
VM-1, VM-2 va TSM2 kabi markalari keng ishlatilmoqda. Molibden asosli qotishmalar mexanik xossalari, 
uning tarkibi va temperaturaga bog’liq bo’ladi.
11.10- jadval. 
Qisqa muddatli sinovlar paytida molibden qotishmalarining mexanik xossalari (o’rtacha qiymatlar) 
Temeratura, 
0

Elastiklik moduli, Ye, 
GPa 
σ
v
, MPa 
δ, % 
20 
330 
700–800 
7–30 
1200 
270 
300–450 
10-15 
Plastik bo’lgan qotishmalarni 200-700
0
S qizdirib turli hil detallarni tayyorlash mumkin. 400
0
S dan 
yuqori temperaturada deformatsiyalash atmosferada himoya ostida olib boriladi. Eng yaxshi ishlanadigan 
material molibden hisoblanadi.
Bunday metall yupqa to’qimali strukturaga ega va yirik donli rekristallangan metallarga nisbatan 
yaxshi shtamplanadi. Kuchlanishni yo’qotish uchun qizdirish temperaturasi 1000-1100

S tashkil etadi.
11.11-jadval 
M99.9-MP markadagi molibden prokati kafolatlangan mexanik xossalari. 
Kengligi , mm 
Mustaxkamligi σ
B
, MPa 
Nisbiy uzuyuvchanligi, δ, % 
0,33–0,5 
760 

0,5–1,5 
725 
10 
1,5–2,5 
690 
14 
2,5–4,75 
2690 
18 
4,75–12,7 
690 
10 
12,7 –25,4 
655 
2* 
25,4–38 
655 
1* 
Izoh: σ

va δ ko’rsatkichlar ko’ndalang prokatlangan namunalardan olinadi.

Download 432,72 Kb.
1   2   3   4




Download 432,72 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rangli va qiyin eriydigan rangli metall va qotishmalaridan tayyorlangan list prokatlar

Download 432,72 Kb.
Pdf ko'rish