1-mavzu. Matematik modellashtirishga kirish Reja




Download 82.68 Kb.
bet1/6
Sana03.04.2024
Hajmi82.68 Kb.
#186772
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
0gjdqWegWYE6nBhQjbobJWpwN8QB73gHGTH8zSyU
Bilety po zarubezhke Zhukov-1708, ADABIY-TANQIDIY MAQOLA, 1712033326 (1), 1711456340

1-mavzu. Matematik modellashtirishga kirish
Reja:
1. Kirish
2. Matematik modellashtirish va undan foydalanish
3.Matematik modellashtirish. Matematik modellarni qurishning shakl va tamoyillari
4. Modellashtirish bosqichlari


Kirish
Hozirda inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida kompyuter keng qo‘llanilmoqda. Kompyuterdan yangi texnologik jarayonlarni o‘rganishda va iqtisodiy masalalarni rejalashtirish, har xil darajadagi ishlab chiqarishni boshqarish uchun optimal variantlarni izlab topishda keng foydalanilmoqda. Ayniqsa, murakkab obyektlar bo‘lmish radiotexnika, aviasozlik, platina, ko‘priklar va boshqa shunga o‘xshash inshootlar hisob-kitobini kompyuterdan foydalanmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi.
O‘ta tezkor va keng hajmdagi xotiraga ega zamonaviy kompyuterlar fizika, kimyo, mexanika, texnika, iqtisod va boshqa ko‘plab soha muammolarini tadqiq qilish va hal etishda matematik usullarni qo‘llash uchun keng yo‘l ochib bermoqda.
Kompyuterdan foydalanishning muhim yo‘nalishlaridan biri – bu obyekt, hodisa yoki jarayonlarni modellashtirishdir. Inson bevosita kuzata olmaydigan fizik, kimyoviy, biologik va boshqa jarayonlar kompyuterda modellashtirilishi mumkin. Modellashtirish kompyuterda masalani yechishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu sababli zamonaviy muhandis nafaqat hisoblash matematikasining sonli va taqribiy usullarini, balki obyekt va jarayonlarning matematik modellarini tuzishni, kompyuterli matematik tizimlardan foydalanish hamda hisoblash tajribalarini o‘tkazishni bilishi lozim.
Shu bois, hozirgi faoliyatni matematik modellashtirishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ushbu metodologiyaning mohiyati berilgan obyektni uning in’ikosi bo‘lmish matematik model bilan almashtirishdan iborat. Real borliqdagi barcha obyektlar, jarayonlar va hodisalarning matematik modellarini qurib so‘ng kompyuter yordamida ushbu modellarni o‘rnatish va hisoblash tajribasi orqali qaralayotgan jarayon, obyekt va hodisalar xususiyatlarini tadqiq qilish o‘ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki ba’zi obyektlar ustida natural tajriba o‘tkazish bir tomondan o‘ta qimmat tursa, ikkinchi tomondan yetarlicha xavflidir. Bularga misol qilib, termoyadro qurolining tajribasi, har xil ekologik tajribalar, biologik qurollarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bu tajribalar to‘g‘risida fikr yuritishning o‘zi dahshatli.
Shuning uchun ham matematik modellashtirish eng arzon va eng xavfsiz hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, o‘ta tezkor va katta xotiraga ega keng imkoniyatli zamonaviy kompyuterlar, ular uchun yaratilayotgan tizimli, instrumental, amaliy dasturlar, zamonaviy dasturlash tillari va ularning kompilyatorlari, dasturlash texnologiyalari, umuman olganda barcha axborot texnologiyalaridan foydalanishdan maqsad matematik modellashtirishni amalga oshirishdir.
Demak, inson faoliyati uchun o‘ta muhim murakkab tizimlarni matematik modellashtirishdan maqsad esa o‘z navbatida tegishli qaror qabul qilish (inson tomonidan) va bashorat (prognoz) qilish.
Odatda, amaliy matematika masalalarini kompyuter yordamida yechish quyidagi texnologik zanjir asosida olib boriladi: tadqiqot obyekti – fizik model – matematik model – algoritm – dastur – hisoblash tajribalari – natijalarni tajriba va boshqa ma’lumotlar bilan solishtirish.
Bu yerda matematik texnologiya (zanjirning hisoblash qismi) esa matematik model – algoritm – dastur – hisoblash tajribalari kabi aniqlanadi. Bu zanjirning intellektual yadrosi, ya’ni matematik modellashtirishning intellektual yadrosi quyidagi uchlikni o‘z ichiga oladi: model – algoritm – dastur.
Albatta, biz bu yerda model deganda matematik modelni tushunamiz. Vaholanki, modelning turi ancha ko‘p, bu tushunchalar darslikning tegishli bo‘limlarida keltirilgan.



Download 82.68 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 82.68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Matematik modellashtirishga kirish Reja

Download 82.68 Kb.