|
Amaliy dasturiy ta’minot Amaliy dasturlar paketi tushunchasi Amaliy dasturlar paketi tasnifi
|
Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 174,2 Kb. | | #126175 |
Bog'liq Tajriba ishi 15
Tajriba ishi №15. Amaliy dasturlash tizimlari
Reja:
Amaliy dasturiy ta’minot
Amaliy dasturlar paketi tushunchasi
Amaliy dasturlar paketi tasnifi
Amaliy dasturiy ta’minotlarga inson faoliyatining turli xil sohalariga mansub bo’lgan dasturlar kiradi.
Amaliy dastur – bu istalgan aniq bir dastur bo’lib, u qandaydir muammoli sohasi doirasiga oid masalalarni yechishgan mo’ljallangan bo’ladi. Hisoblash texnikasini amaliyotda samarali tadbiq etishning shartlaridan biri amaliy dasturlarning ixtisoslashtirilgan paketlarini yaratishdir. Ularga kirishning osonligi va foydalanishning soddaligi ShKning muhandislik mehnatiga, ilmiy soha, iqtisodiyot, madaniyat, ta’limning aniq vazifalarini yechishda kengroq tadbiq etish uchun sharoitlar yaratadi.
Amaliy dasturlar paket (ADP) lari odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va u keyin ham aniq yo’nalishlarda rivojlanadi. Ular hisoblash vositalarining dasturli ta’minlanishida alohida yetkazib beriladi, o’zining hujjatlariga ega va operatsion tizimlarning tarkibiga kirmaydi. Ko’pgina paketlar integrasiyaning shaxsiy vositalariga ega.
15.1. rasm
Amaliy dasturlar paketi. Aniq sinfga oid masalalarni yechishga oid o’zaro
bog’langan dasturlar majmui.
1)Muammoli - yunaltirilgan. Boshqarish funksiyalarida, strukturalashgan berilganlar va qayta ishlash algoritmlari kabi muammoli sohalarda qo’llaniladi.
2)Loyihalashni avtomatlashtirish. Chizma, sxema, diagrammalarni ishlab chiquvchi konstruktorlar va texnologlarlarning ishlarida qo’llaniladi.
3)Umumyo’naltirilgan. Matn muharrirlari va jadval prosessorlari, grafik muharrirlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari kabi kompyuter texnologiyalarini qo’llab-quvvatlovchi tizimlar.
15.2.-rasm
4) Ofisli. Ofisning tashkiliy faoliyatini boshqarishni ta’minlaydi. U o’zida organayzerlar (yozuv va telefon kitoblari, kalendarlar, taqdimotlar)ni, tarjimonlarni, matnni anglash kabi vositalarni mujassamlashtiradi.
5) Stol usti nashriyot tizimlari - funksional jihatidan birmuncha kuchli bo’lgan matn prosessorlari.
6) Su’niy intellekt tizimlari. U o’zida tabiiy tilda muloqat qilishni qo’llab quvvatlovchilarni; turli xil vaziyatlarda foydalanuvchilarga tavsiyalar bera oladigan ekspert tizimlarini; dasturlashtirishsiz amaliy masalalarni yechuvchi intellektual amaliy dasturlar paketlarini qamrab oladi.
Shaxsiy kompyuterlar uchun mo’ljallab chiqarilgan amaliy dasturlar paketlari uchun quyidagi tasniflarni aytib o’tish mumkin:
• matn muharrirlari, matnli prosessorlar va noshirlik tizimlari;
• grafika muharrirlari va tadbirkorlik grafika vositalari;
• katta o’lchamli elektron jadvallar, jadval prosessorlari;
• telekommunikasion tizimlarni boshqarish amaliy dasturlar paketlari;
• berilganlar bazasini boshqarish tizimi;
• ma’lumotli-qidirish tizimlari;
• su’niy intellekt tizimlari, shu jumladan ekspert tizimlari;
• avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlari;
• ma’lumotlarni statistik qayta ishlash paketlari;
• matematik dasturlashtirish amaliy dasturlar paketlari;
• avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari;
• tarkibiga muammoga mo’ljallangan paketlarning bir nechta turini oladigan
integrallashgan amaliy dasturlar paketi.
Matnli, jadvalli va grafik axborotlarni avtomatlashtirilgan holda ishlab chiqishni amaliy dasturlar paketi ta’minlaydi.
15.3. - rasm
|
| |