• Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi аsоsiy хususiyati quyidаgilаrdаn ibоrаt bo’lаdi
  • Ma’lumоtlarni fizik va mantiqiy tavsifi
  • Ma`lumotlar bazasi administratori.
  • MBBT alohida olingan modullardan tashkil topgan
  • 1. Ma’lumоtlar bazasini bоshqarish tizimi (mbbt) va uni tashkil etuvchilari




    Download 378 Kb.
    Sana31.01.2024
    Hajmi378 Kb.
    #149198
    Bog'liq
    2 5321234711878567221

    • REJA
    • 1. Ma’lumоtlar bazasini bоshqarish tizimi (MBBT) va uni tashkil etuvchilari.
    • 2. Ma’lumоtlarni fizik va mantiqiy tavsifi.
    • 31.01.24

    Ma’lumоtlar bazasini bоshqarish tizimi (MBBT) va uni tashkil etuvchilari

    • Ma’lumotlar bazasi - axborot timzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini engillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish tirizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi.
    • Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimibu ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini tashkil etish uchun mo’ljallangan dasturlar majmui va til vositasidir.
    • 31.01.24

    Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi аsоsiy хususiyati quyidаgilаrdаn ibоrаt bo’lаdi:

    • Mа’lumоtning bir mаrtа kiritilishi hаmdа tаkrоriy yozuvlаrning mаvjud bo’lmаsligi.
    • Mа’lumоtlаrning bir-birigа zid еmаsligi.
    • Ma’lumotlar bazasi yaхlitligi.
    • Ko’p tоmоnlаmа kirishning mumkinligi.
    • Fоydаlаnuvchi mа’lumоtlаrni qulаy usuldа kiritishi vа o’zgаrtirа оlishi.
    • Аvаriya hоlаtlаridа аppаrаt vа dаstur buzilishi, fоydаlаnuvchi хаtоlаridаn mа’lumоtlаrni himоya qilishi vа uni tiklаnishi.
    • Bоshqа fоydаlаnuvchilаrni ruхsаtsiz kirishlаrini tа’qiqlаsh.
    • Охirgi fоydаlаnuvchigа tаlаblаri bo’yichа ахbоrоtlаrni ma’lumotlar bazasi chiqаrib bеrish, hisоbаtlаrini tеz vа оsоn tаyyorlаsh.

    Ma’lumоtlarni fizik va mantiqiy tavsifi

    • Ma`lumotlarning jismoniy mustaqilligi. Ma`lumotlarni ma`lumot tashuvchilarga yozish va ularga murojaat qilish uslublarining qo`llanilishi amaliy dasturiy mahsulotlarga bog`liq bo`lmasligi lozim. Jadval saqlanayotgan fayl boshqa diskka ko`chirilsa yoki nomi o`zgartirilsa, bu amaliy dasturlar ish jarayoniga hech qanday ta`sir qilmasligi lozim.
    • Ma`lumotlarning mantiqiy mustaqilligi. Amaliy dasturlar ish jarayoni MB mantiqiy cheklanishlarga bog`liq bo`lmasligi lozim. Agar MB dagi jadval ikkiga ajratilsa, u holda taqdim orqali ular birlashtirilsa bu ilovalarga hech qanday ta`sir qilmasligi lozim.

    Ma`lumotlar bazasi administratori.

    • MBBT foydalanuvchilarini 4 ta sinfga ajratish mumkin. Ular:ma`lumotlar va MB administratori, MB ni loyihalovchilar, amaliy dasturchilar va bevosita foydalanuvchilar.
    • Ma`lumotlar bazasiga qo`yiladigan asosiy talablar.
    • unumdorlik;
    • ortiqchalik;
    • butunlik;
    • xavfsizlik;
    • maxfiylik;
    • eng kam sarf va himoya.
    • MB ni sozlash va ishlashga administrator javobgar bo`ladi. U mumkin qadar, amaliy dasturlarning butunligini saqlab qolgan holda MB ga qanday o`zgarishlarni kiritish etarliligini malakali aniqlay bilishi lozim.

    MBBT larning asosiy qismi maxsus til muhiti sifatida yaratilgan. Bu tizimlarni yaxshi o`zlashtirgan foydalanuvchi o`zi uchun qulay dasturlar yaratishi, MB lar ustida axborotga bog`lik amallarni bajara olishi mumkin. Bunday tizimlar sarasiga birinchi yaratilgan Rebus, Karat, Subd+, Dbase, Foxbase, Foxrro, Clirrer, Raradox singari MBBT larni ko`rsatish mumkin. Hozirgi kunda Access, MySQL, SQL Server, Oracle, DB2, Informix singari MBBT lari ishlatilmoqda.

    • MBBT larning asosiy qismi maxsus til muhiti sifatida yaratilgan. Bu tizimlarni yaxshi o`zlashtirgan foydalanuvchi o`zi uchun qulay dasturlar yaratishi, MB lar ustida axborotga bog`lik amallarni bajara olishi mumkin. Bunday tizimlar sarasiga birinchi yaratilgan Rebus, Karat, Subd+, Dbase, Foxbase, Foxrro, Clirrer, Raradox singari MBBT larni ko`rsatish mumkin. Hozirgi kunda Access, MySQL, SQL Server, Oracle, DB2, Informix singari MBBT lari ishlatilmoqda.

    MBBT alohida olingan modullardan tashkil topgan

    • MB ni boshqarish bloki - disklardagi ma`lumotlar bilan foydalanuvchi dasturi va tizimning so`rovi (guery) orasidagi interfeysni aniqlaydi.
    • Fayl menedjeri - ma`lumotlar tuzilmasi bilan disklar o`rtasidagi boglanishni boshqaradi.
    • Guery-protsessor - ingliz tilida yozilgan guery so`zlarini MB ni boshqarish bloki tushunadigan tilga o`tkazadi.
    • Prekompilyator DML (Data Manipulation Language) - ma`lumotlar bilan manipulyatsiya qiladigan til bo`lib, u quyidagi operatsiyalarga javob beradi:
    • 1. MB dan ma`lumotlarni ajratib olish.
    • 2. MB ga ma`lumotlarni kiritish.
    • 3. MB dan ma`lumotlarni olib tashlash.
    • 4. MB ni modifikatsiya (o`zgartirish) qilish.
    • Kompilyator DDL (Data Definition Language) - MB tilini, uning tuzilmasini va tashqi xotiralardagi axborot turini aniqlaydi.

    Download 378 Kb.




    Download 378 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Ma’lumоtlar bazasini bоshqarish tizimi (mbbt) va uni tashkil etuvchilari

    Download 378 Kb.