• Interfaol metodlar va ularning tavsifi……………………….
  • Interfaol metodlar va ularning tavsifi
  • Foydalanishning shakl, metod va vositalari metodik tavsiya




    Download 0.99 Mb.
    bet1/8
    Sana26.03.2024
    Hajmi0.99 Mb.
    #178062
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Ферузахон Методик тавсия
    bmi 4, 30 соат 1-СМ МАЖМУА 2021-22, 1 Ta\'lim jarayonida o\'quvchilarning xususiyatlarini o\'rganish locked, Титул, появления информатики , ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, kurs ishim., 1.mavzuiar, 005 Qashqarchai savti, mamalakat aholisi xamda yoshlar bandligini taminlashda oilavij tadbirkorlikni, маълумотнома222, Azizani disertassiyasi.docx oxirgi variant2023, ishlo-zhoylarida-kichik-biznes-va-oilaviy-tadbirkorlikni-rivozhlantirish, Aloqa xati 4-kurs matematika, XOSMAS integralning Bosh qiymati

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA
    MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
    ANDIJON VILOYATI PAXTAOBOD TUMANI


    OVXUNOVA FERUZAXON __________ na
    19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

    3-SINF ONA TILI DARSLARIDA INRERFAOL USULLARDAN
    FOYDALANISHNING SHAKL, METOD VA VOSITALARI
    METODIK TAVSIYA



    Andijon – 2024


    Annotatsiya: Ushbu metodik tavsiyada boshlang‘ich ta’limning 3-sinf ona tili darslarida inrerfaol usullardan foydalanishning shakl, metod va vositalari haqida yoritilgan bo‘lib, boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchilar foydalanishi uchun samara beradi.




    Tuzuvchi:
    Ovxunova Ferizaxon ___________iyevna - Paxtaobod tumani 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi


    Taqrizchilar:
    Madumarov Ganijon urovich - Maktab direktori
    _______________________________ o’g’li - O‘IBDO‘
    _______________________________qizi - Metod birlashma rahbari
































































    Uslubiy metodik tavsiya Maktabning 2024 yil ____ fevraldagi ___-sonli yig‘ilish qarori bilan muhokama qilingan va nashr etishga ruhsat berilgan.
    MUNDARIJA
    Kirish………………………………………………………..
    Interfaol metodlar va ularning tavsifi……………………….

    3-sinf ona tili darslarida inrerfaol usullardan foydalanishning
    shakl, metod va vositalari………………………………….
    Xulosa . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . .
    Foydalangan adabiyotlar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .












    KIRISH

    Milliy ta’lim ravnaqini ta’lim-tarbiya amaliyotiga samarali va tejamli, yangi shakl, vositalarni qo‘llash, izlanish orqali yuqori natijalarga erishishni ko‘zlovchi pedagogik texnologiyalar ta’minlaydi. Boshlang’ich ta’limda yangi pedagogik texnologiyalardan oqilona foydalanish tarbiyani ta’limga bog‘lash, har ikkisini tuzilishi va mazmun jihatdan yaxlitlashtirishga, tarbiyalanuvchi faoliyatini uyushtirishga, mustaqil fikrlashga yo‘llash uchun qulay sharoit yaratadi.
    Demak, pedagogik innovatsion texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonini ilg‘or vositalar, metodlar, texnik vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o‘qituvchi yoki tarbiyachi tomonidan yaratiladi, ta’lim-tarbiya bosqichlarini o‘zaro bog‘lashga xizmat qiladi. Uning mazmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta’lim-tarbiyaning shakillari va vositalarini tayyorlash, tarbiyalanuvchida shakllantirish ko‘zda tutilgan ma’naviy sifatlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarni rejalashtirish kabilarni o‘z ichiga oladi.
    Shuning uchun ta’lim jarayonida bolaning tutgan o‘rni, ya’ni bolaga kattalar tomonidan ko‘rsatilgan munosabat pedagogik texnologiyaning muxim xususiyatidir. Dars mashg‘ulotlar orqali samarali natijalarga erishish ilg‘or innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali yuzaga keladi. Demak, pedagogik texnologiya ta’limga tizimli yondashuv asosida tatbiq etiladi.
    Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib, ta’limning samaradorligni ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilganda pedagoglar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. Pedagog bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida pedagog asosiy figuraga aylanadi.
    O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik jarayonni to‘g‘ri tashkil etilishi pedagogning bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa tinglovchilardan ko‘p mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab qiladi.
    Har qanday pedagogik texnologiyalarning o‘quv- tarbiya jarayonida qo‘lanilishi shaxsiy jihatdan kelib chiqqan holda tinglovchini kim o‘qitayotganligi va pedagog kimni o‘qitayotganiga bog‘liq. Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar bolalarning muhim hayotiy yutuq va muammolarga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini oshirib, ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
    Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammoarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslarga aylanadi.
    Shuning uchun ham ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari-interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanilishiga oid bilimlar, tajriba o’qituvchi yoki o‘quvchilarning bilimli va yetuk malakaga egaligini ta’minlaydi.

    Interfaol metodlar va ularning tavsifi

    Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining smaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.

    Download 0.99 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.99 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Foydalanishning shakl, metod va vositalari metodik tavsiya

    Download 0.99 Mb.