|
Fan: Maktabgacha talim asoslari
|
bet | 1/6 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 217,62 Kb. | | #102464 |
Bog'liq maktabgacha talim 8MTT23-GURUH TALABASI SHAHLO BALTABOYEVA MAVZU:O‘zBekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim Vazirligi va maktabgacha ta'lim bo'limlari tomonidan maktabgacha ta‘limga rahbarlik. REJA: 1. Maktabgacha ta’limga rahbarlik. 2. Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish mazmuni. 3. Ta’lim sohasidagi qonun hujjatlarida ta’lim tizimini boshqarish. 4.Xulosa Maktabgacha ta’limga rahbarlik - Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat va Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) Xalq ta’limi bo‘limlari maktabgacha ta’limni boshqarishning vakolatli organlari hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat va Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) Xalq ta’limi bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklariga bo‘ysunadi. Viloyat, shahar, tuman xalq ta’limi boshqarmasi turli shakldagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini shakllantirish va rivojlantirish ishlarini boshqaradi.
U maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yangi muassasalarni qurish, mablag‘ bilan ta’minlash, kadrlar tanlash ishlariga ko‘maklashadi, kadrlarni tayerlash va malakasini oshirish ishlarini yo‘lga qo‘yadi, uslubiy qo‘llanmalar va ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlaydi, idoralar, jamoat tashkilotlari, ota-onalar faoliyatini muvofikdashtiradi. Kengash tarkibiga homiylik qiluvchi muassasalarning xodimlari, ota-onalar, o‘rta maktab, maktabgacha ta’lim, tibbiy yordam, mahalla qo‘mitasi vakillari kiritiladi. Maktabgacha ta’lim mudirasi tegishli tuman maktabgacha ta’limi bo‘limi tomonidan tayinlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati asosan davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyat boshqarmalari, shahar va tuman bo‘limlari — maktab, maktabgacha ta’lim va maktabdan tashqari, maktab internatlar, akademik litsey va kollejlarga rahbarlik qiluvchi yuqori organlar hisoblanadi. Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyat boshqarmalari, shahar va tuman bo‘limlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritadi: —maktabgacha ta’lim; Maktabgacha ta’limi vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalarga umumiy rahbarlik vazir tomonidan amalga oshiriladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha rahbarlik vazir o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi zimmasiga mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, muassasalar faoliyatiga rahbarlik qilish va uni nazorat etish vazifasi yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi Qoraqalpog‘iston Maktabgacha ta’limi vazirligi faoliyatiga ko‘maklashadi va ish rejalarini tasdiqlaydi. Vazirlik «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa me’yoriy hujjatlarga tayangan holda faoliyat yuritib, maktabgacha ta’lim, umumiy, o‘rta maxsus va malaka oshirish institutlari tizimini takomillashtirish, respublikada pedagogika fanini taraqqiy ettirish ishlariga rahbarlik qiladi.
|
| |