|
Ma’ruza №11 Murakkab qarshilik. Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 1,65 Mb. | | #159899 |
Bog'liq 11-ma\'ruza
MA’RUZA №11
Murakkab qarshilik.
REJA:
1.Murakkab qarshilik. Qiya egilish, normal kuchlanishlarni hisoblash, neytral o‘q tenglamasi, mustaxkamlik shartlari,
2. Markaziy bo‘lmagan cho‘zilish yoki siqilish, normal kuchlanishlarni hisoblash, neytral o‘q tenglamasi, mustaxkamlik shartlari.
Mashina va inshoot qismlariga ta’sir qilayotgan kuchlardan ularda hosil bo’ladigan bir turdagi oddiy , ya’ni cho’zilish va siqilish, siljish, buralish va egilish deformatsiyalarini tekshirgan edik. Ko’pincha shunday hollar bo’ladiki, mashina va inshoot qismlarida tashqi kuch ta’siridan yuqorida keltirilgan oddiy deformatsiyalarning bir nechtasi bir yo’la hosil bo’ladi. Masalan, harakatdagi avtotransport vositalarining vallari bir vaqtning o’zida buralish va egilishga qarshilik ko’rsatishi mumkin, chunki ularning istalgan ko’ndalang kesimlariga faqat burovchi va eguvchi momentlar ta’sir qiladi. Ko’prik yoki kran fermalari tarkibiga kiruvchi sterjenlar cho’zilishi yoki siqilishi bilan birga egilishi ham mumkin, albatta ularning barcha kesimlari bo’ylama kuch va eguvchi momentlar ta’sirida ekanligidandir.
Mashina va inshoot qismlarining barcha ko’ndalang kesim yuzalariga ta’sir qiluvchi kuchlardan ularda oddiy deformatsiyalarning kombinatsiyalari hosil bo’ladigan barcha hollarga murakkab qarshilik yoki murakkab deformatsiyadeyiladi.
Buralish bilan egilishning birgalikdagi ta’siri.
Markaziy bo’lmagan siqilish va cho’zilish.
Qiyshiq egilish.
Bunday elementlarni mustaxkamlik va bikirligini hisoblashda kuchlar ta’sirining mustaqillik qoidasiga asoslanadi. Murakkab qarshilikning quyidagi turlari mavjud:
Qiyshiq egilish.
Eguvchi momentning ta’sir tekisligi To’sin kundalang kesimi bosh markaziy inertsiya o’qlaridan xech qaysisi bilan mos tushmaydigan egilish qiyshiq egilish deb ataladi.
Qiyshiq egilish.
Eguvchi momentning ta’sir tekisligi To’sin kundalang kesimi bosh markaziy inertsiya o’qlaridan xech qaysisi bilan mos tushmaydigan egilish qiyshik egilish deb ataladi. Masalan, tomlarni yopishda shlatiladigan tunika ostigaqoqiladigan (reyka) taxta panjaralarga shunday kuchlar ta’sir qiladiki, bu kuchlar yotgan tekisliklar taxta panjaralar ko’ndalang kesimlarining bosh inertsiya o’qlari orqali o’tuvchi tekisliklar bilan burchak hosil qiladi. 13.5-shaklda ko’rsatilgandek, tunika va taxta panjaralarning o’z og’irligidan tushadigan Ρ kuch taxta panjaralarning o’qi bilan α burchak hosil qilgan holda yo’naladi
Bir uchi bilan qistirib mahkamlangan burchaklikning kesimi bosh inertsiya o’qlari kuchga nisbatan α burchak ostida yo’nalganligi sababli unda ham qiyshiq egilish sodir bo’ladi
|
| |