22-23-navzu: Bog`langan graflar. Marshrut, zanjir, sikllar. Eyler va
Gamilton graflari
Bog`langan graflar. Marshrut, zanjir, sikllar
Bir-biri bilan ustma-ust tushmaydigan ixtiyoriy ikkita uchlari bog‘langan graf bog‘langan graf deb ataladi.
Agar grafdagi ikkita uchni biror oddiy zanjir bilan tutashtirish mumkin bo`lsa, u holda bu ikkita uch bog‘langan deyiladi. Bunday uchlar to‘plami grafda ekvivalentlik munosabati bilan aniqlangan deb hisoblanadi. Uchlar to‘plami bo‘yicha ekvivalentlik munosabatini inobatga olgan holda berilgan grafni bog‘lamlilik komponentlari deb ataluvchi bog‘lamli qismlarning birlashmasi deb qarash mumkin.
n
U , r – yoqlar soni, k – bog‘lamlilik komponentalar soni.
n uzunlikdagi
marshrut deb
n ta qirraning bo`sh bo`lmagan ketma-ketligiga aytiladi. Qo`shni
yoylar ketma-ketligi yo`l, qo`shni
qirralar ketma-ketligi zanjir deyiladi. Boshqacha ta’riflansa, takroriy qirralarga ega bo`lmagan marshrut
zanjir deyiladi.
Yopiq zanjir esa sikl deyiladi.
Teorema. Agar grafdagi har bir uchning lokal
darajasi ikkidan kichik bo‘lmasa, u holda bu
graf siklga ega.
Yoylarning oriyentatsiyalari hisobga olingan yoylar va uchlar ketma-ketligi
oriyentirlangan marshrut deb ataladi.
Oriyentirlangan marshrut uchun zanjir tushunchasiga o‘xshash
yo‘l (yoki