|
Elektr uzatish liniyalari, ochiq va sodda yopiq tarmoqlar holatlarini hisoblash
|
bet | 1/4 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 117,24 Kb. | | #105129 |
Bog'liq Elektr uzatish liniyalari, ochiq va sodda yopiq tarmoqlar Elektr uzatish liniyalari, ochiq va sodda yopiq tarmoqlar holatlarini hisoblash Reja: 1. Elektr uzatish liniyalari, ochiq va sodda yopiq tarmoqlar holatlarini hisoblash 2. Elektr uzatish liniyasi holatini yuklama quvvati berilganda hisoblash 3. Elektr uzatish liniyasida kuchlanish pasayishi va kuchlanish isrofi 1. Elektr uzatish liniyalari, ochiq va sodda yopiq tarmoqlar holatlarini hisoblash - Elektr sistemasining sxemalari va ularning elementlari. Elektr sistemasi – bu elektr energiyani ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan elektr zanjiridir. Elektr zanjiri va uning qismlarini ulanish ketma - ketligini ko‘rsatuvchi hamda uning asosiy xususiyatlarini aks ettiruvchi chizma shaklida beriladigan tasvir elektr zanjirining almashtirish sxemi deyiladi. Elektr zanjir va unga mos almashtirish sxemasi shoxobchalar, tugunlar va umumiy holda konturlardan iborat bo‘ladi.
Shoxobcha deb elektr zanjirining elementlari ketma - ket ulangan va bir xil tok oquvchi qismiga aytiladi. - Shoxobcha deb elektr zanjirining elementlari ketma - ket ulangan va bir xil tok oquvchi qismiga aytiladi.
- Ikki yoki undan ortiq shahobchalarni birlashtiradigan nuqtaga tugun deyiladi.
- Kontur deb bir nechta shoxobchalar bo‘ylab o‘tadigan har qanday yopiq yo‘lga aytiladi.
- Agar elektr zanjirining sxemasida konturlar bo‘lmasa, u ochiq zanjir (tarmoq) deyiladi.
- Elektr zanjirlar nazariyasida tugunlar va konturlar yo‘qotiladigan va yo‘qotilmaydigan bo‘lishi mumkin. Yo‘qotiladigan tugunlar va konturlar faqat ikkita shoxobchani birlashtiradi. Bunday yo‘qotiladigan tugun va konturlarni ketma - ket va parallel ulash qoidalari yordamida sxemadan yo‘qotish mumkin. Nochiziqli tok manbalari bunga kirmaydi. Kelgusida faqat yo‘qotilmaydigan tugun va konturlardan foydalanamiz.
Ochiq tarmoqda har qanday yuklama faqat bir tomondan ta’minlanadi (4.1- rasm), ya’ni har qanday tugundagi iste’molchi quvvatni faqat bir tomondan oladi. Demak istalgan shoxobcha uzilsa, shu shoxobchadan quvvat iste’mol qiluvchi hamma yuklamalarning ta’minlanishi uziladi. - Ochiq tarmoqda har qanday yuklama faqat bir tomondan ta’minlanadi (4.1- rasm), ya’ni har qanday tugundagi iste’molchi quvvatni faqat bir tomondan oladi. Demak istalgan shoxobcha uzilsa, shu shoxobchadan quvvat iste’mol qiluvchi hamma yuklamalarning ta’minlanishi uziladi.
|
| |