7
bo’yicha konstruktsionli materiallarga yaqinlashmoqda ba’zi hollarda hatto ulardan o’tib ketmoqda.
Masalan, mustaxkamlik xarakteristikasi (mustaxkamlik xossalari, zichligi) pastroq, ba’zan esa metallardan
ham yuqori.
Listli shtamplashda foydalaniladigan metallmas materiallarni quyidagi uchta gruppaga bo’linadi:
- qatlamli va tolali plastmassalar, bir-hil strukturadagi termoplastiklar;
- rezina va qog’oz asosidagi materiallar;
- kelib chiqishi mineral materiallar;
-murrakab shaklldagi kombinatsiyalashgan materialar (plastmassa, metall-asbest-rezina va boshqalar).
Birinchi guruhdagi qatlamli va tolali tuzilish materiallari sun’iy smolalar va to’ldiruvchi sifatida
kelib chiqishi organik yoki mineral moddalardan iboratdir. Bunday materiallar eng ko’p mashinasozlik,
aviatsiya va turli talablar asosida detallar va maxsulot ishlab chiqarishda qayta ishlanadi. Qatlamli listli
plastik materiallarga getinaks, tekstolit, steklotekstolit va boshqalar kiradi. Bir strukturali listli
materiallarga organik oyna, polistirol, viniplast, tselluloidlar va boshqalarni kiritish mumkin.
Ikkinchi gruppa materiallarga rezina, karton, fibra, fetr, ebonit , lokatkani va boshqalarni kiritiladi.
Uchinchi guruh asbest, slyuda va ularga asoslangan materiallar yangi: baranitlar, mikanitlar va
boshqalar bilan ifodalanadi.
To’rtinchi gruppa materiallariga ko’p sonli kombinatsiyalashgan materiallar: folga qatlamli plastik,
asbostalь listlar, qatlamli polixlorvinil smola (metalloplastlar) va boshqalar kiradi. Bu istiqbolli
materiallarga polimer va uglerodli tolali materialarni ham kiritish mumkin. Bunday materiallarning
korroziyaga chidamliligi juda past bo’lgan uglerodli po’latda nisbatan qattiqligi 5-9 baravar yuqoridir.
Nazorat savollari
1. Sovuq shtamplashda qanday materialdan foydalaniladi?
2. Sovuq prokatlash material qalinligiga bogliqligini tushintiring.
3. Maxsus vazifali list prokatlar qanday markali po’latlardan tayyorlanadi?
4. Listli prokatlar ishlab chiqarish uchun qanday rangli metall va qotishmalaridan foydalaniladi?
5. Listli shtamplashda foydalaniladigan metallmas materiallar nechta guruxga bo’linadi.