• Oʻsimliklardagi plastik axlat
  • 44 foizini organik va oziq-ovqat chiqindilari, 17 foizini qogʻoz va karton, 12 foizga yaqinini esa plastik chiqindilar tashkil etadi
  • Ajratilgan soat-2 soat Plastik ifloslanish




    Download 66.64 Kb.
    bet1/3
    Sana04.03.2024
    Hajmi66.64 Kb.
    #166637
      1   2   3
    Bog'liq
    5-mavzu.sanoat
    atrabotka maruza matematika, Mavzu Xavsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag rikenglikni, 2-qism amaliy mashg\'ulot , o\'tkinchi jarayonlar sxemalar, 88 (16), 88 (9), 27, 88 (14), 88 (40), 88 (2), 88 (10), 88 (8), 2024 FieldOfStudy, 88 (25), 88 (230)

    5-amaliy mashg’ulot

    Mavzu: Plastmassa va termoreaktiv mahsulotlaridan chiqadigan chiqindilar


    Ajratilgan soat-2 soat


    Plastik ifloslanish — atrof-muhitda yovvoyi tabiatga, yovvoyi hayvonlar va odamlarning yashash joylariga salbiy taʼsir koʻrsatadigan plastik mahsulotlarning toʻplanish jarayoni. Atrof-muhitga katta miqdorda plastik chiqindilar tashlanmoqda. Tadqiqotlar koʻrsatishicha, 90 foiz dengiz qushlari tanasida maʼlum miqdorda plastik jismlar borligi aniqlangan. Plastik ifloslanishning koʻplab tur va shakllari mavjud. Plastmassaning ifloslanishi Yer yuzasiga, suv yoʻllari va okeanlarga yomon salbiy taʼsir koʻrsatadi. Ayni paytda plastik ifloslanishni kamaytirish boʻyicha turli mintaqalarda choralar koʻrilmoqda va bu bir martalik plastik buyumlar isteʼmolini kamaytirish, ularni qayta ishlashni ragʻbatlantirish borasidagi saʼy-harakatlardan iborat.
    Plastik ifloslanishning tarqalishi plastmassa arzonligi va chidamliligi, shuningdek, hozirgi vaqtda baʼzi hududlarda ushbu material oʻrnini bosadigan muqobil yoʻqligi sabab odamlar undan haddan ziyod foydalanayotgani bilan bogʻliq. 2018-yilda dunyo boʻylab har yili taxminan 380 million tonna plastmassa ishlab chiqarilmoqda. Umuman, 1950-yildan 2018-yilgacha taxminan 6,3 milliard tonna plastmassa ishlab chiqarilgan va shuning deyarli 9 foizi qayta ishlangan, 12 foizi esa yondirilgan. Coca-Cola, PepsiCo va Nestle brendlari – Yer yuzining plastik ifloslanishi boʻyicha yetakchilari.

    Oʻsimliklardagi plastik axlat
    Plastik ifloslanish suv havzalarining (daryolar, koʻllar, dengizlar, okeanlarga chiqindilarni tashlash sabab) tiqilib qolishi, suvda plastmassa zarralari, plastik toʻrlar va hk. bilan ifloslanish kabi koʻplab koʻrinishlarda namoyon boʻlmoqda. Har yili ishlab chiqarilayotgan koʻplab miqdordagi plastik mahsulotlardan bir marta foydalaniladi. Mikroplastik zarralar plastik qoplar va shisha parchalanishi oqibatida, asosan, yuvish paytida, sintetik kiyim tolalari yuvilib, atrofga tarqalib ketganda yoki kanalizatsiyaga tushganda paydo boʻladi; keyin mikroplastik chiqindilar qishloq xoʻjaligi dalalariga uchib keladi, yuvilib dengizlarga tushadi va hk. Mikrozarralar bir hafta davomida havoda uchib yurishi mumkin va shuning uchun uzoq masofalarga uchib, hatto qitʼalar va okeanlardan oshib oʻtadi.
    Tadqiqotlar koʻrsatishicha, havodagi mikroplastik chiqindi zarralar shaharlararo avtomobil yoʻllari va avtomobil yoʻllaridan koʻtarilmoqda — bu shinalarning tabiiy yeyilishi oqibatidir. Yana 11 foiz bunday chiqindilar okean yuzasidan koʻtarilyapti. Shunday qilib, Amerika Qoʻshma Shtatlarining gʻarbiy qismida 1100 tonna mikroplastik chiqindi doimiy tarzda havoda uchib yuribdi va hatto sivilizatsiyadan uzoqda joylashgan hududlarni ham bemalol zaharlamoqda. Plastik ifloslanish baʼzan plastik yomgʻir — kislotali yomgʻirning yangi turini keltirib chiqarmoqda (bunday zaharli yogʻingarchilik nafaqat AQShda, qolaversa, boshqa mamlakatlarda ham kuzatilmoqda).
    AQShning atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi maʼlumotiga koʻra, 2011-yilda plastmassa qattiq maishiy chiqindilarning 12 foizdan koʻprogʻidan iborat boʻlgan. (1960-yillarda plastmassa qattiq maishiy chiqindilarning 1 foizdan kamrogʻini tashkil etgan, xolos). Plastik ifloslanish dunyodagi katta chiqindilarni boshqarish muammosining bir qismidir. Tahliliy hisobotlarga koʻra, har yili dunyo boʻyicha 2 milliard tonna qattiq maishiy chiqindi atrof-muhitga tashlanadi. Jami chiqindilarning deyarli yarmi, yaʼni 44 foizini organik va oziq-ovqat chiqindilari, 17 foizini qogʻoz va karton, 12 foizga yaqinini esa plastik chiqindilar tashkil etadi. Shotlandiyaning Zero Waste Scotland ekologiya tashkiloti hisob-kitoblariga asosan, oziq-ovqat chiqindilaridagi uglerod hissasi plastikdan yuqori boʻlishi mumkin.
    Turli texnologiyalar yordamida yaratilgan plastik mahsulotlarning oʻrtacha parchalanish vaqti 400 yildan 700 yilgacha ekani aniqlangan. Odamlar har kuni ishlatadigan plastik qoplar tabiatda 100 yildan 200 yilgacha boʻlgan muddatda parchalanadi. Bu plastik mahsulotlar mustahkamligi va chidamliligining bir jihati, xolos. Ammo oddiy shisha idishning parchalanish vaqti 1 million yilgacha yetishi mumkin. Asosiy tashvishli jihat shuki, plastik buyumlar yerga tushib, mayda zarrachalarga boʻlinadi va ishlab chiqarish jarayonida ularga qoʻshilgan kimyoviy moddalarni atrof-muhitga tarqatadi. Bu xlor, turli kimyoviy moddalar, masalan, zaharli yoki olovga chidamli kanserogen moddalar boʻlishi ham mumkin. Ayni kimyoviy moddalar yer osti suvlariga yoki boshqa yaqin suv manbalariga tushishi va suvni ichadigan kishilar salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, ayrim plastik turlari plastik biologik jihatdan parchalanganda, ulardan global isishga sabab boʻladigan metan gazi ajralib chiqadi.
    Poligonlarga olib kirilgan plastmassa hech qanday xavf tugʻdirmaydi, chunki poligon atrof-muhit va inson salomatligini muhofaza qilish uchun yaratilgan,yana u tuproq va yer osti suvlari ifloslanishi oldini olish uchun yaratilgan maxsus muhandislik inshooti hamdir. Zararlanishning koʻp qismi odamlar uni tashlash uchun moʻljallanmagan joylarga tashlab yuborishi yoki tabiiy poligonlarda qolib ketayotgan plastikdan kelib chiqadi.
    Butunjahon yovvoyi tabiat jamgʻarmasi (WWF) maʼlumotiga koʻra, har yili okeanlarga 5 — 12 million tonna plastik tushadi. 2012-yilda ularda taxminan 165 million tonna plastik qoldiq boʻlgan. 2014-yilgi hisob-kitoblarga koʻra, okean yuzasida 268 940 tonna plastmassa mavjud boʻlib, plastik qoldiqlarning umumiy miqdori 5,25 trillion donani tashkil qiladi.
    Jorjiya universiteti olimasi Jenna Jembek (Jenna Jambeck) 2015-yilda oʻtkazgan tadqiqotdan ma’lum boʻlishicha, plastik chiqindilar ularni (asosan, Osiyo mamlakatlarida) notoʻgʻri chiqitga chiqarish oqibatida daryolar orqali yiliga oʻrtacha 9 million tonnasi okeanlarga borib tushadi.
    Jembek bildirishicha, 2010-yilda plastik chiqindilarning yarmi faqat beshta Osiyo mamlakati: Xitoy, Indoneziya, Filippin, Vyetnam va Shri-Lankadan okeanga tushgan.
    Plastik okeanga tushgach, quyosh, shamol va doimiy toʻqnashuvlar taʼsirida millionlab mayda zarrachalarga boʻlinadi, ammo biologik jihatdan parchalanmaydi, aksincha polimer tuzilishini saqlab qolgan holda zarralarga boʻlinadi. Oqibatda okean yuzasida ulkan hududlarda suzib yuradigan bir necha millimetr kattalikdagi mayda zarralar hosil boʻladi. Dengizda yashovchi mavjudotlar esa ushbu maydalangan plastik zarralarini plankton deb oʻylab, ularni yutadi va plastik shu tariqa jonivorlarning oziq-ovqat zanjiriga kiradi. Hozirgi vaqtda okeanning chiqindilar hududidagi plastik antropogen qoldiqlar massasi u yerdagi zooplankton massasidan yetti baravar koʻp; mutaxassislar bunday joylarni „plastik shoʻrva“ deb ataydi. Bu koʻzga koʻrinmas maydalangan qoldiqlar minglab kilometrlar suv ostida suzadi, koinotdan emas, faqat suv ostidan yoki suvosti kemasidan koʻrinadi. Muammo shunchalik chigalki, unga qarshi kurashish juda ham qiyin. 2017-yili doktor Jennifer Lavers Henderson kimsasiz orollarining atrofi plastik chiqindilar bilan toʻla ekanini aniqlagan, ifloslanish koʻrsatkichi 1 kvadrat metrga 671 dona chiqindidan iborat boʻlgan.
    Plastik chiqindilarning 90 foizi atigi 10 ta daryo orqali dunyo okeaniga kelib tushadi. Bular Osiyoda Yanszi, Hind, Xuanxe, Amur, Mekong, Gang, Chjujiang va Xayxe, Afrikada esa Niger va Nil daryolaridir.

    Download 66.64 Kb.
      1   2   3




    Download 66.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ajratilgan soat-2 soat Plastik ifloslanish

    Download 66.64 Kb.